Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


O‘zbekiston sharoitida qayta tiklanuvchan energiya texnologiyalarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

1.4. O‘zbekiston sharoitida qayta tiklanuvchan energiya texnologiyalarini 
qo‘llash 
 
Ayni paytda O‘zbekistonda qayta tiklanadigan barcha energiya manbalaridan 
daryolar energetika salohiyati muvaffaqiyatli o‘zlashtirilmoqda. Bundan tashqari 
so‘nggi yillarda shamol va quyosh energiyasi garchi namunaviy xususiyatga ega 
bo‘lsada, ulardan foydalanish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi. SHu bilan 
birga, respublikada qayta tiklanadigan energetikaning quyidagi texnologiyalaridan 
yanada kengroq foydalanish uchun imkoniyat hamda undaydigan sabablar bor: 
• suv isitishga mo‘ljallangan quyosh panellari; 
• elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun quyosh fotoelektr tizimlari; 
• elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mikrogidroelektr stansiyalar; 
• elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun shamol generatorlari; 
• elektr energiyasi va issiqlik ishlab chiqarish uchun biogaz qurilmalari. 
Kelajakda boshqa texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rib 
chiqilishi lozim, ya’ni: 
• chiqindi yoqadigan yirik moslamalar, masalan, Toshkent yoki Samarqand
kabi yirik shaharlarda markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimida maishiy 
chiqindilardan foydalanish; 
• quyosh 
elektr stansiyalaridan 
foydalanish; 
•geotermal energiyadan foydalanish. 
Qayta tiklanadigan energiya oqimining 
intensivligi ma’lum darajada yil 
mavsumi, kunlar va iqlim sharoitlariga bog‘liqligi tufayli ushbu energetika 
texnologiyalaridan foydalanishda ularni kafolatlangan va ishonchli energiya manbai 
deb qabul qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Masalan, fotoelektr ctansiyalar kechasi ishlay 
olmaydi, shamol qurilmalari shamol esmasa yoki uning tezligi past bo‘lsa, kerakli 
miqdordagi elektr energiyasini ishlab chiqarmaydi va hokazo. SHu sababli ular
odatda zaxira energiya manbaini talab qiladi va asosan an’anaviy energiya manbalari 
tomonidan chiqariladigan energiya miqdorini to‘ldirishga xizmat qiladi. 
 


29 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin