Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Kichik va mikro gidroelektrostansiyalarning ish rejimlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

 
3.2. Kichik va mikro gidroelektrostansiyalarning ish rejimlari 
 
Irrigatsiya tizimiga qurilib ekspluatatsiya qilinayotgan kichik GESlar 
irrigatsiya rejimida
, ya’ni faqatgina ekinlarning vegetatsiya-sug‘orish davrida (3 oy, 
6 oy 9 oy va hokazo) ishlaydi (masalan, CHirchiq-Bo‘zsuv irrigatsiya tizimidagi 22 
dona GESlar kaskadi). CHirchiq-Bo‘zsuv energetik kaskadi 3.3-rasmda ko‘rsatilgan. 
Irrigatsiya rejimida ishlaydigan GESlar, to‘xtovsiz energetik rejimda ishlaydigan 
GESlardan keskin farq qiladi.
 
3.3-rasm.
 Chirchiq-Bo‘zsuv GES lar kaskadi. 


42 
 
Energetik rejimda
to‘xtovsiz ishlaydigan GESlar, yillik va ko‘p yillik suv 
bilan ta’minlovchi, tog‘ va tog‘oldi daryolariga quriladigan suv omborli to‘g‘onlarga 
o‘rnatiladi (Masalan, Qirg‘izistondagi To‘xtag‘ul, Tojikistondagi Rog‘un GESlari va 
boshqalar). 
Energetik rejimda 
to‘xtovsiz ishlaydigan GESlar yillik va ko‘p yillik suv 
bilan ta’minlovchi, tog‘ va tog‘oldi daryolariga quriladigan suv omborli to‘g‘onlarga 
o‘rnatiladi. To‘xtovsiz energetik rejimda ishlaydigan GESlar, irrigatsiya rejimida - 
ekinlarning vegetatsiya davriga bog‘liq holda ishlaydigan GESlardan keskin farq 
qiladi. 3.4-rasmda har xil rejimda ishlayotgan suv ombori ko‘rsatilgan. 
3.4-rasm
. Har xil rejimda ishlayotgan suv omborining suv sarflari:
1-irrigatsion; 2-energetik; 3-birgalikda (irrigatsion-energetik); 4-suv omboriga 
o‘rtacha ko‘p yillik suvni oqib kelishi. 
 
3.2.1. GES va GAES lar, ularning turlari va ishlash prinsipi. 
 
Suv oqimining gidravlik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi 
gidrotexnik inshootlar va gidroenergetik jihozlar yig‘indisiga gidroelektrostansiya 
(GES)
 
lar deyiladi.


43 
Ma’lum balandlikda joylashgan tabiiy va sun’iy yig‘ilgan suvdan 
elektroenergiya ishlab chiqaruvchi, ham turbina ham nasos joylashtirilgan energetik 
ob’ektga suvni yig‘uvchi (gidroakkumulyatsilovchi) gidroelek-trostansiya (GAES) 
deyiladi. 
Bosimni bir joyga to‘plashning ikki xil usuli mavjud: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin