Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


 – usul. Shamol elektrik qurilmasi o‘rnatiladigan joydagi shamolni portativ



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

 3 – usul. Shamol elektrik qurilmasi o‘rnatiladigan joydagi shamolni portativ 
ko‘chma asboblar yordamida o‘lchash. 
Ustun tomonlari
.
Ushbu usulning ijobiy tomoni aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish 
imkoniyatining mavjudligidir. Shamol qurilmasi o‘rnatiladigan joyda o‘lchovlar olib 
borish uchun meteoxizmatning kichik o‘lchamdagi ko‘chma datchigini o‘rnatib
shamolning ko‘rsatkichlari o‘lchanadi. Bundan tashqari, xududning bir qancha 
nuqtalariga ko‘chma datchiklarni o‘rnatib kerakli ma’lumotlar to‘planadi. 
Ma’lumotlarning tahlili asosida kuchli shamol esadigan joyni to‘g‘ri aniqlash va 
shamol generatorini o‘rnatish mumkin. Ushbu usul eng ma’qul usul bo‘lib shamol 
qurilmasi o‘rnini to‘g‘ri belgilash, maksimal quvvat olish va yuqori foydali ish 
koeffitsientiga erishish imkonini beradi.
Zaif tomonlari
: O‘lchovning uzoq muddatda olib borilishi. 
O‘lchovlarni ob’ektiv olib borish uchun ko‘chma meteostansiyani uzoq 
muddatga o‘rnatish kerak (kamida 1 oy muddatga). Aslini olganda ushbu 
meteolaboratoriya yil davomidagi shamolning xarakteristikasini va ob-havo 


105 
o‘zgarishlarini qayd etishi kerak. Chunki Respublikamizning har bir regionida ob-
havo, landshaft va tabiiy holat turlicha. Shu sababli, qisqa muddatli o‘lchovlar 
natijasida olingan ma’lumotlar ayni olingan hududdagi holatni to‘liq va atroflicha 
ochib bera olmaydi.
Bajariladigan ishlarning narxi.
Ayni olingan hududdagi meteo sharoit haqida 
yillik tadqiqotlarni olib borish va ma’lumotlar to‘plash mahalliy davlat 
meteokorxonalari tomonidan olingan o‘rtacha ko‘rsatkichlarga qaraganda qimmatroq 
turadi. Agar kelajakda mazkur hududda ko‘proq shamol qurilmalarini o‘rnatib katta 
miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqarish rejalanayotgan bo‘lsa, ko‘chma 
meteouskunalarni ijaraga olib emas, balki sotib olib ishlatish iqitsodiy tomondan 
arzonroqqa tushadi.


106 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin