Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Quyoshning tuzilishi (NASA tasviri)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

 Quyoshning tuzilishi (NASA tasviri). 
Yadro reaksiyasida to‘rtta vodorod yadrosi parchalanib bitta geliy yadrosini 
hosil qiladi.Bu jarayondan ikkita natija olinadi – gamma nurlar, ya’ni katta energiyali 
fotonlar va neytronlar, ulardan biri koinotga ma’lum zaryadga va massaga ega 
bo‘lmagan zarralar.
Radiaktiv zona-
yadrodan keyingisi radiaktiv zona. Zonaning bunday 
atalishiga sabab, u radiatsiya chiqaradi. U ozroq sovuq, radiaktiv zonada harorat 15 
milliondan 1 million gradus selsiy oralig‘ida bo‘ladi (hattoki bunday haroratni ham 
termometr bilan o‘lchashni xohlamayman). Radiaktiv zonada nima asosan qiziq, bu 


109 
zonadan keyingi zonaga fotonlarning o‘tishi uchun million yillar kerak bo‘ladi, 
shuning uchun ham u konvektiv zona deb ataladi! 
Konvektiv zona-
bu zona boshqacha, bu yerda fotonlar konveksiya tufayli 
harakatlanadi – yuqori sinf fizikasini eslaydigan bo‘lsangiz konveksiya hajmning 
pastroq harorat va kamroq bosim bo‘lgan tomoniga qarab hosil bo‘ladi. Bu zonaning 
radiatsion zona bilan chegarasida million gradus farq bor. Selsiy hisobida tashqi 
qismda harorat atigi 6000 °C bo‘ladi (siz asbest qo‘lqopda termometrni ushlab 
turishni hohlamaysizmi endi?). 
Fotosfera-
keyingi soha fotosfera deb nomlanadi. U quyoshning ko‘rinib 
turadigan yorug‘ qismi, chunki u yerda ko‘rinuvchi nurlar paydo bo‘ladi. 
Fotosferaning harorati 5500 °C, bu ham ulkan harorat. Quyoshga nisbatan bu qatlam 
yupqa bo‘lgani bilan uning qalinligi 300 mil. 
Xromosfera - 
xromosferani bir necha ming mil qalinlikdagi tumanlik tashkil 
etadi, u yerda harorat 6000 °C dan 50000 °C ga o‘zgarib turadi. Bu soha ko‘rinadigan 
spektr sohasidagi qizil nurlanishni chiqaruvchi uyg‘ongan vodorod atomlari bilan 
to‘lgan. 
Toj - 
Quyosh atmosferasining kosmosga millionlab mil masofaga tortilib 
turishi. Bu yerda harorat juda issiq bo‘ladi, ya’ni million gradus selsiy atrofida. 
Quyosh sirtining ayrim xususiyatlarini 5.2 - rasmda ko‘rish mumkin, lekin ular 
keyingi qismdagi 5.3- rasmda batafsil ta’riflangan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin