Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Quyosh va Yerdagi yil fasllar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

. Quyosh va Yerdagi yil fasllar 
 
Quyosh osmonning har xil joylarida ko‘rinadigandek bo‘lganligi uchun 
Quyosh qurilmamizni uni kuzatadigan qilishimiz kerak. 5.5-rasmda yassi kollektorni 
yilning turli vaqtlarida energiyadan samarali foydalanish uchun Quyoshning 
vaziyatiga qarab qanday o‘rnatish kerakligi tasvirlangan.
 
 
5.5-rasm.
 Yilning turli vaqtlariga nisbatan Quyosh vaziyatining o‘zgarishi 


112 
5.3. Quyoshdan issiqlik energiyasi olishda foydalanish 
 
Quyosh kollektorlarining issiqlik ta’minot tizimini o‘rganish 
Quyosh kollektorlari quyosh nurlanishi energiyasini yutib uni muhit issiqlik 
energiyasiga aylantiradi (odatda suv yoki havo) va isitish va issiq suv ta’minoti uchun 
foydalaniladi. Quyosh kollektorlarining har xil turlari mavjud: 
-
Yassi 
-
Vakuumli 
-
Konsentratorlardan foydalanish orqali 
Eng ko‘p tarqalgan suyuqlik yassi kollektori issiqlik yutuvchi panel (absorber) 
va issiqlik tashuvchi sirkulyatsiyasi uchun unga biriktirilgan kanallar (trubkalar)dan 
iborat bo‘ladi. Quyosh nurlanishini yutuvchi absorberning yuqori qismi shaffof 
izolyatsiyaga ega. Bu konstruksiyaning hamma qismi korpusga biriktirilib, orqa va 
yon tomonlari issiqlik izolyasion material bilan qoplangan. 
Quyosh kollektorlarining tarixi 
Quyosh kollektorlarining texnologiyasi o‘ta yangi deb bo‘lmaydi. Quyosh 
kollektorining birinchi modeli shishadan, yog‘och korobkadan va ichki qizuvchi 
qatlamdan yaratilganligi shvetsariyalik olim Goratsiy Sossyur tomonidan XVIII asrda 
yaratilgan. Olim shu vaqtda bu konstruksiyaning “kichik, arzon va oddiy” ekanligini 
ta’kidlab o‘tgan. Amaliyotda birinchi bo‘lib bunday qurilmadan suv isitish uchun 
XIX asr oxirida Janubiy Kaliforniyada foydalanishni boshlashdi. Har xil firmalar 
yog‘och qutiga o‘rnatilgan, suv uchun qora bak ko‘rinishidagi va bir tomoni shisha 
bilan qoplanib quyoshga orientir qilingan sodda quyosh kollektorlarini ishlab 
chiqarishni boshlashdi. Bu holatda suv tun davomida sovib qolib, ertangi kunda 
qizishini kutishga to‘g‘ri kelardi. 1909-yilda Kaliforniyada Vilyam Beyl suv uchun 
bakdan alohida o‘rnatilgan va issiqlikni issiqlik almashinuvchi kontur orqali 
uzatadigan 
zamonaviy 
yassi 
kollektorning 
prototopini 
yaratdi. 
Quyosh 
kollektorlarining industriyasi asosan AQSH ning Kaliforniya, Florida shtatlarida 
1940-yillarning oxirigacha rivojlandi, so‘ngra suv isitishda elektr va gaz narxi 


113 
kamaydi, shu sababli quyosh kollektorlarini ishlab chiqarish to‘xtadi. Quyosh 
kollektorlarining ikkinchi istiqboli 1970-yillarda neft krizisi vaqtida narxlar juda 
yuqoriga ko‘tarildi. Natijada, ko‘pgina davlatlarda quyosh kollektorlarini massoviy 
ishlab chiqarish boshlanib, bu ayniqsa AQSH, Yaponiya, Avstraliya va O‘rta Yer 
dengizi hududlarida davom etdi.
Isroilda 1950-yillardan boshlab energiya tanqisligi sezila boshladi. Energiya 
tanqisligi shundan iborat ediki, kechqurungi, tungi vaqtlarda suv isitishga Isroil 
qonunchiligi tomonidan ta’qiq bor edi. Bunday vaqtda mamlakatda suv isitish quyosh 
tizimlarini ishlab chiqarish rivojlandi. 1967-yilga kelib mamlakatning 20% aholisi 
quyosh kollektorlaridan foydalanishga o‘tdi. 1970-yillarda energetika krizisi vaqtida 
parlament qonun chiqardiki, yangi qurilayotgan uylar suv isitish quyosh tizimlari 
bilan ta’minlanishi zarur. Natijada hozirgi vaqtga kelib Isroilda 85% ga yaqin uylarda 
quyosh kollektorlari xizmat qiladi. Ular tomonidan ishlab chiqarilgan energiya 
mamlakat energiya iste’molining 3% ni tashkil etadi va yiliga 2 mln. barrel neftni 
tejaydi. 
2000-yillarda energiya resurslarining narxi ko‘tarilishi bilan ishlab chiqarishda 
yangi bosqich boshlandi va quyosh kollektorlaridan foydalanish kengaydi. 2010-yil 
boshlarida sayyoramizda o‘rnatilgan quyosh kollektorlarining quvvati 150 GVt ortib 
ketdi (havo kollektorlari va basseynlarni isituvchi quyosh tizimlaridan tashqari). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin