113
kamaydi, shu sababli quyosh kollektorlarini ishlab chiqarish to‘xtadi. Quyosh
kollektorlarining ikkinchi istiqboli 1970-yillarda neft krizisi vaqtida narxlar juda
yuqoriga ko‘tarildi. Natijada, ko‘pgina davlatlarda quyosh kollektorlarini massoviy
ishlab chiqarish boshlanib, bu ayniqsa AQSH, Yaponiya, Avstraliya va O‘rta Yer
dengizi hududlarida davom etdi.
Isroilda 1950-yillardan boshlab energiya tanqisligi sezila boshladi. Energiya
tanqisligi shundan iborat ediki, kechqurungi, tungi vaqtlarda suv isitishga Isroil
qonunchiligi tomonidan ta’qiq bor edi. Bunday vaqtda mamlakatda suv isitish quyosh
tizimlarini ishlab chiqarish rivojlandi. 1967-yilga kelib mamlakatning 20% aholisi
quyosh kollektorlaridan foydalanishga o‘tdi. 1970-yillarda energetika krizisi vaqtida
parlament qonun chiqardiki, yangi qurilayotgan uylar suv isitish quyosh tizimlari
bilan ta’minlanishi zarur. Natijada hozirgi vaqtga kelib Isroilda 85% ga yaqin uylarda
quyosh kollektorlari xizmat qiladi. Ular tomonidan ishlab chiqarilgan energiya
mamlakat energiya iste’molining 3% ni tashkil etadi va yiliga 2 mln. barrel neftni
tejaydi.
2000-yillarda energiya resurslarining narxi ko‘tarilishi bilan ishlab chiqarishda
yangi bosqich boshlandi va quyosh kollektorlaridan foydalanish kengaydi. 2010-yil
boshlarida sayyoramizda o‘rnatilgan quyosh kollektorlarining quvvati 150 GVt ortib
ketdi (havo kollektorlari va basseynlarni isituvchi quyosh tizimlaridan tashqari).
Dostları ilə paylaş: