110
5.3 - rasm.
Quyosh sirtida kuzatiladigan hodisalar (NASA tasviri)
5.2. Quyosh energiyasining Yerga ta’siri
Yer atmosferasi tashqarisidagi fazoning istalgan
nuqtasida Quyosh tomonidan
beriladigan nurlanish (insolyasiya) deyarli turg‘un bo‘ladi. Yer sirtida esa vaziyat
quyidagi holatlarga ko‘ra o‘zgaradi:
Yerning fazodagi holatining o‘zgarishi,
Yerning aylanishi,
Yer atmosferasi (gazlar, bulutlar va changlar).
Atmosferadagi gazlar nisbatan turg‘un. Oxirgi yillarda
havoning zararlanishi
tufayli global yoritilish kamayishi kuzatilmoqda, atmosferadagi
qattiq aralashmalar,
qazilma yoqilg‘ilar chiqindilari Quyosh energiyasini Yergacha yetib kelishini
kamayishiga sabab bo‘lmoqda.
Bulutlar ancha harakatchan va Yerda joydan-joyga ko‘chib
qiya soyalar berib
turadi.
Yer va uning orbitasi haqida tasavvur qilsak, biz Yer o‘z o‘qi
atrofida
aylanishida Quyoshga nisbatan qiya joylashganini ko‘rishimiz mumkin. Yer
o‘zgarmas tezlik bilan aylanadi, Yer orbitasining
shunday nuqtalari topilishi
mumkinki, uning ayrim qismlari ko‘proq yoritilishi mumkin va aksincha, chunki Yer
111
fazoda joylashgan. Yerning o‘sha qismi kun davomida Quyoshga yaqinroq bo‘ladi.
Bu esa fasllar bo‘lishining sababidir – jarayon 5.4-rasmda tasvirlangan.
5.4- rasm
Dostları ilə paylaş: