Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Quyosh kollektorlarining ish jarayoni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Quyosh kollektorlarining ish jarayoni 
Quyosh suv isitish qurilmasi quyosh kollektori, issiqlik almashingich kontur va 
issiqlik akkumulyatori (suvli bak) dan tashkil topgan (5.6-rasm).
Quyosh kollektori orqali issiqlik tashuvchi (suyuqlik, propilenglikol,) 
sirkulyatsion harakat qiladi. Quyosh kollektorida issiqlik tashuvchi quyosh energiyasi 
hisobiga qiziydi va o‘z issiqligini bak-akkumulyatorda o‘rnatilgan issiqlik 
almashingich orqali suvga beradi. Bak-akkumulyatorda issiq suv u foydalangunga 
qadar saqlanadi, shuning uchun u yaxshi issiqlik izolyatsiyasiga ega bo‘lishi zarur. 
Quyosh kollektori joylashgan birinchi konturda issiqlik tashuvchining tabiiy va 
majburiy sirkulyatsiyasi bo‘lishi mumkin. Bak-akkumulyatorda elektr isitgich-dubler 


114 
o‘rnatilishi mumkin. Bak-akkumulyatorda normadan past darajada suv harorati tushib 
ketganda (bulutli ob-havo sharoitlarida, quyosh shu’lalanishi soatining qish 
mavsumida kamayib ketishi) isitgich-dubler avtomatik ravishda qo‘shilib suvni 
berilgan haroratgacha qizdiradi. 
 
5.6-rasm

Quyosh kollektorining asosiy qismlari. 
Quyosh uskunasining asosiy konstruktiv elementi kollektor bo‘lib, unda 
quyosh energiyasini ushlab qolish, uni issiqlikka almashtirish va suvni havoni yoki 
biror-bir boshqa issiqlik tashuvchini qizdirish amalga oshiriladi. Quyosh 
kollektorlarining ikki turi farqlanadi, yassi va fokuslovchi. Yassi kollektorlarda 
quyosh energiyasi konsentratsiyasiz yutiladi, fokuslovchida esa – konsentratsiya 
bilan, ya’ni kelayotgan radiatsiya oqimini zichligining oshishi bilan past haroratli 
gelio uskunalardagi kollektorlarning eng keng tarqalgan turi quyosh energiyasining 
yassi kollektori (QEK) hisoblanadi. Uning ishlashi «issiq yashik» prinsipiga 
asoslangan bo‘lib, uni yopiq avtomobil saloni quyoshda qizishini esga olsak tasavvur 


115 
qilish oson bo‘lib, u unga shaffof oyna yuzalari orqali quyosh nurlariga o‘ziga xos 
qopqon vazifasini o‘taydi. Yassi QEK tayyorlash uchun, avvalo, qizdirilayotgan 
issiqlik tashuvchi harakatlanishi uchun quvur yoki kanallarni bir qatori bilan 
ishonchli aloqaga ega nur yutuvchi yuza zarur. Yassi nur yutuvchi yuza va issiqlik 
tashuvchi quvurlar (kanallar) yig‘indisi konstruktiv yakka element-absorberni hosil 
qiladi. Quyosh energiyasini yaxshi yutilishi uchun absorberning yuqorigi yuzasi qora 
rangga bo‘yalishi kerak va maxsus yutuvchi qoplamaga ega fazoga issiqlik 
yo‘qotishlarining pasayishiga absorberning pastki yuzasini yopib turuvchi issiqlik 
gezolyatsiyasidan, shuningdek, absorberdan yuqorida undan ma’lum masofada 
joylashuvchi yorug‘lik shaffof izolyatsiyasidan foydalanish yo‘li bilan erishiladi. 
Barcha shaffof izolyatsiya zichlashuvi shisha bilan qoplanadi. 
Shunday qilib umumiy ko‘rinishi 5.7-rasmda ko‘rsatilgan suyuqlikni 
qizdiruvchi yassi kollektor hosil bo‘ladi. 
Yassi QEKning boshqa turdagi kollektorlarga nisbatan prinsipial afzalliklariga 
uning to‘g‘ri (nurli) va shuningdek sochma quyosh energiyasini ushlab qolish 
qobiliyatini va buni natijasida – quyosh ortidan kuzatish zaruratisiz uni statsionar 
o‘rnatish imkoniyati kiradi. 
Quyosh energiyasining yassi kollektori absorberi, odatda yuqori issiqlik 
o‘tkazuvchanlikka ega metalldan, xususan, po‘lat, alyuminiy va hatto misdan 
tayyorlanadi. 
Shaffof izolyatsiya bir yoki ikki qavat shisha yoki polimer plyonkasi 
ko‘rinishida bo‘ladi. Shishaning tashqi qavati va polimer plyonkaning ichki qavatidan 
kombinatsiya ishlatilishi mumkin. Issiqlik tashuvchining past qizdirish harorati 
holatida (30
0
S gacha) kollektor umuman shaffof izolyatsiyaga ega bo‘lmasligi 
mumkin. Kollektor korpusi ruxlangan temir, alyuminiy, yog‘och, plastmassadan 
tayyorlanishi mumkin. Issiqlik izolyatsiya sifatida turli materiallar qo‘llanilishi 
mumkin: mineral paxta, penopoliuretan va h.k. 

shaffof kollektor yuzasining qoplamalarining o‘tkazuvchi xususiyati; 

kollektor yuzasining quyosh nuriga nisbatan yutuvchanlik qobiliyati; 


116 

kollektorning optik kodi yoki kollektor yuzasining keltirilgan yutuvchanlik 
qobiliyati (0,85 dan ko‘p); 

yutuvchi panel samaradorligi koeffitsienti (qizdiruvchi suyuqlik, material va 
panel qalinligi kanallar o‘lchamlarining) kollektordagi suyuqlikning oqish tezligi va 
hususiyatlari, zamonaviy konstruksiyalarda 
F
qiymat 1 ga teng (0,9 dan ko‘p); 

kollektorning issiqlik energiyasining yo‘qotishlari zichligi ikkita omil bilan 
aniqlanadi: atrof muxitdagi panelni konveksiya yordamida sovutib va yuzadan issiq 
nurlantirib. 
Kollektor panelining o‘rtacha xarorati 
T
, yoki o‘rtacha suyuqlik xarorati huddi 
kollektordan chiqishdagi issiq suyuqlik xarorati 
T
g
kabi deyarli teng bo‘lib, kollektor 
konstruksiyasi va tavsifi bilan, shuningdek, tushuvchi nur jadalligi 
T
, kirishdagi 
sovuq suyuqlik xarorati 
T
x
va kollektorning birlik ishchi yuzasiga to‘g‘ri keladigan 
suyuqlikning misolli sarfi 
G
, kg/(m
2
S), suyuqlik qizdirish texnologiyasi bilan 
aniqlanadi:
5.7-rasm.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin