Qayta tiklanuvchi energiya manbalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Vakuumli kollektorlar
o‘z nomiga mos holda issiqlikni to‘plash xususiyatiga 
ega. Ushbu qurilmalarda issiqlikni generatsiyalovchi (o‘zgartiruvchi) elementlar 
vakuum hosil qiluvchi shisha naychalarga payvandlangan. Shisha qizigan 
elementlardan chiquvchi infraqizil nurlarni yutish qobiliyatiga ega, shu sababli 
nurning qaytishiga to‘sqinlik qiladi. Chunki unda konveksiya natijasidagi sovutish 
tizimi mavjud emas.


119 
Vakuumli kollektorlar qattiq sovuqda, bulutli ob-havoda ham samarali ishlaydi, 
quyoshda ular issiqlik eltuvchini 300
0
C gacha qizdirishi mumkin.
Ushbu xususiyatlari tufayli vakuumli kollektorlar juda murakkab va qimmat 
turadi. Mazkur tipdagi kollektorlar ortiqcha issiqlikni tashqariga chiqarib yuborishga 
mo‘ljallangan maxsus kontrollerlar bilan jihozlangan.
Konsentratsiyalovchi kollektorlar
– juda issiq harorat olish kerak bo‘lganda
alohida sinfdagi qurilmalardan foydalanishga asoslangan. Oddiy konsentratorning 
namunasi etib oddiy linza ishlatilishi mumkin. Odatda linzadan quyosh nurini 
fokuslab qog‘oz, yog‘och kabi oddiy materiallarni yoqish mumkin. Hozirgi 
konsentratorlarda linzalar o‘rniga quyosh nurini maxsus yuzaga yo‘naltirib 
yig‘adigan parabola shaklidagi botiq oynalar ishlatiladi. Quyosh nuri fokuslangan 
yuzadagi harorat bir necha 100 
0
C gacha yetadi. Fokuslangan yuza ostidagi issiqlik 
eltuvchi (suv)dan bug‘ olinadi. Bug‘dan issiqlik elektrostansiyasining bug‘ 
trubinasini aylantirib elektr generatoriga aylantirish kuchi beriladi. Hozirda bunday 
usuldan issiqlik eltuvchisi sifatida moyni qizdirish va undan suvni qizdirib bug‘ hosil 
qilish texnologiyalari ham joriy etilgan. 
Yassi quyosh kollektori – uy-ro‘zg‘orda suvni istishda ishlatiladigan eng ko‘p 
tarqalgan quyosh kollektorlari hisoblanadi. Kollektorning oldi oyna bilan 
qoplanganligi sababli issiqlikdan izolyatsiyalangan panel hisoblanadi va uning ichiga 
nur yutgich plastinasi joylashtiriladi. Yutgichning plastinasi mis yoki alyuminiy 
metalidan yasalgan va u isiqlikni yaxshi o‘tkazadi. Ayniqsa mis zanglashga 
chidamliligi, issiqlik o‘tkazganligi alyuminiyga nisbatan yuqoriligi sababli kengroq 
ishlatiladi. Yutgichning plastinasi yutilgan nurni uzoqroq muddatgacha tutib turishi 
uchun yuqori selektivli maxsus qoplama bilan qoplangan. 
Ko‘rish spektri chegarasidagi nurni juda yaxshi sindiruvchi va uzun to‘lqinli 
infraqizil chegaradagi past nurlanish koeffitsientiga ega bo‘lgan, metall asosga 
qoplangan mazkur qatlam juda mustahkam yupqa amorf yarim o‘tkazgichdan tashkil 
topgan. 
Yassi kollektorlarning oyna bilan qoplanishi (odatda faqat nurni o‘tkazuvchi 
past darajadagi temir kukuni aralashtirilgan xira shishali oyna) oqibatida issiqlik 


120 
isrofi juda oz miqdorda bo‘ladi. Kollektorning pastki va yon tomon devorlari 
issiqlikni muhofazalovchi material bilan berkitiladi va u issiqlik yo‘qotishlarini 
kamaytiradi. Yassi quyosh kollektorining tuzilishi 5.8 - rasmda keltirilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin