122
Ma’lumki, vakuum issiqlikni muhofazalovchi eng yaxshi vositadir. U qizigan
yuzaning issiqlik tarqalishini o‘zgartirish xususiyatiga ega va issiqlik uzatishga
monelik qiladi. Infraqizil (IQ) –nurlanish naychaning oynasiga singib ketadi.
Har bir vakuumlangan naycha ichiga geleotitan
qobiqli mis plastina
joylashtirilgan bo‘lib, u quyosh nurining to‘liq yutilishi va juda oz (sezilarsiz)
miqdordagi issiqlikning tashqariga isrof bo‘lishini ta’minlaydi. Yutgich ostiga
suyuqlikka to‘ldirilgan issiqlikni bug‘lantirish quvuri o‘rnatilgan.
5.9-rasm.
Quyosh kollektorining to‘g‘ri oqimli vakuumlangan qurilmasi
Issiqlik almashtirgich ichida esa, quvur ichiga, quvur usulidagi issiqlik quvuri,
egiluvchan element yordamida kondensatorga tutashtirilgan. Ulanish «quruq» usulida
bajarilgan bo‘lib, suyuqlikka to‘ldirilgan va bosim ostida bo‘lgan
holatda ham
quvurlarni oson almashtirish imkoniyatiga ega.
Vakuumlashtirilgan kollektor qurilmasining muhim jihati – 30
0
C da
(oynalangan issiqlik naychali kollektor) va hatto -45
0
S da (metall issiqlik naychali
kollektor) yuqori texnik ko‘rsatkichni ta’minlay olishidir (5.10-rasm).
5.10 - rasm.
Quyosh kollektorining quyoshga nisbattan burchak ostida
joylashuvi.
123
Issiqlik naychali vakuum quyosh kollektori juda murakkab tuzilishga ega va
qimmat. Qurilmaning ishlash tartibi quyida bayon etilgan.
Issiqlik naychasi – yopiq mis/shisha naycha bo‘lib,
yengil qaynash
xususiyatiga ega bo‘lgan suyuqlik bilan to‘ldiriladi (5.11-rasm).
Vakuum naychasidagi issiqlikni qabul qilgan suyuklik, issiklik ta’siri
ostida
bug‘lanadi. Bug‘ yuqorigi qismga tomon ko‘tariladi.
5.11-rasm
.
Dostları ilə paylaş: