Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Gelioqurilmaning tuzilishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Gelioqurilmaning tuzilishi. 
Quyosh kollektorli gelioqurilmalarning eng muhim qismi, uni tutib turuvchi 
qurilma (rama)si hisoblanadi. U qurilmaning mustahkam o‘rnashishini va 
kollektorning quyoshga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida egilib turishini ta’minlaydi. 
Qurilmaning konstruksiyasi va elementlari uning og‘irligiga bardosh berishdan 
tashqari tashqi salbiy oqibatlar va ta’sirlar (shamol, dovul, to‘fon, qor, yomg‘ir
kabilar)ga ham chidamli bo‘lishi kerak.
Qurilma quyidagicha variantlarda montaj qilinishi mumkin: 

qiya holatda o‘ratiladigan (binolarning qiya tomlarda, har qanday ochiq joydagi 
tepaliklar ustidagi qiyalikda); 

gorizontal (yassi va to‘g‘ri gorizontal yuzali tomlarda va balandliklarda); 

erkin turuvchi (maxsus baland tirgak konstruksiya ustida o‘rnatiladigan). 


126 
Gelioqurilmalar aktiv va passiv faoliyatlilarga bo‘linadi (5.14 va 5.15-rasmlar). 
Suyuqlikning aylanishi (sirkulyatsiyasi) bo‘yicha issiqlik eltuvchisining bor yoki 
yo‘qligiga qarab to‘g‘ridan–to‘g‘ri hamda bilvosita bajarilganlarga ajratiladi. 
Passiv gelioqurilmalarda suyuqlikning aylanib almashinishi oqimlarning 
konveksiyasi evaziga amalga oshadi (5.15; 5.16 va 5.17-rasmlar). Ushbu jarayon 
tabiiy konveksiya - issiq suv massasining yuqoriga tomon harakatlanishga intilishi 
hodisasiga asoslangan. Suvning isishi, uning hajmini bir necha barobarga ortishiga
zichligining esa kamayishiga olib keladi va u sovuq oqimli suvdan yengillashib 
kollektordan quvurlar orqali suv yig‘ish bakining yuqorigi qismiga tomon yo‘naladi 
va u yerda yig‘iladi.
O‘z navbatida bakdagi harorati pasaygan suv, solishtirma zichligining ortib 
borishi bilan pastga, kollektorning sovuq suvli qismiga tomon oqadi va u yerda yana 
qaytadan qiziydi. Tabiatdagi suv massasining sirkulyatsiyasi ham aynan shunday 
qonuniyatga ko‘ra amalga oshadi. Ushbu holatga havo isigan paytda doimo duch 
kelamiz. Ya’ni, qizigan suv bug‘ga aylanib yer yuzidan troposferaga ko‘tariladi, 
bulutlarga aylanadi va u yerda qaytadan sovib yomg‘ir yoki qor bo‘lib yerga yog‘adi.
5.14-rasm


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin