Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


 QUYOSH HARORATIDAN ENERGIYA OLISH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

5. QUYOSH HARORATIDAN ENERGIYA OLISH 
 
5.1. Quyosh energiyasining tavsifnomasi 
 
Quyosh bizdan 92.25·10
6
mil uzoqlikda, yoki metrlarda 149,6·10
6
km narida 
(5.1 - rasm). Bunday katta masofani tasavvur qilish uchun sekundiga 299792458 metr 
bosib o‘tadigan yorug‘likni olib qaraydigan bo‘lsak, u bizga yetib kelishi uchun 8,31 
minut kerak bo‘ladi. Amerikadan uchib o‘tayotgan samolyot misolida hayoliy tajriba 
qilib ko‘rishingiz mumkin. U soatiga 500 mil tezlik bilan harakatlansa, to‘rt soat 
kerak bo‘ladi. Agar siz yorug‘lik tezligida harakatlansangiz Yer atrofida ekvator 
bo‘ylab sekundiga yetti yarim marotaba aylanasiz. Endi shunday tezlikda 8,31 minut 
harakatlansangiz qanchalik uzoq masofaga borishingizni tasavvur qilishingiz 
mumkin. U nafaqat uzoqda, balki u juda ham ulkandir. 
 
5.1-rasm.
 Quyosh gallaktikasidagi sayyoralar 


107 
Uning diametri 864950 mil; agar siz metrli standardda ishlaydigan bo‘lsangiz u 
1392 million km ga teng bo‘ladi.
Quyosh nurlanish energiyasining miqdori yillik global energiya sarfidan 10000 
marta katta. Yiliga bir kvadrat metrga o‘rtacha 1700 kVt·soat Quyosh energiyasi 
tushadi.
Yer sirtini bir mil qalinlikda qora suyuqlik qatlam bilan isitish uchun qoplasak, 
biz Yer sirtiga tushayotgan energiyani to‘plovchi manbaga ega bo‘lamiz degan g‘oya 
endi bema’ni emasdek tuyuladi. 
Quyosh energiyasi Yergacha yetib kelganida uni o‘rab turgan atmosferada 19 
% yutiladi va yana 35 % bulutlarda yutiladi. 
Quyosh energiyasi Yerni faqat davomiy ravishda qizdiradi, bu sarflanishlar 
behuda yo‘qotilayotgan energiyani foydali energiyaga aylantiruvchi texnologiyani 
talab qiladi, ya’ni bunda biz biror foydali ish bajara olishimiz zarur. 
Quyosh samarali katta termo-yadro reaktori ham hisoblanadi. Siz nima deb 
o‘ylaysiz, biz allaqachon ulkan katta termo-yadro reaktoriga egamiz, lekin ayrim 
odamlar esa undan ham kattarog‘ini qurishni xohlashi kulguli! 
Quyoshda har soniyada, minutlar almashinishi bilan doimiy ravishda vodorod 
geliyga aylanadi. 
Quyoshni katta miqdordagi termoyadro reaksiyasi ta’siridan portlab 
ketmasligiga nima to‘sqinlik qiladi? – Oddiy gravitatsiya kuchlari! Quyosh ichida 
kechayotgan kompleks reaksiyalar natijasida tarqatuvchi kuchlar va g‘oyatda katta 
o‘lchamdagi modda miqdori tufayli hosil bo‘ladigan gravitatsiya kuchlari orasidagi 
doimiy jang natijasida turg‘un bo‘ladi. 
Quyosh ichidagi barcha atomlar katta miqdordagi ichkariga “siqilishi” 
natijasida bir-biriga tortilgan bo‘ladi. Ayni paytda yadro reaksiyasi ta’sirida hosil 
bo‘lgan issiqlik va energiya barcha narsalarni tashqariga chiqarishga harakat qiladi. 
Bizning baxtimizga ular muvozanatda bo‘ladi va natijada Quyosh doimiy qoladi! 
Quyoshning tuzilishi 5.2- rasmda keltirilgan – unda nimalar borligini 
tushuntirib o‘tamiz. Quyosh markazidan boshlab yadro, radioaktiv zona, konvektiv 
zona, fotosfera, xromosfera va tojlar bor.


108 
Quyoshning yadrosi ikkita xossaga ega, birinchidan yadro reaksiyasi uchun 
qulay sharoit yaratadi – ishonib bo‘lmaydigan 15 million gradus selsiy haroratga ega 
(men u yerda termometr ushlab turishni xohlamagan bo‘lardim), ikkinchidan ishonib 
bo‘lmaydgan katta bosim. Shuning uchun u yerda termo-yadro reaksiyasi amalga 
oshadi. 
 
5.2- rasm.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin