O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/73
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210702
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

1-bob. FANGA KIRISH 
 
1.1. «Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari» fanini ta`rifi va mohiyati
o‘qitish maqsadi. 
1.2. Algoritm tushunchasi va xususiyatlari. 
1.3. Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari. Masala qo‘yilishi. 
1.4. Masalani matematik ifodalash. Sonli usulni tanlash. 
1.5. Hisoblash jarayonini algoritmlashtirish.
1.6. Dastur tuzish. Dasturni tahrirlash.
1.7. Masalani shaxsiy kompyuterda yechish va natijalarni tahlil qilish.
 
1.1. «Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari» fanini ta`rifi va mohiyati, 
o‘qitish maqsadi 
Insoniyat tarixining ko‗p asrlik tajribasi ezgu g‗oyalar, sog‗lom mafkura va 
zamonaviy bilimlardan mahrum har qanday jamiyat tanazzulga yuz tutishini 
ko‗rsatgan. Shuning uchun bizning mamlakatimiz ham o‗z oldiga ozod va obod 
Vatan, demokratik jamiyat barpo etish, erkin va farovon davlat qurish, rivojlangan 
davlatlar qatorida borish maqsadini qo‗ygan. 
O‗sib kelayotgan yoshlamiz kelajak jamiyatning faol quruvchilari bo‗lishi uchun 
ularni fan va texnikaning eng ilg‗or va zamonaviy yutuqlari bilan qurollantirish 
hamda olgan bilimlarini amaliyotda qo‗llashga o‗rgatish talab qilinadi. Bu holat 
ayniqsa, kompyuter bilan bog‗liq iqtisodiy, siyosiy va amaliy masalalami yechishda 
yaqqol o‗z aksini topadi. 
Demak, yoshlami zamonaviy kompyuterlar bilan ishlash, milliy iqtisodiyotning 
turli masalalarini yechishga mo‗ljallangan dasturiy ta‘minot bilan muloqot qilishga 
o‗rgatishdan tashqari, yangi masalalar uchun dasturiy ta‘minot ishlab chiqish yo‗l-
yo‗llari bilan ham tanishtirish lozim bo‗ladi.
Shuning uchun iqtisodiy masalalarni yechish uchun dasturiy vositalarni ishlab 
chiqish ko‗nikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlash katta ahamiyatga ega. 


16 
―Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari‖ fanini o‗qitishdan asosiy maqsadi
bo‗lib talabalarni iqtisodiy masalalarni yechish jarayonining algoritmlarini ishlab 
chiqishning metod va qoidalari bo‗yicha nazariy bilimlarni berish hamda turli 
hisoblash jarayonlarining algoritmlarini tuzish va ularni amalga oshirish dasturlarini 
ishlab chiqishning amaliy ko‗nikmalarini shakllantirish hisoblanadi.
Fanni o‗qitishning asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
– mavjud standartlar asosida hisoblash jarayonlarining grafik chizmalarning 
ishlab chiqish qoidalari bilan tanishtirish;
- turli hil hisoblash jarayonlarining algoritmlarini tuzish ko‗nikmalarini 
shakllantirish;
- algoritmik dasturlash tillarining asosiy nazariy asoslari tanishtirish; 
- algoritmik dasturlash tillaridan foydalangan holda dasturlarni ishlab 
chiqishning amaliy ko‗nikmalarni rivojlantirish.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin