18
Masalaning algoritmini ishlab chiqish jarayoni quyidagi
bosqichlardan
iborat:
ma`lumotlarga qayta ishlov berish bosqichlarni belgilab olish;
ma`lumotlarga qayta ishlov berish bosqichlari ketma-ketligini ular o‗rtasidagi
mantiqiy aloqalarni o‗rnatish asosida aniqlash;
har bir bosqich mazmunini izohlash.
Algoritm tuzishda
quyidagilarga amal qilinsa, qo`yilgan masalani natijasini tez
va to`g‗ri olish mumkin:
1. Qo`yilgan masalani to`g‗ri o`qish
va tushunib olish, masalani qo`ygan
shaxsning asosiy maqsadini bilish;
2. Ishga daxldor qiyinchiliklarni aniq ko`rish va ortiqcha narsalarni barchasini
yo`qota bilish;
3. Nazariyani qo`llash mumkin bo`lgan barcha hollarni aniqlash va uni mustaqil
qo`llash yoki lozim bo`lsa, maslahat olish uchun mutaxassisga
murojaat qilish;
4. Qo`yilgan masalani bir-biriga bog‗liq bo`lmagan tushunarli bo`laklarga ajrata
olish va ular orasida bog‗liklikni tushunish;
5. Dasturlashga va dastur resurslariga ketgan xarajatlarga nisbatan taqdim
etilayotgan yechimni afzalligini baholash va foydalanuvchining talabini to`la qondira
bilish;
6. Qo`yilgan masalani qoniqarli yechimini olishda har bir bo`lak
yechimlari
to`plamini bir butun holga keltirish;
7. Masala yechimini sodda va aniq tushunarli tilda
bayon eta olish;
Bu til tabiiy yoki sun`iy bo`lishining ahamiyati yo`q;
8. Masalani kompyuterdan foydalanib yechish jarayonida muvafaqqiyatsizlikka
uchraganda o`zini qo`lga ola bilish va boshqa yechish yo`lini qidirish.
Dostları ilə paylaş: