22
Dastur simvollar tilida yozilsa, u holda dastur matni translyator
orqali kompyuter
tiliga o‗giriladi va undan keyin u shaxsiy komyuterda yechiladi.
Dasturlash jarayonida quyidagi takliflar inobatga olinsa xatolarni tuzatish
jarayoni engillashadi.
1. Dastur umumiy bo‗lishi kerak, ya'ni ma'lumotlarni aniq biror turiga bog‗liq
bo‗lmasligi kerak, massivning chegara parametrlarini tekshirmoq lozim.
Massiv
elementlarining soni 0 yoki 1 bo‗lib qolish, yoki yuqori chegarasidan oshib ketish
xolati.
2. O‗zgarmas kattalik xamda o‗zgaruvchi kattalik ko‗rinishida ishlatish. (Biror
o‗zgarmas kattalikni boshqasi bilan almashtirish zarurati bo‗lib qolsa, dastur matnini
chaqirib o‗zgartirish
kerak - bu noqulay xolat EXE, COM fayllarida aslo mumkin
emas).
Dasturda kiritiladigan ma'lumotlarni nazorat qilish qismi bo‗lishi kerak.
3. Dasturdagi arifmetik amallarni kamaytirish va dasturning
ishlashini tezlatish
uchun:
- darajaga oshirish amallari ko‗paytirish amali bilan almashtirilgani ma'qul;
- bir xil ma'lumot bilan hisoblanayotgan arifmetik (algebraik) ifodalarni bir
marta hisoblab qiymatini biror o‗zgaruvchida saqlab ishlatish.
- takrorlashlarni tashkil qilishda takrorlanishning chegarasini
tekshirish uchun
ifodalardan emas balki oddiy o‗uzgaruvchilardan foydalanish.
- takroriy hisoblashlar tarkibida uchraydigan va takrorlanish davomida qiymatini
o‗zgartirmaydigan ifodalarni takrorlanishdan tashqarida hisoblash.
4. Dasturning xar bir bo‗lagi, moduli qismiga tushuntirishlar yozilgan bo‗lishi
kerak. Dasturdagi tushuntirishlar, masalani echish
ketma-ketligini ifodalovchi
mantiqiy ketma-ketlikdan iborat bo‗lmog‗i kerak.
Dasturdagi modullar, qismlar aniq ko‗rsatilgan bo‗lishi kerak.
Takrorlanish
boshi va takrorlanish oxiri aloxida qatorda turgani ma'qul.
Dostları ilə paylaş: