O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/73
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210702
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

Dasturni sozlash.
Dasturdagi xatoliklarni aniqlash va ularni to‗g‗rilash jarayoni 
sozlash deyiladi. Dasturlarda sintaksis va mantiqiy xatolar bo‗lishi mumkin. 
Translyator tomonidan dasturni sintaksis nazorat qilish natijasida dasturlash tili 


23 
tomonidan ularni tuzishda ruxsat etilmagan turli kontruktsiyalar aniqlanadi. Sintaksis 
xatoliklarning mavjudligi dasturning to‗g‗ri bajarilishiga yo‗l qo‗ymaydi. Shunda 
ham dasturning bajarilishi yakunlansa, u holda olingan natijalar shubha uyg‗otadi. 
Sintaktik xatoliklarni tuzatgandan so‗ng dasturchi kompyuterda olingan natijalar 
asosida dasturning to‗g‗ri ishlayotganini aniqlash kerak bo‗ladi. Agar olingan 
natijalar kutilishi kerak bo‗lgan natijalar bilan mos kelsa, u holda dasturni 
mukammalroq qilib yana bir bor tekshirib olish lozim. Agar natijalar noto‗g‗ri bo‗lib 
chiqsa, u holda biz judayam yomon bo‗lgan mantiqiy xatoliklarga duch kelgan 
bo‗lamiz. 
Mantiqiy xatoliklarga asosan dastur mazmunini loyihalashtirayotganda yo‗l 
qo‗yiladi. Masalani mohiyatini tahlil qilish, algoritmini tuzish yoki dasturni o‗zini 
dasturlash tilida yozish vaqtida dasturchi tomonidan uning ma`nosi bo‗yicha 
xatolikka yo‗l qo‗yilishi mumkindir. Shuning uchun ham dasturlashni dastlabki 
bosqichiga qaytib qo‗yilgan masalaning ma`no-moxi-yatini chuqurroq o‗rganishga 
to‗g‗ri keladi. Vujudga kelgan holat algoritmda e`tiborga olinganmi? Hisoblovchi 
(schetchik) sikldan to‗g‗ri foydalanilayaptimi? Hisoblovchilar uchun to‗g‗ri birlamchi 
va natijaviy qiymatlar ko‗rsatilganmi? Birlamchi ma`lumotlar dasturlash tilida 
mumkin bo‗lgan formatga egamimi yoki yo‗qmi? Hisoblashlar to‗g‗ri asoslanganmi? 
Ushbu savollarni shu bosqichda hal qilishga to‗g‗ri keladi. Mantiqiy xatoliklarning 
borligi bosib o‗tilgan bosqichlarning barchasi yoki ayrimlarini qaytadan tekshirib 
chiqishni talab etadi.
Dasturning to‗g‗ri ishlashi va yo‗l qo‗yilgan xatoliklarni aniqlash uchun 
testlardan foydalaniladi. Test - maxsus tayyorlangan dastlabki malumotlar bo‗lib, ular 
ustida amallar bajarish bilan masalaning echimi-natija olinadi. Test tayyorlash juda 
murakkab ish bo‗lib, qo‗lda hisob-kitob ishlarini bajarishni talab qiladi xamda 
dasturning xamma qismlarini, bo‗laklarini, modullarini tekshirish shart.
Dasturning xatosini tuzatish bo‗yicha yo‗l - yo‗riqlar:
1. Maxsus tayyorlangan ma'lumotlar asosida dasturni qo‗lda echib chiqish 
(imkoni bo‗lsa) yoki mantiqan alohida bo‗lgan bo‗laklarini, modullarini qo‗lda 
hisoblash.


24 
2. Dasturni va uning bo‗laklarini, modullarini test yordamida tekshirish.
3.Dasturning kerakli joylariga bosib chiqarish buyrug‗ini qo‗yish (tuzatishlardan 
keyin olib tashlanadi).
4. Dasturning xatolarini tuzatishda, muloqot rejimida bajarilganda (STOP) 
to‗xtash buyrug‗idan foydalanish.
5. Dasturlash tilini va amal bajaruvchi tizimi (AT)ning maxsus xatolarni tuzatish 
imkoniyatlaridan foydalanish.
6. Xatolarni tuzatish jarayonida kam xajmdagi ma'lumotlar bilan ishlashni 
tashkil qilish.
Yo‗l qo‗yilgan xatolikning mazmunidan kelib chiqqan holda ularni tuzatish 
barcha dasturni to‗liq yoki ayrim qismini masala algoritmiga kerak bo‗lgan 
o‗zgartirishlarni kiritgandan keyin qaytadan tuzishni talab etadi. Bu jarayon katta 
kuch va kompyuter vaqtini ishlatishni talab etadi, shuning uchun ham dasturni 
yozishning dastlabki bosqichlaridan e`tibor yuqori darajada bo‗lsa uni oldini olish 
mumkin bo‗ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin