O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi


ERON, OZARBAYJON VA AFG’ONISTON ARXITEKTURASI



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/38
tarix07.01.2024
ölçüsü0,8 Mb.
#210729
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi s

 
ERON, OZARBAYJON VA AFG’ONISTON ARXITEKTURASI 
 
Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston va O‘rta Osiyo davlatlari arxitekturasi sohasida 
qadimdan boy an‘analar va o‘ziga xos xususiyatlarga ega edilar. IX asrdan boshlab bu 
davlatlar Arab xalifaligi ta‘sir doirasidan chiqib, mustaqillikni qo‘lga kiritdilar. 
Bu davlatlarda islom dinining qabul qilinishi bilan islomgacha bo‘lgan davrdagi turli 
diniy sajdagohlar masjidlar sifatida qayta quriladi. Ilk musulmon masjidlari gumbaz bilan 
yopilgan kvadrat shaklidagi ochiq ayvonlardan iborat edi. Bunday inshootlarning bir 
tomoni devor bilan yopilib, mehrob joylashtirilgan. Keyinchalik bunday inshootlar 
bo‘ylama o‘qi bo‘yicha ustunli keng ayvon va xonalar qurilgan- Shunday qilib, gumbazii 
inshoot va ustunli xonalar uyg‘unlashib birlashgan va yangi turdagi diniy bino hosil 
bo‘lgan. 
Isfaxon shahrida IX asrda qurilgan Juma masjid shu turdagi binolar ichida eng yaxshi 
namunalaridan hisoblanadi. Umumiy o‘lchamlari 170x140 metrni tashkil qiluvchi masjid
kompleksi to‘g‘ri to‘rt burchakli ichki hovli atrofida qurilgan gumbazii masjid, masjid 
atrofidagi ayvon, madrasa va boshqa binolardan tashkil topgan. Aspsiy masjid 
kompozitsion jihatdan bosh simmetriya o‘qi bo‘yicha joylashib, katta mehrob tokchasi 
bilan bezatilgan. Kompleks tarkibida XI asrda qurilgan Gumbegi-Xoki kichik masjid o‘z 
tuzilishi bilan Eron arxitekturasining durdonalaridan hisoblanadi. Bu bino tektonik aniq 
tuzilishi, uyg‘unlashgan mutanosibliklar va ravoqli shakllar nafisligi bilan ajralib tutadi. 
Uch qator qilib ishlangan ravoqli tokchalar konstruktiv jihatdan gumbaz aylanasidagi 
kuchlanishlarni to‘rt burchak asosga o‘tkazish uchun xizmat qilib. kompozitsion jihatdan 
binoning asosiy badiiy ifodalanish vositasi sifatida xizmat qiladi. 


69 
Ichki hovli atrofini ayvonlar bilan o‘ralgan kompozitsion usul masjidlardan tashqari 
madrasa va karyonsaroy binolarida hamda boshqa turdagi imoratlarda keng qo‘llaniladi. 
Maqbaralar kompozitsion tuzilishi esa asosan markaziy-gumbazli kompozitsion usul 
asosida shakllanyapti 305-yilda Sultoniya shahrida qurilgan Uljayt Xodabendi maqbarasi 
shu turdagi eng mashhur binolardan hisoblanadi.Uning tarh tuzilishi sakkizburchak 
shaklga ega va diametri 24,5 metrli gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ikki qobiqdan tashkil 
topgan va ravoqlar orqali asosiy sakkizburchak ustiga o‘rnatilgan. 
Temuriylar davri yodgorliklaridan Mashhad shahrida 1419-yilda qurilgan 
Gavharshod masjidi o‘zining maftunkor koshinli bezaklari bilan ajralib turadi. Isfaxon 
shahrida I6l2-1637-yillarda Shoh Abbos tomonidan qurilgan Masjidi Shoh Erondagi eng 
yirik va mashhur yodgorliklardan hisoblanadi. 
Eronda joylashgan jamoat binoljiridan Raboti Sharaf karvonsaroyi eng mashhur 
yodgorliklardan hisoblanadi. Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan bu bino 1114— 1154-yiliarda 
qurilgan bo‘lib, ikkita to‘rtburchak ayvonli ichki hovli atrofida joylasitirilgan xonalardan 
iborat. 
Jamoat binolaridan, shuningdek, Shoh Abbos davrida bunyod qilingan Isfaxon 
yaqinidagi Ali Qopi saroyi va Chihil Sutun saroyini ko‘rsatib o‘tish joizdir. XVII asrda 
qurilgan bu saroylar chorbog‘ o‘rtasida qurilgan bo‘lib, ularning shakli va;andozalari 
Temuriylar bog‘-saroy ansambllariga o‘xshatilgan. 
Ozarbayjon arxitekturasi asosan Eron an‘analari asosida shakllanadi. Boku shahrida 
joylashgan Shirvon Shoh kompleksi XV - asr o‘rtalarida qurilgan bo‘lib, shoh saroyi, 
masjid, minora va maqbaradan tashkil topgan- Kompleks tarkibidagi Devonxona alohida 
e‘tiborga loyiqdir. Ochiq ayvonlardan iborat bo‘lgan sakkizburchakli imorat baland 
gumbaz va chiroyli peshtoq bilan bezatilgan. 
Boku shahrida joylashgan yodgorliklardan yana balandligi 26 metr bo‘lgan Qizlar 
minorasini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bu minora XII asrda qurilgan bo‘lib, o‘ziga xos 
tuzilishga ega. 
Tarixiy va geografik jihatdan Afg‘oniston butun tarixi bo‘yicha O‘rta Osiyoda tashkil 
topgan davlatlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Shuning uchun Afg‘oniston arxitekturasi O‘rta 


70 
Osiyo davlatlari arxitekturasiga xos bo‘lgan bino va inshootlar turlaridan tashkil topgan va 
arxitekturaviy kompozitsion shakllar umumiyligi bilan baholanadi. 
Afg‘onistonda bunyod etilgan arxitekturaviy yodgorliklardan quyidagilarni alohida 
ko‘rsatib o‘tish mumkin. Balx shahrida IX asrda qurilgan No‘h Gumbaz masjidi, 
Temuriylar davrida, ya‘ni 1460-yilda qurilgan Abu Nasr Porso masjidi. Hirot shahrida 
qurilgan Gavharshod madrasasi 1437-yilda qurib bitkazilgan. Jom shahrida XII asr 
oxirlarida qurilgan minora balandligi 65 metrni tashkil qiladi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin