O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi


ROSSIYADA XVIII - XIX ASRLARDA ARXITEKTURA RIVOJLANISHI



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/38
tarix07.01.2024
ölçüsü0,8 Mb.
#210729
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi s

ROSSIYADA XVIII - XIX ASRLARDA ARXITEKTURA RIVOJLANISHI
Rossiyada XVIII - XIX asrlar feodal ijtimoiy-iqtisodiy tuzumining so‘nggi 
davrlaridir. Bu davrda kapitalistik munosabatlar rivojlanib, ishlab chiqarish 
manufakturalari tashkil topadi. Bu davrga kelib Rossiyaning G‘arbiy Yevropa davlatlariga 
nisbatan iqtisodiy va ytimoiy jihatdan qoloqligi yaqqol namoyon bo‘ladi.XVIII asr 
boshlarida Pyotr I Yevropa davlatlari bilan aloqalarini kengaytirish, ilg‘or tajribani 
o‘rganish va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar o‘tkazishga katta e‘dbor beradi. 
Arxitektura sohasida bu o‘zgarishlar G‘arbiy Yevropada tarqalgan barokko va 
klassitsizm uslubining keng tarqalishi bilan bog‘liq edi. Bu uslublarning keng tarqalishi 
birinchi navbatda Peterburg shahrining yangi poytaxt sifatida qurilishi bilan bog‘liq 
edyPeterburg shahrining qurilishi 1703-yilda boshlanadi va bu yerda aniq loyiha bo‘yicha 
yirik arxitekturaviy ansambllar barpo etiladi. Shahar qurilishida ma‘muriy va jamoat 
binolari, ishlab chiqarish va savdoga mo‘ljallangan inshootlar aksariyatni tashkil qiladi. 
Bu davrda Rossiyada asosan ikki uslub keng tarqaladi: XVIII asr boshlari va 
o‘rtalarida barokko uslubi va XVIII asr oxirlari - XIX asr boshlarida klassitsizm uslubi 
rivojlanadi. 
ROSSIYADA BAROKKO USLUBI 
Rossiyada barokko uslubi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu xususiyatlar rus 
arxitekturasi an‘analarining barokko uslubi qonuniyatlari bilan uyg‘unlashib ketishi 
natijasida hosil bo‘ladi. Rus barokkosi haqiqiy milliy xususiyatlari bilan G‘arbiy Yevropa 
davlatlaridagi barokko uslubidan keskin farq qilib turadi. Rus barokkosida binolar tarh 
yechimi va hajm-fazoviy kompozitsiyalari oddiy shakllardan tashkil topgan va tarkibiy 


61 
jihatdan ichki va tashqi tuzilishning mosligi bilan xarakterlanadi. Binolar tashqi devorlari 
suvoqlanib, turli ranglar bilan bo‘yalgan va har xil ganchkor bezaklar bilan boyitilgan. 
Rus barokkosi XVIII asrning 40-50-yillarida to‘liq shakllanadi va bu uslubga xos 
binolar va arxitekturaviy ansambllar keng tarqaladi. Bu uslub shakllanishida G‘arbiy 
Yevropa davlatlaridan taklif qilingan arxitektorlar va Yevropa davlatlarida tahsil olgan rus 
amtektorlarining xizmati kattadirj Xuddi shu paytda Rossiyada Fanlar akademiyasi va 
universitetlar tashkn qilinadi. Badiiy akademiya tashkil qilinib, uning qoshida arxitektura 
bo‘linmasi ham shakllanadi. 
XVIII asr boshlarida Peterburg shahri qurilishi boshlanishi bilan Pyotr I ning farmoni 
bilan boshqa shaharlardagi qurilishlar to‘xtatilib, barcha moddiy zaxiralar yangi poytaxt 
qurilishiga yo‘naltiriladi. Peterburg shahri qurilishi uchun muntazam shaharsozlik loyihasi 
tuziladi va imoratlarni faqat tosh va g‘ishtdan qurish to‘g‘risida ko‘rsatma beriladi. 
Arxitektor Domeniko Trezini boshchiligida namunaviy loyihalar ishlab chiqiladi. 
Turarjoy uylari asosan uch turga bo‘linadi: birinchisi - «mehnatkashlar» uchun, ikkinchisi - 
«xizmatchilar» uchun va uchinchisi -«zodagonlar» uchun mo‘ljallangan. Pyotr I uchun 
1710 - 1714-yillarda qurilgan Yozgi saroy «zodagonlar» uchun tuzilgan loyiha bo‘yicha 
qurilgan. D.Trezini loyihalari bo‘yicha bir necha yirik jamoat binolari qurilishi ham amalga 
oshiriladi. 1712 - 1733-yillarda qurilgan Petropavlovsk sobori va 1722 -1742- yfflarda 
qurilgan o‘n ikki kollegiya binolari shular jumlasidandir. 
1740-1750-yillarda buyuk arxitektorlar F.B. Rastrelli, S.Chevakinskiy, D.Uxtomskiy 
o‘z arxitekturaviy maktablarini tashkil qilishadi.Bumalctablarda arxitektura nazariyasi 
chuqur o‘rganiladi. Ayniqsa, klassikorderlar nazariyasiga katta e‘tibor beriladi. Vinola va 
Palladio asarlari rus tiliga tarjima qilinib, chop etiladi. F.B. Rastrelli o‘zining amaliy ishlari 
bilan mashhur bo‘ladi. Uning loyinaiari bo‘yicha Peterburgda Qislilci saroy, Sarskoye 
Seloda Yekaterina saroylari qurilishi amalga oshirilgan. Petergofdagi Katta saroy qurilishi 
ham Rastrelli loyihasi bo‘yicha amalga oshirilgan. Bu binolar tarh tuzilishida to‘rtburchak 
shaklda bo‘lib, hajm-fazoviy kompozitsiyasi oddiy prizmatik shakldan iborat. Rastrelli 
binolari o‘zining mahorat bilan bajarilgan mutanosibliklari, qismlaring aniq ishlanishi va 
plastik jihatdan boy qilib ishlangan tashqi va ichki ko‘rinishlari bilan ajralib turadi. 


62 
Peterburgdagi Qishki saroy 1754-1764-yillarda qurilib, davlat boshliqlari qarorgohi 
vazifasi uchun mo‘ljallangan. Bu bino Neva daryosi bo‘yida qurilgan bo‘lib, shahar 
markaziy maydoniari shakllanishiga asos soladi. Keyinchalik Qishki saroy asosiy o‘qi 
bo‘yicha Dvorsovaya maydoni tashkil qiiinadi. 
Sarskoye Selodagi Katta saroy 1752-1757-yillarda shahar tashqarisidagi bog‘-saroy 
ansambli sifatida barpo qiiinadi; Imperator farmoniga binoan bu joyda «Rus Versali» 
tashkil qilinishiga asos solinadi. Uzunligi 300 metrdan iborat saroyning sharqiy tomonida 
esa bo‘g va g‘arbiy tomonidaasosiy Yangi bog‘ joylashgan. Katta saroy tashqi ko‘rinishi 
boy bezatilishi va plastik jihatdan mahobatli order sistemalari ishlatilishi bilan kuzatuvchini 
hayratga soladi. Binoning ichki tuzilishida, ayniqsa, Taxtlik zali oltin suvi yuritilgan 
bezaklari bilan ajralib turadi. 
D.V. Uxtomskiyning arnaiiy faoliyati asosan Moskva va uning atrofidagi qurilishlar 
bilan bog‘liq edi. Ular ichida Troisk-Sergiyev monastiridagi qo‘ng‘iroqxona minorasi 
alohida e‘tiborga loyiq. Bu binoda Qadimgi Rus an‘analari barokko uslubiga xos 
kompozitsion vositalar bilan uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘ladi. Minoraning umumiy 
balandligi 87,33 metrni tashkil qilib. vertikal yo‘nalishda besh qismdan tashkil topgan. 
Moskvadagi Qizil darvoza (1753 - 1757) va Gospital binosi (1759) loyihasi ham 
D.V.Uxtomskiy boshchiligida bajarilgan. 
S.LChevakinskiy amaliy ishlaridan 1753 — 1762-yillarda Peterburgda qurilgan 
Nikolskiy sobori binosini ko‘rsatib o‘tish mumkin. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin