O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi


ERON, AFG’ONISTON VA HINDISTONDA TEMURIYLAR DAVRI



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/38
tarix07.01.2024
ölçüsü0,8 Mb.
#210729
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi s

ERON, AFG’ONISTON VA HINDISTONDA TEMURIYLAR DAVRI 
ARXITEKTURASI 
Eron va Afg‘onistonda XIV-XV asrlar Temuriylar madaniyati va arxitekturasi davri 
hisoblanadi. Bu davr madaniyati va arxitekturasi o‘z ahamiyati va xususiyatlari bilan 
alohida ajralib turadi. 
Siyosiy jihatdan ushbu davrda Amir Temur 1370-yilda Movarounnahr mutloq 
hokimligini egallab, keyinchalik boshqa davlatlarni zabt etib, Kichik Osiyodan to Hind 
daryosi bo‘ylarigacha cho‘zilgan imperiyaga asos solingan edi. Iqtisodiy jihatdan ushbu 
davlat juda keng savdo aloqalari va hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlar qayta 
qurilishi va kengaytirilishi bilan bog‘liq bo‘lib, buning natijasida arxitekturada misli 
ko‘rilmagan yutuqlarni qo‘lga kiritish bilan xarakterlanadi. 
Temuriylar davrida yirik me‘morlar va qurilish ustalari asosan markaziy shahariarda 
jamlanib, turli bino va inshootlar qurilishini amalga oshrdilar. Arxitekturaviy 
yodgorliklarda saqlanib qolgan yozuvlar ularning nomlarini bizgacha yetkazishdi. 
Masalan, Mashhad shahridagi Masjidi Shoh me‘mor Ahmad ibn Shamsiddin tomonidan, 
Imom Rizo maqbarasi me‘morlar Abdullo va Shams Baysunqori tomonidan qurilganligi 
va bezatilganligi ma‘lumdir. 
Temuriylar davri arxitekturaviy kompozitsion shakllari birinchi navbatda 
ishlatiladigan qurilish ashyolari va usullariga bog‘liq edi. Ommaviy qurilishda paxsa 
devorlar bilan bir qatorda yog‘och sinchli, ya‘ni «cho‘bkori»dan ham keng foydalanilgan. 
Mahobatli arxitekturada esa pishiq g‘isht, marmar va boshqa qimmatbaho toshlardan 


71 
foydalanilgan. Bog‘lovchi sifatida loy bilan bir qatorda ganchdan ham keng foydalanilgan. 
Turli xildagi bezaklar uchun esa tabiiy bo‘yoqlardan tayyorlangan turli ranglardagi 
koshinlardan foydalanilgan. Bezaklar ichjda o‘zining sifati bilan «koshin-burish» turidagi 
usul alohida ahamiyat kasb etadi. 
Bino va inshootlar ichki bezatilishida «gulganch» va «kundal» texnikasidagi ishlar 
keng tarqaladi. 
Arxitekturaviy kompozitsion shakllar tarixiy an‘analar asosida gumbazli va ravoqli 
qurilmalar bilan bog‘liq edi. Gumbazlar va ravoqlar orasidan esa asosan uch yoki to‘rt 
markazdan yasaluvchi nayzashakl turlari keng tarqaladi. Bundan tashqari, «balxiy» va 
o‘zaro kesishuvchi ravoqlarga asoslangan gumbazlardan ham foydalanilgan. 
Temuriylar davri me‘morlari binolar yopilmasini bajarishda bir qancha yangiliklar 
kiritishadi. Shulardan biri «linga-zarba» bo‘lib, u o‘zaro kesishuvchi ravoqli qurilmaga 
asoslangan. Bu qurilmaning ishlatilishi gumbazlar diametrini (xonalar o‘lchami bir xil 
bo‘lgan holda) qariyb ikki martaga qisqartirish imkoniyatini yaratdi. Buning natijasida esa 
mahobatli imoratlar sahnini yanada kengaytirish va bino ichki fazosidan unumli 
foydalanish imkoniyati yaratildi. Bu qurilmaning yaratilishi me‘mor Qiyomiddin Sheroziy 
nomi bilan bog‘liq bo‘lib, birinchi marta usto bu qurilmani Hirotdagi Gavharshod 
maqbarasida qo‘llagan. 
Umuman olganda, bu davrda oldindan qo‘llanib kelingan bir qancha arxitekturaviy 
kompozitsion shakllar ishlatilib, ammo ularga yangicha badiiy obrazlar va sifatlar berilgan. 
Masalan, bu davr peshtoqlari oddiy kirish darvozasidan farqli ravishda, ko‘pchilik 
imoratlarda asosiy kompozitsion urg‘u, kirish ayvonining badiiy ifodalanish vositasiga 
aylanadi. 
Peshtoqlariga ikki yon burj — minoralar qo‘shilib, tepa qismi esa ravoqli tokchalar 
bilan to‘ldirilgan. Peshtoqlar yuzasi turli ranglardagi koshinlardan bajarilgan o‘simlikshakl 
va geometrik girihlar bilan bezatilgan. 
Gumbazlar ham asosiy arxitekturaviy kompozitsion shakllardan bo‘lib, Temuriylar 
davrida ularning ahamiyati yanada ortadi. Gumbazlar shakli va o‘lchamlari nafislashib, 
ularning uyg‘unlashtirish darajasi yanada rivojlanadi. 


72 
Bu davrning to‘sin ustunli qurilma va shakllari ham alohida e‘tiborga molikdir. 
Yog‘ochdan bajarilgan ushbu arxitekturaviy shakllar mahobatli imoratlar bilan bir qatorda 
ommaviy xalq arxitekturasida ham keng tarqalgan. 
Yuqorida keltirilgan arxitekturaviy kompozitsion shakllarning turli tarkiblari 
birgalikda ishlatilishi bino va inshootlarning quyidagi turlarini hosil qilgan: 
Markaziy-gumbazli imoratlarda gumbazii xona asosiy bino bo‘lib, bu turda asosan 
maqbara, masjid va xonaqohlar hamda chorsu va toqilar bunyod etilgan. 
Hovlili imoratlar turi asosan madrasa va karvonsaroylar qurilishida qo‘llanilgan. 
Ustunli, ayvonli tur asosan mahalla masjidlari va bozor timlari qurilishida 
foydalanilgan. 
Hovlili-gumbazli tur asosan juma masjidlari va qasrlar qurilishida ishlatilgan. 
Ko‘p gumbazii majmualar turi esa asosan maqbaralar ansambli va rabotlar, ba‘zi 
hollarda masjidlar ansamblida qo‘llanilgan. 
Masjidlar musulmon davlatlarida alohida ahamiyatga molikdir. Mahalla va guzar 
masjidlari asosan turarjoy mavzelarida qurilgan. Juma va jome‘ masjidlari butun shahar 
aholisi uchun qurilgan bo‘lib, namozgoh va musallah masjidlari esa Ramazon va Qurbon 
hayitlari uchun mo‘ljallangan. 
Mashhad shahridagi Gavharshod masjidi 1405-1406-yillarda qurilgan bo‘lib, 
mahobatli hovlili-gumbazli imorat turidir. To‘g‘ri burchakli to‘rtburchak bo‘ylama o‘q 
bo‘yicha kirish peshtoqi va uning ro‘parasidagi gumbazii va yirik peshtoqli maqsura 
joylashgan. 
Mashhad shahridagi Masjidi Shoh ham o‘zining mahobatli shakli va kompozitsion 
tuzilishi bilan ajralib turadi. Bu masjid 1451-yiIda qurilgan bo‘lib, shu nomli maqbara bilan 
majmuani tashkil qiladi. 
Tabriz shahrida 1465-yilda qurilgan Masjidi Kabud o‘zining kompozitsion tuzilishi 
va bezaklarining boyligi bilan xarakterlanadi. 
Temuriylar davrida oliy diniy va dunyoviy bilimlar markazi -madrasalar qurilishiga 
ham katta e‘tibor beriladi. Bu davrda madrasalar arxitekturasi to‘iiq shakllanib, 
uyg‘unlashgan imorat turini hosil qiladi. Madrasalar darsxona va hujralari to‘g‘ri 
to‘rtburchakli ichki hovli atrofida bir yoki ikki qavatli qilib qurilgan. 


73 
Hirot shahrida 1410-1411 -yillarda qurilgan Shohrux madrasasi o‘z davrining eng 
yirik va hashamatli imoratlaridan sanalgan. 
Hirot shahrida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tomonidan ham bir necha 
madrasa va boshqa imoratlar qurilgan. Jumladan, nihoyatda ziynatli «Ixlosiya» madrasasi 
va xonaqohi, «Shifoiya» va «Safiya» nomli shifoxona hamda hammom binolari Alisher 
Navoiy boshchiligida qurilgan. 
Temuriylar davrida maqbaralar qurilishi ham nihoyatda rivojlanadi. Bu davrda 
asosan bir necha xonadan iborat bo‘lgan, murakkab kompozitsiyali maqbaralar 
shakllanadi. Hirot shahrida XV asrning II yarmida qurilgan Shahzoda Abdullo maqbarasi 
shular jumlasiga kiradi. Hirotdagi Gavharshod maqbarasi ham murakkab hajm-fazoviy 
tuzilishi va bezaklarining bejirimligi bilan ajralib turadi. 
Arxitekturaviy ansambllar yaratish san‘ati Temuriylar davrining yirik yutuqlaridan 
hisoblanadi. Hirot va Isfaxonda, Sheroz va Tabrizda muhtasham imoratlardan iborat 
arxitekturaviy ansambllar yaratilgan edi. Arxitekturaviy ansambllar orasida eng ko‘p 
tarqalgani bu «qo‘sh» turidagi ansambl bo‘lib, unda mahobatli imoratlar peshtoqlari bilan 
biri ikkinchisining ro‘parasida joylashtirilgan. 
Ansamblning yana bir turi ikki alohida turuvchi imoratlarni ochiq hovli yordamida 
birlashtirish bo‘lib, Hirotdagi Gavharshod madrasasi va musallosi bunga misol bo‘la oladi. 
Ansamblning yana bir turi bo‘ylama o‘q bo‘yicha yo‘naltirilgan kompozitsiya 
asosida shakllangan. Hirotdagi Xiyobon ansambli va savdo rastalarining joylashtirilishi 
bunga misol bo‘ladi. 
Mir Alisher Navoiy tomonidan Hirotdagi Injil nahri bo‘yida bunyod qilingan 
ansambl Gavharshod ansambli bilan uyg‘unlashib, nihoyat darajada go‘zal makonga 
aylangan. 
Hirotning ushbu qismida bog‘lar bilan o‘ralgan qasrlar ham joylashgan. Hirotdagi 
bog‘lardan, ayniqsa, Navoiyga qarashli Bog‘i Puli Sangkashon va Bog‘chai Shavqiya, 
Shohrux tomonidan kengaytirilgan Bog‘i Baland va Bog‘i Safed hamda Husayn Boyqaro 
asos solgan Bog‘i Naqshi Jahonoro va Bog‘i Chamanoro ajralib turadi. 


74 
Bog‘lar odatda baland devorlar bilan o‘ralib, «chorbog»‗ shaklida yaratilgan. 
Chorbog‘ to‘rt qismdan iborat bo‘lib, asosiy xiyobon oxirida imorat qurilgan. Imorat oldida 
sufali peshgoh va favvorali hovuz qurilgan. 
Alisher Navoiy boshchiligida bog‘larning tuzilishiga bag‘ishlangan «Irshod va Zira» 
asari Hirotda nashr qilinib, unda XV asr bog‘ san‘atiga oid ma‘lumotlar berilgan. 
Osiyoning janubiy qismida — Hindiston yarim orolida qadim zamonlardan boshlab 
o‘ziga xos madaniyat va arxitektura shakllangan. Hindistonda feodal munosabadari 
milodiy IV—V asrlarda to‘liq shakllanadi. Bu munosabatlar shakllanishi buddizm dini 
tarqalishi bilan ham bevosita bog‘liq edi. 
XII-XIII asrlarda Hindistonning shimoliy hududlari turkiy xalqlar tomonidan zabt 
etiladi va islom dini keng tarqaladi. XV—XVI asrlarga kelib Temuriylar tomonidan yarim 
orolning qariyb barcha hududlarida Janubiy qismdan tashqari) islom feodal davlatlari 
tashkil topadi. Ayniqsa, bu borada Dehli sultonligining tashkil topishi katta ahamiyatga ega 
edi. Shu davrda Eron va O‘rta Osiyo arxitekturasi ta‘siri ostida Hindistonda peshtoqlarga 
ega gumbazli binolar, ravoqli qurilmalar va baland minoralar keng tarqaladi. Masjidlar, 
madrasalar va maqbaralar qurilishi bilan bog‘liq holda gumbazli va baland peshtoqli bino 
turlari qurilishi avj oladi. 
Feodal hukmronlar yaxshi himoyalangan qal‘alar qurilishiga katta e‘tibor berishadi. 
Bu borada Siri, Jahonobod, Firuzobod kabi Dehli sultonligi davrida qurilgan qal‘alarni 
misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
1479-yilda Qutb va Din Oybak tomonidan islom dini o‘rnatilishi ramzi sifatida 
qurilgan Qutb minor o‘zining 72,5 metrlik balandligi bilan Hindistondagi eng baland 
imoratlardan hisoblangan. Qutb minor bilan birgalikda qurilgan Quvvat al-Islom masjidi 
ham eng birinchi islom yodgorliklaridan edi. Keyinchalik ushbu majmua kengaytirilib, 
Intilish maqbarasi (1235), Ali Darvoza va yana boshqa imoratlar qurilishi amalga oshirildi. 
1526-yildan boshlab Hindistonda Boburiylar hukmronligi boshlanib, qariyb 250 yil 
davom etadi. Boburiylar davri arxitekturasi asosan O‘rta Osiyo arxitekturasi an‘analari 
asosida rivojlanib, shu bilan birga, bir qancha o‘ziga xos xususiyatlar kasb etadi. Humoyun 
maqbarasi Boburiylar tomonidan qurilgan ilk imoratlardan hisoblanadi. 1556-yilda 
qurilgan maqbara tarhi kvadrat shaklida bo‘lib, baland gumbaz bilan yopilgan. Binoning 


75 
to‘rt tarzi ham bir xil shaklda bo‘lib, ravoqli peshtoqlardan iborat. Maqbara atrofida 
«chorbog»‗ usulida bog‘ tashkil qilingan. Umuman olganda, Bobur bog‘lari Hindistonda 
Movarounnahr bog‘ san‘ati tarqalishiga asos soldi. Bu borada Sikandradagi Akbarshoh 
maqbarasi atrofida bunyod qilingan chorbog‘ (1604-1613), Lahor shahrida tashkil qilingan 
Shalimor (1633-1642) bog‘i va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. 
Boburiylar davrida qurilgan qal‘alarga misol qilib Dehlidagi 1638-yilda qurilgan va 
hozirda Qizil Fort nomi bilan mashhur qal‘ani ko‘rsatish mumkin. Bu qal‘a Shoh Jahon 
tomonidan o‘z poytaxtini Agra shahridan Dehliga ko‘chirishi munosabati bilan qurilgan 
edi. 
Haydarobod shahrida 1591-yilda qurilgan Chorminor darvozasi eng muhtasham 
imoratlardan hisoblanadi. Imorat to‘rt tarzi peshtoqlar bilan bezatilib, to‘rt burchakda 
baland minoralar qurilgan. Peshtoqlar ostidan shaharning to‘rt asosiy ko‘chasini 
birlashtiruvchi ravoqli yo‘laklar joylashgan. 
Shoh Jahon sevimli xotini Mumtozbegim vafotidan keyin Movarounnahr, Eron va 
Hindistondagi barcha mashhur me‘mor va ustalarni yig‘ib, ulkan maqbara qurishga qaror 
qiladi. 1632-1654-yillarda qurilgan Toj Mahal maqbarasi Boburiylar davri 
arxitekturasining eng yuksak namunasi hisoblanadi. Agra shahrida ushbu markaziy-
gumbazli imorat atrofida «chorbog» uslubida ulkan ansambl ham tashkil qilinadi. Ansambl 
tarkibida, shuningdek, alohida turgan to‘rt minora ham qurilgan. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin