Abdulla sher axloqshunoslik


 Abay. Tanlangan asarlar. Т ., G ‘.G ‘ulom nomidagi Adabiyot va san ’at nashriyoti



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/209
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#210786
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   209
s4S7EHjtHmoMNmIYtJ01CR2chM6SocN8iTPWj8yZ

Abay. Tanlangan asarlar. Т ., G ‘.G ‘ulom nomidagi Adabiyot va san ’at nashriyoti
1995, 90-b. 

www.ziyouz.com kutubxonasi


Chunonchi, risola davomida, ayniqsa uning birinchi faslida, qora va 
oq ranglarning majoziy ham da botiniy mohiyati o ‘ziga xos tarzda 
ifodalanadi. Qora mehnati tufayli dunyoni yashnatayotgan insonlar 
qalbining oqligi, oq tana-yu oq bilak kimsalar qilayotgan ishlarning 
qoraligi ta ’kidlanadi va ular shu orqali axloqiy mazmun kasb etadi. 
Anbar otin shunday deb yozadi:
«U1 qaro xalq oftob so‘zanida m ehnat qilib, o ‘zlari har qancha 
kuyganlari holda, hosillarini ham tovoqlariga tuhfa qilurlar. Misol 
andoqdurki, qazon bovujud qoradur, o ‘zi o ‘tda kuyib qaro bo‘lg‘oni 
holda ovqat pishurib odamlarni to ‘ydirur.
Qarolar bordurlarki, alar o ‘zlari qaro bo‘lg‘oni holda, m a’rifat nuri 
siyratlarida to ‘ladur va ul nurlarni fasohat va til durdonalari vositasi ila 
olamg‘a oq shu’la socharlar. Misol uldurki, qaro charog1 o‘zi qaro yog‘, 
kuyundig‘a giriftor b o ig ‘oni holda, nuri ilan kulbani ravshan qilur».1
Risolaning ikkinchi faslida Anbar otin o ‘sha davrdagi ayollar ahvolini, 
ularning bevosita va bilvosita ijtimoiy kamsitishlar natijasida o ‘z iqtidori, 
iste’dodi, latofatini namoyon qila olmasliklarini aytib o ‘tadi. Ular, hatto, 
ko‘cha-ko ‘ylarga zarurat yuzasidan, masalan, qarindosh-urug‘larini 
ko‘rgani borish uchun chiqqanlarida, eski paranjiga o ‘ranib, kampirlar 
kabi bukchayib yuradilar. Chunki, agar qaddi-qomatini adl tutib, yoki 
ochilib-sochilib yursalar, ularga erkaklar tajovuz qilishlari mumkin. Bunday 
axloqsizlikning ildizi ijtimoiy adolatsizlikka borib taqaladi: kambag‘alligi 
tufayli uylanish, oila boshlig‘i bo‘lish huquqidan mahrum bo‘lgan bunday 
erkaklar shayton vasvasasiga tushib, shahvoniy nafslarini tiyolm ay 
qoladilar. Lekin taraqqiyparvar shoira kelajakka katta ishonch bilan 
qaraydi: bu ijtimoiy-axloqiy illatlar albatta o‘tib ketadi, hurlik, tenglik 
zamonlari keladi. Mana, bu haqda Anbar otinning o‘zi nima deydi:
«Bir zamoni bo‘lurki, kamina mushtipar kabi olijanob orzu qilg‘ondan 
ziyoda bo‘lur... alarni mazlumalar avlodi xatarsiz tavallud o ‘lub, yaxshi 
parvarish topub, xushro‘y va xushxo‘y, botamiz va vatando‘st, serg‘ayratu 
m e h m o n d o ‘st b o ‘lub, kam olg‘a yetur. Ul zam onda b arch a xalq 
sohibjamol bo‘lur...
Ul zam onda odam axloqi ul darajag‘a yeturki, xurusi mijoz gala 
xotunlik rusumini tark etar va har er bitta xotin ila farog'atvor kun 
kechirg‘ay...

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin