Abdulla sher axloqshunoslik



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/209
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#210786
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   209
s4S7EHjtHmoMNmIYtJ01CR2chM6SocN8iTPWj8yZ

1995^52 ^nlangan asar'ar' 
G ‘.G ‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti,
2
0 ‘sha manba, 82—83-b.
3 O lsha manba, 56-b.
4 0 ‘sha manba, 8 2 -8 3 -b .
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilmoqchi yoki kamsitmoqchi emas: bu achchiq gaplar xalq dardida 
o‘rtangan mutafakkirning alamli fikrlaridir. Abay odamlarning torlashib, 
maydalashib ketayotganidan, yerdagi o ‘z insoniy vazifasi va mas’uliyatini 
bajarmayotganidan g‘azablanadi: «Suqrotga og‘u bergan, Ionna Arkni 
olovga tashlagan, Isoni dorga osib, Payg‘ambarimiz salallohu alayhi 
vassallamni tuyaning o‘limtigiga ko‘mgan kim? Xalq! Shunday bo lgach, 
xalqda aql yo‘q. Yo‘lini top-da, xalqqa rahnamolik qil»1.
Ko‘rinib turibdiki, buyuk qozoq mutafakkirining axloqiy ideali -
xalqqa rahnamolik qila biladigan odam. Albatta, u alo odam emas, 
lekin alo odam vazifasini ma’lum m a’noda bajara oladigan inson. Bunday 
insonni tarbiyalab voyaga yetkazish, lozim bo‘lsa, yaratish (m a naviy 
jihatdan) mumkin: «Odam onadan aqlli bo‘lib tug‘ilmaydi, — deydi 
Abay, — balki tug‘ilganidan keyin, dunyoda nima yaxshi, nima yomon 
ekanligini eshitib, ko‘rib, ushlab, topib, zehn qo‘yib aqlli b o ‘ladi». 
Boshqa bir o ‘rinda esa, mutafakkir, mana bunday deydi: «Agar davlat 
mening qo‘limda b o ‘lganida, inson farzandini tuzatib bo lmaydi, degan 
od am ning tilin i kesib ta sh la rd im ...» 2. Bu fikrlar Abay axloqiy 
qarashlarining insonga ishonch va hayotbaxsh nigilizmga asoslanganini 
ta ’kidlab turadi.
Shunday qilib, Abay tug‘ma axloqiylikni butunlay inkor etmasa-da
insonning axloqiy darajasi tarbiya bilan bog‘liqligini qat’iy uqtiradi. 
Ayni paytda tarbiyaga va axloqiy darajaga muayyan ijtimoiy muhitning, 
zamonning ta ’sirini asosiy sababchi deb biladi: «Inson bolasini zamona 
parvarish qiladi, kim da-kim yomon b o ‘lsa, ayb zamondoshlarida», 
deydi faylasuf-shoir3. Uning haqligini insonni axloqiy-ma’naviy jihatdan 
anchagina tubanlashtirib, uni e ’tiqodsizlik, yolg onchilik kasaliga 
m ubtalo qilib q o ‘ygan m u stam lakachilik va, ayniqsa, s h o ‘rolar 
zamonasining salbiy ta ’sirida yaqqol ko'rishimiz mumkin.
Abayning hayo, uyat, insof, oqillik, adolat singari fazilatlar va 
maqtanchoqlik, oliftagarchilik, kerilish, yolg‘onchilik, ochko zlik kabi 
illatlar haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovor. Chunonchi, u uyat 
tushunchasini ikki xil m a’noga ega ekanligini aytadi. Birinchisi, odam 
o ‘zi uyat bo ‘larlik ish qilmaydi, lekin o ‘zganing uyatli ishidan uyaladi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin