Ma’rifatchilik asosan uch soha orqali tezkor
tarzda taraqqiy topib
bordi. Bular — m aorif (yangicha maktablar ochish, ta ’lim usulini
yangilash), san’at (badiiy adabiyot, teatr) va matbuot. Pirovard maqsad
millatni, bir tom ondan, ilmli-ma’rifatli qilish bo‘lsa, ikkinchi tom ondan,
uning axloqiy darajasini yuksaltirish va
ana shu ikki jih a tn in g
uyg‘unlashuvi natijasida o'zligini, o ‘z qadrini anglagan bilimli shaxsni
voyaga yetkazish edi. Turkiston m a’rifatchilari tom onidan ana shu
maqsadni amalga oshirish yo‘lida katta ishlar qilindi.
Turkiston m a’rifatchiligining dastlabki bosqichlarida axloqiy g ‘oyalar
asosan badiiy va didaktik shakllarda o ‘z aksini topdi. Shu jihatdan
o ‘zbek va tojik xalqlarining mutafakkiri Ahmad Donishning (1827
1897) «Navodir ul-vaqoye» asari diqqatga sazovor. Ahmad D onish o ‘z
asarlarida Buxoro amirligi davlat tuzumini Rossiya davlat tuzum i bilan
solishtirib, uni isloh qilish lozimligini ta’kidlaydi. Ayni paytda, a n ’anaviy
axloqiy tushunchalar bilan fikr yuritar ekan,
u adolatni ham podsho-
hukm dor shaxsiga, ham davlat tizimiga xos fazilat sifatida olib qaraydi.
Agar hukm dor adolatli siyosat yurgizsa, mamlakat hayotining hamma
sohasi uchun adolatni mezon qilib olsa, san’atning gullab-yashnashiga
yo‘l ochib bersa — xalq hayoti farovon bo'ladi, fazilatlar kuchayib,
illatlar zaiflashadi. U, hukmdor donishmandlik
fazilatiga albatta ega
b o iishi lozim, davlatning mohiyatini aql belgilaydi, degan xulosaga
keladi: oqilona boshqarilgan mamlakat aholisigina m a’rifatli va yuksak
axloq egalari b o ‘la oladi.
Shuningdek, Ahm ad Donish o ‘z davridagi johillik, riyokorlik,
poraxo‘rlik singari illatlar jamiyatni tanazzulga olib borishini ta ’kidlar
ekan, din peshvolarining noto‘g‘ri yo‘lga
kirib ketganini, shayxlarning
yolg‘onchiligini, ulamolarning poraxo‘rligini fosh qiladi.
Qoraqalpoq xalqining buyuk mumtoz shoiri Berdaq (1827—1900)
she’rlarida ham o ‘sha davr axloqiy muhiti o ‘z aksini topadi; u ham din
peshvolarining o ‘zlari oxiratga ishonm asliklarini, tovlam achilik,
ochko‘zlik, tekinxo‘rlik illatlariga mubtalo bo‘lganliklarini
va bu bilan
islom ildiziga bolta urayotganliklarini qattiq tanqid ostiga oladi.
Buyuk o‘zbek mumtoz shoirlari Furqat (1858—1909), Muqimiy (1859
1903), D ilshod (1 8 0 0 -1 9 0 6 ) asarla rid ag i axloqiy m u a m m o lar
taraq qiyp arv arlik g ‘oyalari bilan cham barchas bog‘lan ib ketadi.
Chunonchi, Furqat «Ilm xosiyati», «Gimnaziya», «Taijimai hoi» kabi
asarlarida m a’rifatli boMish yuksak axloq egasiga xos xislat ekanini, lekin,
afsuski, nodonlik oxir-oqibat turli xulqiy notavonliklarga olib kelishini
www.ziyouz.com kutubxonasi