U nimadir, yem adilar — to yd i/a r?
U nimadir, ulug‘ kunga q o y d ila r?
Ul kim edi tovonidan so ydi/a r?
Shoir bo ‘Isang, shun dan bizga xabar ber!
D u r d i s h o i r —
U diydordir, yem adilar
—
to ydi/ar,
U nam ozdir, qiyomatga q o yd ila r,
Nasimiyni tovonidan so yd ila r,
Bizdan salom bo ‘Isin, ja vo b shul erur!
1
Shunday qilib, ushbu misolda uch xil tanlovni, uch xil m as’uliyatni
va ixtiyor erkinligidan uch xil foydalanishni ko‘rdik. D em ak, har bir
insonning bu dunyoda axloqiy tanlov sinovidan o ‘tmasligi m um kin
emas.
3. Dastlabki axloqiy qonun-qoidalar va axloqiy ravnaq
muammosi
Dastlabki axloqiy q o n u n -q o id a la r ana shu tan lo v n i ro ‘yobga
chiqarishga, yana ham aniqroq aytganda, uni osonroq amalga oshirishga
xizmat qilgan. Ilk axloqiy qoida « 0 ‘zingga ravo ko'rm agan narsani
boshqaga ravo ko‘rma» m azm unida dunyoga kelgan. U ning hozirgi
zamondagi ekvivalenti «Pichoqni aw al o'zingga ur, og‘rimasa birovga
иг», «О zingni er bilsang, o'zgani sher bil» kabi maqollarda aks etgan.
«Axloqning oltin qoidasi» deb atalgan ushbu qoida, bizningcha, eng
qadimiy axloqiy talablardandir. Zero, xun olish talabi keyinroq paydo
bo lgan va insonning asl mohiyatiga to ‘g ‘ri kelmaydigan qoidalardan.
Barcha muqaddas kitoblarda insonni zo‘rlik bilan jonsiz qilish mumkin
emasligi ta ’kidlanadi. Biz ko‘rib o ‘tganimiz, bundan deyarli o ‘ttiz asr
muqaddam tarqala boshlagan zardushtiy dinining m uqaddas kitobi
«Avesto»dayoq axloqiy qonun-qoidalar ishlab chiqilgani diqqatga sazovor.
1 Maxtumquli. Saylanma. Т ., « 0 ‘zbekiston», 2008, 10-b.
215
www.ziyouz.com kutubxonasi
Unda insonni inson tomonidan o‘ldirishgina emas, balki it, ot kabi
hayvonlami jonsiz qilish, daraxt va o ‘simliklarni behuda payhon etish
qat’iyan man qilinadi, inson faqat ezgu o ‘y, ezgu so z va ezgu a mol
bilan yashashi lozimligi ta ’kidlanadi. Bibliyoda Qobilni о ldirgan Hobildan
Tangri xun olmaydi va uni o ‘ldirmaslikni talab etadi. Buddha ta ’limoti
jonlini jonsiz qilishni eng katta gunoh deb biladi. Injilda « 0 ‘z
qavmdoshingni sev», «Odam o‘ldirma» degan da vatlar asosiy qoidalar
sifatida namoyon bo‘ladi. Qur’oni karimda esa xun olishdan ко ra tovon
olmoq ma’qulligi aytiladi va musulmonlar o‘zaro faqat go‘zal munosabatlar
qilishi lozimligi ko‘rsatiladi. Demak, dastlabki axloqiy qonun-qoidalar
muqaddas kitoblarda o ‘z aksini topgan zo‘ravonlikka zo‘ravonlik bilan
javob bermaslik tamoyili asosida yaratilgan.
Inson axloqiy hayotining asosi bo‘lgan ana shu qonun-qoidalar hozir
ham o ‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Odamlar ularni og ir majburiyat
deb bilmasdan, dil-dildan bajaradigan zamonning tezroq kelishi uchun
tinmay harakat qilishlari axloqiy ravnaqdan dalolatdir. Zero, ana shu
yo‘lda odam komil inson bo‘lib yetishadi.
Hozirgacha bo‘lgan bizdagi an’anaviy-sho‘roviy axloqshunoslikda
axloqni tarixiy materializm tamoyiliga asoslanib davriylashtirish qabul
qilingan: quldorlik axloqi, feodalizm axloqi, buijua axloqi va h.k.
T a rix iy lik n u q ta y i n a z a rin i rad e tm ag an h o ld a , biz b u n d a y
davriylashtirishga ehtiyot b o ‘lib munosabat qilishni tavsiya etardik.
Negaki, u axloq ilmini soxtalashtirishga, bir tomonlama qat iy hukm
chiqarishga asoslangan. Chunonchi, unda «quldorlik axloqi» degan
tushuncha mavjud va u q at’iy ravishda «Qul — rasmona odam emas,
jonli narsa», degan tamoyil bilan ish ko‘radi. Shunday ekan, u holda,
aw alro q keltirganim iz, Qadimgi M isr donishm andi Pxatotepning
«Pandnoma»sidagi: «Qimmatbaho toshdek yashirindir oqilona so z,
holbuki uni don tuyayotgan cho‘ridan topish mumkin», degan hikmatini
qanday tushunish mumkin? Yoki Qadimgi yunon masalchisi, qul Ezopga
xo‘jayinining munosabati, bekasining uni sevib qolishi yoki Qadimgi
Rumoda ba’zi bir ozod etilgan qullarning keyinchalik senatorlardan
ham kattaroq obro‘ga ega bo‘lganini qanday izohlaymiz. Yoki «О tgan
kunlar»dagi Hasanalining Yusufbek hoji oilasidagi mavqeyi-chi? Xuddi
s h u n in g d e k , O lr ta a s r la r d a a jd o d la rim iz y a ra tg a n d u r d o n a
pandnom alarda, odatda, amaldorlar va feodallar emas, balki oddiy xalq
vakillari ko‘p hollarda axloqiy jihatdan ustun qilib tasvirlanadi. Abu
Bakr ar-Roziy o ‘zining «Kambag‘allar tabobati» degan nom bilan
www.ziyouz.com kutubxonasi
mashhur bo‘lgan kitobida, hatto, m ana bunday deb yozadi: «Q o‘li qisqa
kishilarning bolalari kambag‘al va kam tarona yashayotganliklari tufayli
halol, fazilat egalari b o ‘lib yetishishlari m um kin, zero , ularning
b osh q alarga n isb a ta n s a b r-to q a t k o ‘rsa tish la ri, ta rb iy a h a m d a
mashg‘ulotlarda qiyinchiliklarga bardosh berishlari oson k o ‘chadi»‘.
Xo'sh, bu misollar istisnomi? Aslo. Istisnoli holatlam ing bunchalik
ko‘p bo‘lishi m um kin emas. G ap shundaki, «quldorlik axloqi» yoki
«feodalizm axloqi» deganda aslida axloqiy tamoyil emas, balki mazkur
davr yoki tuzum ilgari surgan huquqiy tamoyillar nazarda tutilgan.
Natijada, yuqoridagi misollarda ko‘rganimizdek, ichki axloqiylik bilan
tashqi huquqiylik doim o kurashib kelgan. Ana shu nom utanosiblik
sababli k o ‘pgina m u tafak k irlar chalkash xu lo salar c h iq a ra d ila r.
C hunonchi, Sartr, AQSHdagi fuqarolar urushi davrida k o ‘tarilgan
axloqiy muammolar hozir ham insoniyat oldida turibdi, bu borada
yaxshilanish ro‘y bergan emas, deydi. Demak, Sartr to ‘g‘ridan to ‘g ‘ri
axloqiy ravnaq yo‘q, degan fikrni ilgari suryapti. Bunga qo'shilib
bo'lmaydi.
Agar ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, ixtiyor erkinligi,
tanlov singari tushunchalar hanuzgacha o ‘z nomini saqlab qolganini,
o ‘zgarmaganini nazarda tutsak, balki Sartr haqdir. Lekin, axloqiy
tush u n ch alarn in g nom lari o ‘z - o ‘zicha m avhum va s o f m an tiq iy
hodisalardir. Ularning muayyanlashuvi va yashashi makon va zam on
ichidagi inson xatti-harakatlariga bog'liq. Masalan, nom ustushunchasini
olaylik. U yuqorida keltirganimiz talion — xun olish davrida ham bor
edi va ana shu xun olishning amalga oshirilishi orqali m a’no kasb
etardi. Tarixga nazar tashlasak, hatto xun olish jarayonining ham tadrijiy
taraqqiy topib borganini ko‘rish mumkin. Dastlab qabiladoshi o ‘ldirilgan
jabrdiyda qabila qotil qabila a ’zosidan aynan o ‘ch olishi kerak edi.
Masalan, agar qotil o ‘z raqibining aw al o ‘ng q o ‘lini chopib, so‘ng
chap qulog‘ini kesib, undan keyin boshini olgan b o ‘lsa, xuntalab ham
xuddi shuni aynan takrorlardi. Keyinchalik murakkab jarayonlardan
kechildi: shunchaki o ‘ldirilsa — bas. Hozirgi davrga kelib esa xun olish
axloq muammosi sifatida kun tartibidan chiqib ketdi. Endi nom us
tushunchasining asosiy qamrovi boshqacha.
Demak, insoniyat tarixida axloqiy ravnaq b o ‘lgan va u davom etib
kelmoqda. To‘g‘ri, bu davom etish q a t’iy tadrijiylikka ega emas. U
www.ziyouz.com kutubxonasi
goho susayish, ba’zan esa bir oz ortga chekinish, ba’zan bir qancha
muddat qoim turish xususiyatlariga ega. Lekin, katta davrlar va tarixiy
oraliqlarni olib qaraydigan b o ‘lsak, axloqiy ravnaqning mavjud ekaniga
ishonch hosil qilish qiyin emas. Mustabid tuzum lar va shaxslar keltirib
chiqargan axloqiy tanazzullarning hammasi qisqa muddatli ham da
o ‘tkinchi hodisalardir. Zero, insonning asosiy mohiyati o‘zini va o ‘z
jamiyatini ravnaqqa qarab taraqqiy ettirib borish bilan belgilanadi. Axloq
esa ana shu taraqqiyotdan hech qachon chetda turmaydi.
Dostları ilə paylaş: |