Abdulla sher axloqshunoslik


LA. Karimov. D onishm and xalqim izning mustahkam irodasiga ishonaman



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/209
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#210786
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   209
s4S7EHjtHmoMNmIYtJ01CR2chM6SocN8iTPWj8yZ

1 LA. Karimov. D onishm and xalqim izning mustahkam irodasiga ishonaman.
«Fidokor» gazetasi, 2000, 8-iyun.
www.ziyouz.com kutubxonasi


o ‘rinli. Uni oddiy hayotiy misol bilan tushuntiradigan bo‘lsak, kosiblikka, 
hunarmandchilikka murojaat qilish maqbul. M a’lumki, qadim da kosib 
yoki hunarmand ustaning odatda bir necha shogirdi b o ‘lgan. U lar 
orasidagi eng aqlli, tadbirkori, ustaning m uhabbatini qozongani usta 
tom onidan xalifa etib tayinlangan. Xalifaga usta o'zining bir qancha 
v ak olatlarini, ju m lad an , b iro r yoqqa safarga ketsa, shu m uddat 
m obaynida boshqa shogirdlarni boshqarib, rahbarlik qilib turishni 
topshiradi. Shunday qilib, usta qaytib kelgunga q adar xalifa uning 
aytganlari yoki ko‘rsatmalarini amalga oshirish bilan m ashg‘ul bo‘ladi. 
Odam ham Allohga nisbatan ana shunday xalifadir: to u qiyomatga 
qadar, ya’ni Tangri dargohiga borgungacha nabotot va hayvonot olami 
ustidan rahbarlik qilib turadi.
Rahbarlik qilish uchun, tabiiyki, muayyan darajada erkinlikka, erkin 
harakatni ixtiyor etish huquqiga ega bo‘lish, falsafiy ibora bilan aytganda, 
ixtiyor erkinligi zarur. Ana shu ixtiyor erkinligi faqat insonga berilgan. 
Farishtalar bunday m a’naviy n e’matdan mahrum — ular faqat Allohning 
buyrug'ini bajaradilar. Lekin insondagi ixtiyor qilish erkinligi ham 
cheklangan — u Alloh tom onidan Q ur’oni karim da umum iy tarzda 
belgilab berilgan doiradagina mavjud bo'lishi kerak. Shu bois mutlaq 
erkinlik insonga emas, faqat Yaratganga xos.
Shunday qilib, axloq — oliy mavjudotga ato etilgan oliy n e’mat. 
Ya’ni axloqning kelib chiqishi ilohiy manbadandir. Ana shu ilohiy asosni 
asrab-avaylab, taraqqiy toptirish har bir insonning asosiy vazifasi, burchi. 
Shu bois o ‘z-o ‘zini va, iloji b o ‘Isa, o'zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha 
muqaddas kitoblarda savob sanaladi.
Bu o ‘rinda shuni alohida ta ’kidlash kerakki, inson aynan hozirgi 
paytdagi ko'rinishida yaratilgan degan gap h aq iq a td a n yiroq. U 
mohiyatan har tomonlama mukammallikka, komillikka qarab boruvchi, 
taraqqiyotining mohiyati tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir, uning 
jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti c ‘zaro bog'liqlikda rivojlanadi: 
vaqt mobaynida insonning ham ko‘rinishi, ham tafakkuri, ham axloqiy 
xatti-harakati o‘zgarib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda, odamzodning 
xun u k likd an chiro y lilikk a, n o d o n lik d an o q illik k a , q o ‘p o llik d an
noziklikka yo'nalganligi tabiiy hoi. D em ak, un ing axloqiy x atti- 
harakatlari tadrijiy tarzda noziklashib borgan. Biroq, bunday noziklashuv 
shaklan qo'polroq bo‘lgan soddalikdan chekinib, botiniy q o ‘pollikni 
zohiriy nazokat bilan yopishga, niqoblashga ham olib kelgan. Natijada 
insoniyat tarixi qanchalik ko‘p davrni o ‘z ichiga olsa, axloqning xilma-
www.ziyouz.com kutubxonasi


xil ko'rinishlari shuncha ko'payib borgan. Lekin ularning hammasi, 
zamonaviy axloq nazariyasiga ko‘ra, ikki katta guruh ostida voqe bo ladi, 
ya’ni axloqiy xatti-harakatlar asos-e’tibori bilan ikki turga bo linadi. 
Ulardan biri - obro‘parvarlik (avtoritar) axloqi, ikkinchisi insonparvarlik
— (gumanitar) axloqi. Endi qisqacha ularning mohiyati va sifatlari bilan
tanishib chiqamiz.
«Obro‘parvarlik axloqiga ko‘ra, — deb yozadi Erix From m , — bir 
odam — obro‘ egasi inson uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, o ‘zni 
tutish qonun-qoidalari va m e’yorlarini ham o‘ylab topadi, о rnatadi. 
Insonparvarlik axloqi esa bu qonun-qoidalar va me yorlami о zi yaratishi, 
o ‘zi boshqarishi hamda ularga o‘zi amal qilishi bilan farqlanadi»1
Fromm obro‘parvarlik axloqinining ikki asosini ко rsatib о tadi. 
birinchisi — ratsional obro‘parvarlik, unga ko‘ra, ratsional obro egasi 
o‘ziga yuklangan vazifani omilkorlik vositasida bajarib, mazkur vazifani 
yuklaganlar tom onidan hurm atga sazovor bo‘ladi. Biroq ratsional 
o b ro ‘parvarlik vaq tin ch alik h o d isa, u o b ro ‘ egasi faoliyatining 
samaradorligi bilan bog‘liq. Ikkinchisi — noratsional obro parvarlik, u 
bir tom ondan hukmronlikka, ikkinchi tom ondan, qo‘rquvga asoslanadi 
va uzoq muddat davom etadi: muayyan tarixiy davrni о z ichiga oladi. 
Noratsional obro‘parvarlik tanqidni nafaqat tan olmaydi, balki taqiqlaydi. 
Ratsional obro‘parvarlik obro* egasi tom onidan subyektga nisbatan 
axloqiy tenglikni taqozo etsa, noratsional obro‘parvarlik aynan tengsizlik 
asosiga quriladi. Bunda obro‘ egasiga «gap qaytarmaslik», «quloq solish»
— fazilat, «quloq solmaslik» - illat hisoblanadi. Odatda, obro parvarlik 
axloqi deganda, ko‘proq noratsional obro‘ egasi o ‘rnatgan qonun- 
qoidalar, m e’yorlar nazarda tutiladi.
Shunday qilib, insonparvarlik axloqi subyektning o ‘z insoniylik 
tabiatini, barcha fazilatlarini, ochiq-oydin namoyon etishini ta’minlaydi. 
Obro‘parvarlik axloqida esa, aksincha, subyektga, obro1 egasiga bo‘ysunish, 
quloq qoqmaslik, o ‘z individualligini yo‘qotish hodisalari го у beradi. 
Lekin, fojia shundaki, buni insonning o‘zi anglamaydi: atrof-muhitdagi 
obro‘ egasining ulug'ligi, bilimdonligi, qahramonligi, muruvvatliligi, xalqqa 
otalarcha g‘amxo‘rligi va zaruriy qatiqqo'lligi haqida to ‘qilgan miflai, 
uning shaxsiga sig‘inish bunga yo‘l bermaydi. Bunday odamlar jamiyat da 
asosan ko'pchilikni tashkil etadi, obro‘parvarlikning mohiyatini tushunib 
yetgan, ommaga qo‘shilmagan, o ‘z individualligi va ichki erkinligini saqlab
www.ziyouz.com kutubxonasi


qolgan shaxslar esa juda каш bo‘ladi. Natijada jamiyatda ko‘pchilik ezgulik 
deb hisoblagan narsa aslida yovuzlik bo‘lib chiqadi, xalq omm asi 
anglamasdan yovuzlikka xizmat qilganini keyin, obro‘ egasi shaxsiga 
sig‘inish fosh etilganidan so‘nggina tushunib yetadi. Chunonchi, Hitlerga 
ergashganlar o‘sha paytlar Olmoniyada ko‘pchilikni tashkil etardi, ular 
о zlarining yo‘li t o ‘g ‘ri ekaniga qattiq ishongan edilar: «F yurer 
adashmaydi!». Hozir esa, H itler kim-u, uning tutgan yo‘li qanday ekanini 
ham m a yaxshi biladi, Olmoniya aholisining ko‘pchiligi fashizmga, uning 
obro'parvarlik axloqiga qarshi. Bizning mamlakatimiz ham sobiq Sho‘rolar 
Ittifoqi tarkibida Lenin, Stalin va kom m unistik partiya o ‘rnatgan 
obro parvarlik axloqini boshidan kechirdi, mustaqillik tufayligina xalqimiz 
insonparvarlik axloqi m e’yorlari bilan hayot kechirish yo'liga kirdi. Jahon 
afkor emmasi, erkin, demokratikjamiyatlarining hammasi ana shu axloqiy 
yo ldan borm oqda. A ynan shunday axloq ja m iy a t va shaxsning 
erkinligidan, individning ixtiyor erkinligidan kelib chiqadi. Shu sababli 
ixtiyor erkinligi axloqshunoslikning eng muhim, eng dolzarb muammosi 
sifatida alohida e’tiborga molik, unga to ‘xtalib o ‘tmaslikning iloji yo‘q.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin