Abdulla sher axloqshunoslik


VII BOB AXLOQNING KELIB CHIQISHI VA IXTIYOR



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/209
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#210786
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   209
s4S7EHjtHmoMNmIYtJ01CR2chM6SocN8iTPWj8yZ

VII BOB
AXLOQNING KELIB CHIQISHI VA IXTIYOR
ERKINLIGI
REJA
/. 
Axloqning kelib chiqishi.
2. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov.
3. Dastlabki axloqiy qonun-qoidalar va axloqiy ravnaq muammosi.
Tayanch tushunchalar
Dunyoviylik, Dahriylik, Xalifa, Obro‘parvarlik axloqi, Insonparvarlik 
axloqi, Erkinlik, Ixtiyor erkinligi, Axloqiy tanlov, Axloqning oltin 
qoidasi, Axloqiy ravnaq.
1. Axloqning kelib chiqishi
Qadimiy ona sayyoramizdagi hayot odatda uch olamdan iborat deb 
qabul qilingan. Bular — nabotot, hayvonot va bashariyat olami; ularning 
o‘zaro munosabatlari zaminimizdagi hayotning asosiy omili hisoblanadi. 
Har uchalasiga ham paydo bo‘lish, rivojlanish, o ‘zini muhofaza qilish, 
nasi qoldirishga intilish instinkti berilgan va hayotining bir kunmas-bir 
kun o ‘lim bilan nihoya topish qismati belgilangan. Chunonchi, о simlik 
urug‘dan paydo b o ‘ladi, rivojlanadi, singan shoxlari о m in i sirach 
chiqarib davolaydi — muhofaza qiladi, urug‘ini qoldirib, bir kun quriydi. 
Hayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a ’zolari va qobiliyatiga 
ham da muayyan darajada idrok etish xislatiga ega. Insonda esabulardan 
tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi, bir so z bilan 
aytganda, aql bor. Uni Imom G ‘azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkinchi 
yurak, yurak ichidagi yurak deb ataydi. Ana shu aql ixtiyor erkinligini, 
ixtiyor erkinligi esa axloqni taqozo etadi.
Bu fikrni yoyibroq tushuntirish uchun insonning paydo bo‘lishi 
tarixiga nazar tashlamoq joiz.
A w alo, shuni aytish kerakki, insonning paydo bo‘lishi eng bahsli 
m uammolardan biri hisoblanadi. Bu borada bir-biriga qarama-qarshi 
ikki qarash mavjud. Biri — diniy, ikkinchisi — dahriycha qarash. Diniy- 
e ’tiqodiy nuqtayi nazardan odam ni Xudo yaratgan. Dahriycha qarash 
esa buni inkor etib, odamni tabiat yaratgan, u tabiatning bir qismi,
206
www.ziyouz.com kutubxonasi


degan g'oyani ilgari suradi. U lar orasida ingliz tabiiyotshunosi Charlz 
Darvin (1809-1882) fikrlari alohida e ’tiborga molik.
Darvin tabiiy turlarning tanlov yo‘Ii bilan kelib chiqishi haqidagi 
evolutsion ta limotni yaratdi. U odam bilan odamsimon maymunlarning 
qardoshligini isbotlashga u rindi, biroq u to ‘g ‘ridan to ‘g ‘ri odam
maymundan tarqalgan jonzot, degan fikrni aytgan emas. Shuningdek, 
Darvin dahriy boMmagan, ham m a qatori nasroniylik qonun-qoidalariga 
amal qilib yashagan. Buning ustiga uning o ‘zi Kembrij universiteti 
qoshidagi Iso kollejini tugatgan. Darvin taijim ai holi asosida roman 
yozgan ingliz yozuvchisi Irving Stoun uning Xudoni inkor etmaganini 
bir necha o ‘rinda ta ’kidlaydi. M ana shulardan biri: «M ening nazariyam 
Xudoning borligini inkor etmaydi. Tabiat Uning qonunlariga bo‘ysunadi 
xolos»1. Marks o'zining dahriycha qarashlarini isbotlash uchun undan 
material so‘rab xat yozganida, Darvin unga rad javobini beradi2. Shunga 
qaramay markschilar, Darvinning mohiyatini tushunm aganlari holda
uning nomini bayroq qilib, ta ’limotini o ‘z foydalariga soxtalashtirishga 
tinimsiz harakat qildilar. Dahriycha qarashni Darvin nomi bilan bog‘lab 
ish k o ‘rish yaqin-yaqingacha «sotsialistik lager» hududiga kirgan 
m amlakatlarda rasmiy, davlat yondashuvi sifatida hukm surib keldi. 
Totahtar tuzumga asoslangan bu davlatlar tanazzulga uchragach, yana 
insonni Xudo yaratgan degan fikr ularda yetakchilik mavqeyini egalladi.
To g ri, bu о rinda Darvinning evolutsiya nazariyasi va Xudoning 
olamni olti kunda yaratgani haqidagi diniy aqida bir-biri bilan qanday 
sig ishadi, degan savol tug‘iladi. G ap shundaki, m akon va zamonda 
го у bergan, milliardlab yil davom etgan evolutsiya: nabotot - hayvonot
- odamzod doirasi makon va zam ondan tashqaridagi fazoviy, Ilohiy 
Vaqt nuqtayi nazaridan juda qisqa muddatda voqe bo'lishi mumkin. 
Xudoning olti kuni o ‘z ichiga makon va zam onni sig‘dirgan Mutlaq 
Vaqtga, evolutsiya nazariyasiga asos qilib olingan milliardlab yillar esa
- makon va zam on ichidagi nisbiy, insoniy vaqtga taalluqlidir.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin