Abdulla sher axloqshunoslik


Jadid matbuotida axloqiy tarbiya muammolari



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/209
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#210786
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   209
s4S7EHjtHmoMNmIYtJ01CR2chM6SocN8iTPWj8yZ

3. Jadid matbuotida axloqiy tarbiya muammolari
XX asr boshlarida amaliy axloq muammolari jadid matbuotida keng 
o‘rin oladi. «Taraqqiy», «Sadoi Turkiston», «Ulug‘ Turkiston», «Turon», 
«Xurshid» singari gazetalarda e ’lon qilingan hajviy va publisistik asarlarda 
o ‘sha davr boyonlarining qoloqligi, chor m a’muriyatining to ‘rachiligi, 
paranjining yangi zamonga mos kelmayotgani, talabalarga 5 so‘m iona
www.ziyouz.com kutubxonasi


(ehson) qilish o ‘rniga, besh yuzlab so‘mni restoranlarda fohishalarga 
sochayotgan axloqsiz sarm oyadorlar q attiq tanq id ostiga olinadi. 
Mahmudxo‘ja Behbudiy, M unaw ar qori Abdurashidxonov, Hamza, 
Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, A bdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, 
Abdulhamid ChoMpon kabi Uyg‘onish davrining buyuk namoyandalari 
o ‘z badiiy asarlarida axloq m uam m olarini dadil ko‘tarib chiqdilar va 
yuqoridagi nashrlarda o‘z publitsistikasi bilan ham faol ishtirok etdilar.
Jadid matbuoti ozodlikni, Vatanni jondan ortiq sevuvchi, ilg‘or, 
tushungan, har tom onlam a kamol topgan erkin Turkiston fuqarosini 
tarbiyalashni o ‘z oldiga vazifa qilib qo‘ydi. Afsuski, dastlabki fevral 
inqilobi bergan hurriyat uzoqqa ch o ‘zilmadi. Bolsheviklar tom onidan 
1917-yilning 25-oktabrida amalga oshirilgan davlat to ‘ntarishi tez orada 
uning yutuqlarini yo‘qqa chiqardi, Lenin boshchiligida ishlab chiqilgan 
yangi mustamlakachilik rejasi asosida barcha taraqqiyparvar kuchlar 
qatag‘on qilindi. Falsafiy fanlar, shu jum ladan, axloqshunosiik ham 
taraqqiyotdan to ‘xtadi; ular mafkuraga b o ‘ysundirilib, soxtalashtirildi; 
erkin fikr tag-tugi bilan qo‘porib tashlandi. Shu sababli jadidchilik o ‘z 
oldiga q o ‘ygan v azifalarini t o ‘la ado e to lm ad i. L ek in , shunga 
qaramasdan, Turkistondagi bu m a’rifatchilik harakati, qisqa muddat 
faoliyat ko‘rsatgan bo‘Isa ham , mazlum xalqlarni m a’lum m a’noda 
uyg'ota oldi.
Shu o'rinda yana bir narsani ta ’kidlab o'tm oq joiz. Jadidchilik harakati 
nafaqat ulkan m a’naviy-ma’rifiy-axloqiy meros qoldirdi. Ayni paytda 
u biz va bizdan keyingi avlodlar uchun axloqiy nam unalar sifatida xizmat 
qiladigan, idealga aylantirilishi lozim boMgan shaxslami voyaga yetkazdi. 
Biz yuqorida tilga olib o‘tgan jadid mutafakkirlaridan tashqari yana 
shunday siymolar borki, ular o ‘z hayotlarini milliy ozodlik harakatini 
uyushtirishga bag‘ishladilar. Ulardan biri Kitob shahrining sobiq begi, 
keyinchalik chor armiyasi general-m ayori J o ‘rabek Q alandarqori o ‘g‘li 
b o ‘lsa, ik kinch isi X u d o y o rx o n n in g o ‘g ‘li, J o ‘ra b e k n in g kuyovi 
Fansurullobekdir.
Jo ‘rabek rus istilochilariga qarshi bir necha yil kurashib, bu sharoitda 
muvaffaqiyat qozonishning imkoni yo'qligiga ishonch hosil qilgach, 
asirlik paytida Turkiston general-gubernatori K aufm anning taklifi bilan 
chor armiyasi xizmatiga o ‘tadi — tinch yo‘l bilan, «ichkaridan turib» 
kurashish lozimligini anglab yetadi. U sarkarda sifatida rus zobit va 
askarlari orasida ham , milliy ziyolilar orasida ham ju d a katta obro‘ga 
ega edi. U um rini Vatan, millat ozodligiga bag‘ishladi, jadidchilik
www.ziyouz.com kutubxonasi


harakatining awalgi saflarida b o ‘ldi. Professor Sharif Yusupov Sirdaryo 
viloyati gubernatorining Jo'rabek ustidan yozgan maxfiy chaquv xatidan 
general Jo‘rabek «Taijimon» gazetasining jonkuyar targ‘ibotchisi ekani, 
uning usuli jadid bilan qiziqishi, G ‘aspirali Toshkentga kelganida u 
bilan uchrashgani haqidagi parchani keltiradi va Furqatning jadidchilik 
qarashlari general Jo ‘rabek ta ’sirida shakllanganiga ishora q iladi.1 
Jo ‘rabek 1876-yilda Sankt-Peterburgda boMib o‘tgan Sharqshunoslaming 
III xalqaro kongressida ishtirok etadi, u taraqqiyparvar rus va jahon 
adabiyotidan ham yaxshi xabardor edi. Uning Lev Tolstoy haqidagi 
fikrini rus ziyolilaridan biri shunday keltiradi: «G raf L.Tolstoy haqida 
Jo ‘rabek ehtirom bilan gapiradi: u donishmand adib va nimaiki yozsa, 
o ‘zi his qilib yozadi. Bunaqasi sizlarning ham , bizlarning ham
yozuvchilarimiz orasida kam topiladi»2.
Fansurullobek esa o ‘zbek jadidlarining birinchi m atbuot nashri 
bo‘lmish M unaw ar qori Abdurashidxonovning «Xurshid» gazetasida 
yetakchi xodim edi. Shuningdek, boshqa nashrlarda ham faol ishtirok 
etardi. U ham general Jo ‘rabek kabi Furqatning ehtiromiga sazovor 
bo‘lgan ziyoli edi. Afsuski, mustamlakachilar ulardan qattiq o ‘ch oldilar: 
Furqat aldov yo‘li bilan xorijga chiqarib yuborilib, qayta Vataniga 
kiritilmadi, general Jo ‘rabek Qorasuvdagi bog‘ hovlisida sirli ravishda 
o ‘ldirildi, Fansurullobek esa keyinroq, Stalin davrida G PU yerto'lasida 
jon taslim qildi.
Yoshlarimizning har biri bunday fidoyi, vatanparvar, asl ziyoli 
siymolarni yaxshi bilishlari va unutmasliklari kerak. Zero, ular biz uchun 
haqiqiy axloqiy namunalardir. Ayni paytda ular yodini, «elim deb, yurtim 
deb yonib yashagan» ulug‘ insonlar xotirasini e ’zozlashning o ‘zi ham 
axloqiylik timsolidir.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin