Butun Ittifoq bo‘ylab axloqsizlikning eng tuban ko‘rinishlari axloqiylik
deb e ’lon qilindi va shaxs erkinligi, insonning yashashga b o ‘lgan huquqi
totalitar tarzd a poymol etildi. Bunday sharoitda axloqiy ravnaq,
axloqshunoslikning taraqqiyoti to ‘g ‘risida gap ham boMishi mumkin
emas edi.
Darhaqiqat, Sho‘rolar davrida axloqshunoslik fan sifatida um um ta’lim
maktablarida ham , o ‘rta maxsus o ‘quv yurtlarida ham , oliy ta ’lim
tizimida ham o ‘qitilmas edi. Faqat 70-yillarga kelib, u oliy o ‘quq
yurtlarida fakultativ tarzda, 70-yillarning ikkinchi yarmidan q at’iy o‘quv
reja aso sid a «E tika» n o m i b ila n o ‘q itila b o s h la n d i. B unday,
«sustkashlik»ning sababi shunda ediki, axloq umum bashariy va milliy
qadriyatlar tizimi sifatida kommunistik partiyaviylik, sinfiylik va proletar
d ik ta tu rasin in g b ir y o q lam alik d an ib o rat, to r, ak sild em o k ratik
quyushqoniga sig‘masdi. Natijada axloq ilmida
faqat ruxsat berilgan
muammolar, markschilik ta ’limotiga mos keladigan o'tm ish faylasuflari
m e ro s in i ta d q iq e tis h kab i h o lla r a x lo q s h u n o s lik fa n in in g
soxtalashtirilishiga olib keldi, unda tafakkur erkinligi, mantiqiylik,
tarixiylik va olim ona xolislik tamoyillari buzildi. Bu esa ilmiy kadrlar
tanqisligini vujudga keltirdi, bu tanqislik, afsuski,
hozir ham bartaraf
etilgani yo‘q. Zero, yetmish yildan ortiq davom etgan tazyiq ostida
vujudga kelgan bo‘shliqni besh-o‘n yil ichida to ‘ldirish m um kin emas.
Faqat Rossiyada axloqshunoslik boshqa qaram respublikalarga
nisbatan biroz rivojlandi. Bu borada O. Drobnitskiy («Проблемы
морали», «Проблемы нравственности»), I.Frolov («О человека и
гуманизме»), A .G useynov (Золотой правило нравственности»,
«Краткая история этики»), A.Ivanov («История этики древнего
мира», «История этики средневоковья») singari rus olimlarining
tadqiqotlarini ko‘rsatib o ‘tish mumkin. 0 ‘zbekistonda esa axloqshunoslar
barmoq bilan sanarli edi. Boz ustiga, ular uchun axloqshunoslikning
dolzarb muammolari va nazariy masalalarini ko‘tarib
chiqish mumkin
emasdi, bu — markaz olimlarinin ishi edi. Bizda asosan kiyinish odobiga
doir, o ‘zni tutishga oid maqola va kitobchalar nashr etilardi. Ularda
o'zbek yoshlarining kiyinishi, qizlarning sochlarini kesish-kesmasligi
kabi «milliy axloqiy» muammolar ko‘tarilardi. Milliy mintaqaviy axloqiy
tafakkur tarixiga doir asarlar esa, yuqorida aytilganidek,
bir yoqlamalik
tabiatiga ega edi. Shunday qilib, markazdagi rus olimlari ham , o ‘zbek
axloqshunoslari ham zamon tazyiqi ostida o ‘z iste’dodlarini to ‘laligicha
namoyon etolmadilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng ilmda, shu jum ladan
axloqshunoslikda ham tafakkur erkinligi uchun yo‘l ochildi. Birinchi
navbatda totalitar tuzum taqibiga uchragan milliy-mintaqaviy m a’naviy
merosimizni nashr etish, ziyolilarni va xalqni ulardan xabardor qilish
imkoni tug‘ildi. Qisqa muddat ichida muqaddas kitoblarimiz va buyuk
faylasuf-axloqshunoslaming asrlar mobaynida mintaqada mashhur bo‘lib
kelgan asarlari chop etildi. Q ur’oni karim, tafsirlar,
imom Buxoriyning
t o ‘rt jild lik «Jom e as-sah ih » , im om T erm iziy n in g «S ham oyili
Muhammadiya» hadislar to ‘plamlari, Abu Lays Samarqandiy, imom
G'azzoliy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband,
Aziziddin Nasafiy, Husain Voiz Koshifiy kabi o ‘nlab allomalarining
axloqqa doir kitoblari xalqimizga yetkazildi. Navoiyning «Mahbub ul-
qulub», «Nasoyim ul-muhabbat» asarlari ilk marta qisqartirilmasdan,
buzilmagan holda nashr qilindi. llmiy til bilan aytadigan b o ‘lsak,
axloqshunosiik tarixiga doir xolis tadqiqotlar olib borilishi uchun
materiallar-manbalar xazinasi paydo bo'ldi. H.Shayxova, Y.Jumaboyev,
H.Aliqulov singari axloqshunoslarning axloq nazariyasi va axloqiy
tafakkur
tarixiga doir yangicha, xolisona ilmiy yondashuv asosida
yaratilgan asarlari ilmiy jam oatchilik va keng kitobxonlar ommasiga
yetib bordi. Axloqshunosiik fanidan o ‘zbek tilida ilk o ‘quv adabiyotlari
paydo b o id i.
Biroq, afsuski, hali ham bu fanga e ’tibor zamonaviy talab darajasida
em as. C h u n o n c h i, u m u m ta ’lim m ak tab larining quyi sin flarida
axloqshunosiik bilan pedagogikaning omuxtasi bo‘lmish odobnoma
darslari o ‘tiladi, lekin yuqori sinflarda ham, 0 ‘rta maxsus ta’lim tizimida
ham axloqshunosiik neg ad ir o ‘qitilm aydi. V aholanki, «axloq —
m a ’naviyatning o ‘zagi» (I.A .K arim ov) ekani ham m aga m a’lum.
M a ’n a v iy a tn i b u n d ay « o ‘zaksiz» o 'q itis h t a ’lim
tiz im im iz d a
axloqshunoslikka hali ham eskicha, sho‘rolar davridan meros bo‘lib
kelayotgan panja orasidan qarash hollari mavjudligini ko‘rsatib turadi.
0 ‘ylaymizki, bu muvaqqat hodisa, o ‘tish davri bilan o ‘tib ketadigan
holat. Eng m uhim i, hozirgi paytda 0 ‘zbekistonda axloqshunosiik
taraqqiyoti uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Endi gap o ‘sha
sharoitlardan foydalanib, keng qamrovli nazariy izlanishlar,
ilmiy
tadqiqotlar olib borishda, o ‘zbek axloqshunosligini tadrijiy tarzda
rivojlantirish ham da uni jahon miqyosiga olib chiqishda qoldi, xolos.
Axloqshunoslarimizning yangi avlodi bu ishni sharaf bilan uddalaydilar
degan ishonchdamiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi