tor, «mayda» ko‘rinishidir. N afratning ularga nisbatan «yirikligi» uning
ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligidir.
Ayni paytda, nafrat g‘azabdan keskin farq qiladi. U, g‘azabga o'xshab,
o ‘z obyektini yo‘qotishga intilm aydi, undan faqat yuz o ‘giradi. Uni
muhabbat egasida o ‘z muhabbati obyektiga nisbatan tashqi bir kuchning
noinsoniy, adolatsiz, noinsoflarcha munosabati tufayli o'sha kuchga
qarshi q o ‘zg‘aladigan hissiyot deyish mumkin.
U davomiylik tabiatiga
ega, g ‘azab kabi o'tkinchi hodisa emas. Agar g ‘azabning asosida inson
fe’lining salbiy holati — oniy badjahllilik yotsa, nafrat uchun chuqur
o ‘ylab qabul qilingan uzil-kesil qaror yotadi. Ko‘rinishdan nafrat kishida
yoqimsiz taassurot uyg‘otsa-da, ko‘p hollarda u
illat emas, axloqiy fazilat
sifatida insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan dalolatdir.
Shu o ‘rinda buyuk fransuz yozuvchisi Emil Zolyaning «Nima menda
nafrat uyg'otadi» degan estetikaga doir kitobiga yozgan so‘zboshisidan
olingan quyidagi fikrni keltirish maqsadga muvofiq:
«Nafrat — muqaddas. N afrat bu — kuchli va qudratli yuraklarning
noroziligi, bu — o ‘rtamiyonalik va pastkashliklardan qahrlanadigan
odamlarning jangovar jirkanchi. Nafratlanm oq — sevmoq degani, o ‘zida
otashln va mardona qalbni his qilmoq, nimaiki sharmandalik va nodonlik
bo‘lsa, o ‘shanga nisbatan chuqur hazar tuyg‘usini tuym oq degani.
N afrat yengillik beradi, nafrat adolat o ‘m atadi, nafrat yuksaltiradi»1.
Nafratdan tashqari
yana rashk tushunchasi borki, u — ijtimoiy hodisa
emas, ko‘p hollarda jinsiy muhabbat bilan yonma-yon keladi. M a’lumki,
muhabbat egasi o ‘z sevgisini va sevgilisini qizg‘anib, asrab qolishga harakat
qiladi. Ana shu qizg‘anish hissi m e’yoridan oshib ketganda rashkka
aylanadi. Rashk esa, uni qanchalik ta ’rif-tavsif qilmaylik, m e’yorning
buzilishi, illat. Chunki uning m ohiyati xudbinlikka borib taqaladi:
muhabbat egasi muhabbat lazzatiga noil b o ‘lgani
holda uning iztirobidan
qochishga intiladi; o‘zi chekishi lozim boMgan iztirobni o ‘z muhabbat
obyektiga o ‘tkazishga harakat qiladi. Natijada ba’zan iztirobni yo‘qotishga
intilish muhabbat obyektining o ‘zini yo‘q qilishga, fojiaga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: