Abdulla sher axloqshunoslik



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/209
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#210786
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   209
s4S7EHjtHmoMNmIYtJ01CR2chM6SocN8iTPWj8yZ

Yaxshilik va yomonlik. 
Ezgulik va yovuzlik haqida gap borganida
yaxshilik va yomonlik nima, bu ikki juftlik mazmunan bir emasmi, 
degan savol tug‘iladi. Bu tabiiy. Chunki, hozirgacha bizga m a’lum o‘zbek
www.ziyouz.com kutubxonasi


tilidagi barcha axloqshunoslikka doir adabiyotlarda ezgulik va yovuzlik 
mezoniy tushunchalar sirasiga kiritilmagan, u bor-yo‘g‘i yaxshilik va 
yomonlikning sinonimi tarzida taqdim etib kelingan. T o ‘g ‘ri, yaxshilik 
tushunchasining ko‘pgina unsurlari ezgulikdan, ezgulikning b a ’zi 
unsurlari yaxshilikdan joy olishini inkor qilish m um kin emas. Ularning 
ziddida ham shunday «singishib ketish» mavjud. Lekin bunday dalillar 
aslo m azkur ikki juftlikni aynanlashtirishga asos b o ‘la olmaydi.
Bu ikki juftlik tushunchalar orasida q at’iy farq mavjud: ezgulik, 
yuqorida aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga ega, yaxshilik esa unday 
emas. Yaxshilik asosan shaxsning odobiga, xulqiga bog‘liq b o ‘lgan ijobiy 
hodisa. Zero, unda mardlik, ochiqko‘ngillilik, halollik singari axloqiy 
m e’yorlar tajassum topadi. Biroq unga asos b o ‘lgan am aliy xatti- 
harakatlar qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga 
ko‘tarila olmaydi. Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning 
faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy m ehnatga um rini bag‘ishladi, 
xalqi uchun, xalqlar uchun «Xazoyin ul-maoniy»dek, «Xamsa»dek buyuk 
asarlar yaratdi. Bu — ezgulik, u m a’lum m a’noda abadiylik xususiyatiga 
ega, chunki Navoiy asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar mobaynida 
zavq-shavq ulashib, ularni komillikka chorlab kelmoqda. Ayni paytda, 
Navoiyning o ‘zi bevosita ko‘plab yaxshiliklar qildi — muhtoj odamlarga 
qarz berdi, bergan qarzlaridan kechib yubordi va h.k. U ning bu 
yaxshiliklari ajoyib ijobiy hodisa boMgani holda, o ‘tkinchilik tabiatiga 
ega, shuningdek, istisnoli hollarda nam oyon bo'luvchi qahram onlik 
ham, buyuk jasorat ham emas.
D em ak, ezgulik asosan bilvosita amalga oshiriladigan, uzoqni 
ko‘zlovchi, kelajakka ham moMjallangan, ya’ni strategik ahamiyatga 
molik axloqiy xatti-harakatlar majmui; yaxshilik esa, odatda, bevosita 
shu kun uchun dolzarblik xususiyatiga ega, ya’ni taktikaviy axloqiy 
faoliyatdir. Shunday qilib, yaxshilikni yirik ijtimoiy hodisa — ezgulik 
bilan aynanlashtirish to ‘g‘ri emas.
Bu ikki juftlikning yana bir farqli tom oni shundaki, voqe bo‘lgan 
ezgulik hech qachon to ‘g‘ridan to ‘g‘ri yovuzlikka aylanmaydi, yovuzlik 
esa har qanday zamonda, har qanday sharoitda ham yovuzlik bo‘lib 
qolaveradi. Yaxshilik va yomonlikda esa bunday emas: biror obyektga 
qilingan yaxshilik boshqa bir obyekt uchun yoki yaxshilik qilgan subyekt 
uchun yomonlikka aylanishi mumkin. M ashhur o ‘zbek xalq ertaklaridan 
biridagi ovchilar quvib kelayotgan bo‘rini qopga yashirib, qutqarib qolgan 
dehqonning holatini bunga misol sifatida keltirish mum kin: b o ‘ri o ‘ziga
www.ziyouz.com kutubxonasi


yaxshilik qilib, o'limdan qutqargan odamni yemoqchi bo'ladi, xayriyatki, 
tulki dehqonning joniga oro kiradi.
Xullas, muayyan ijtimoiy cheklanganligiga qaramay, yaxshilik va 
yomonlik qamrovli mezoniy tushunchalardan.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin