insondagi hayvoniy xislat bo‘lsa, shafqat insoniylik belgilaridan biridir.
Demak, muruwat agar sizning oldingizda burchli bo‘lmagan kimsaga
ko‘rsatgan yordamingiz bo‘lsa, shafqat
esa oldingizda javobgar, jazoga
loyiq odam ni, uning insoniy huquqini va tabiatini hisobga olib,
kechirishdir.
. .
Jahon axloqshunosligida, jumladan bizda ham, yuqorida aytganimiz-
dek, shafqat asosiy tushunchalar sirasiga kiritilmagan. Vaholanki, adolat,
insonparvarlik aynan ana shu hissiyot bilan bog liq. Buni birinchi bo lib
olmon faylasufi Artur Shopenhauer anglab yetdi. U shafqat hissini
axloqning asosi, shafqat tushunchasini axloqshunoslikning asosiy
tushunchasi deb ataydi. Uning nazdida shafqat
universal tabiatga ega
u, insonning nafaqat insonga, balki hayvonga bo lgan munosabatida
ham nam oyon bo'ladi, zero, hayvonga beshafqatlilik qilgan odam
insonga shafqatli boMmaydi1.
Shafqat tushunchasining ahamiyati — inson hayotini oliy qadriyat
deb e’tirof qilish, uning yashashga bo‘lgan huquqini himoyaga olish
hozirgi sharoitda yana ham dolzarblik kasb etmoqda.
Bu bir tom ondan,
ikkinchi tom ondan, diniy aqidaparastlik, ekstremistik g oyalar va
mafkuraviy kurashlar beshafqatlikka asoslanganligini hisobga olsak,
shafqat tushunchasining ahamiyati yanada ortib borayotganligi uchun
ham bugungi kunda jah on axloqshunosligi
shafqat tushunchasini
Shopenhauer aytganidek, axloqning asosi sifatida tahlil, talqin va targ ib
qilmog‘i lozim. Uning XXI asr jamiyati uchun eng m uhim axloqiy
hodisa ekanligini e’tirof etish zamon talabidir.
Dostları ilə paylaş: