nasroniylar uchun - hazrati Iso, yahudo dinidagilar uchun - hazrati
Muso ideal hisoblanadi. Ular ideal sifatida hech qachon o ‘zgarmaydi,
boqiy. Ijtimoiy-axloqiy ideallar esa o ‘zgarishi mumkin va ко p hollarda
o‘zgarib turadi. Masalan, sho‘rolar davrida o ‘sha tuzum asoschisi Lenin
— eng yuksak axloqiy ideal sifatida talqin etilardi va ko‘pchilik tom onidan
shunday qabul qilinardi. Hozir esa «Kuch - adolatda!» degan shiorni
hayotining m a’nosi deb bilgan buyuk ajdodimiz Amir Tem ur ко
pchilik
tom onidan ijtimoiy-axloqiy ideal, adolatli davlat rahbarining namunaviy
timsoli tarzida qabul qilinadi. Demak, muayyan tuzum talablaridan va
jamiyat ravnaqidan kelib chiqqan holda, ijtimoiy-axloqiy ideallar
o‘zgarishi mumkin.
Biroq har bir tuzumning umri umumiy tarixiy jarayonda nisbatan
qisqa vaqtni o ‘z ichiga oladi. Yolg‘on, ko‘zbo‘yamachilik va zo‘ravon-
likka asoslangan tuzum esa uzoq muddat yashay olmaydi. Chunki,
zimdan axloqiylikni inkor etgan siyosatning bir kunmas bir kun albatta
asl basharasi ochiladi. Shu bois faoliyati niqoblangan axloqsizlikdan
iborat bo‘lgan Lenin, Stalin, H itler kabi
ijtimoiy ideallaming umri
uzoq bo'lm adi - aldangan ko‘pchilik qisqa vaqt mobaynidagina ularm
ideal deb bildi.
Bunday salbiy hodisalaiga qaramay, ideal, umuman, jamiyatda, shaxs
hayotida ijobiy hodisa. U insoniyat tarixida yorug1 mayoq vazifasim
o ‘tab kelmoqda, bundan keyin ham uning asosiy vazifasi shunday bo‘lib
qolajak. Chunki idealda har bir inson o ‘z baxtining hissiyotli ifodasini
ko'radi, hayotining m a’nosini unga qarab intilishda deb biladi.
Dostları ilə paylaş: