Erk uchun Vatanda qilolmasang jang,
Sen qo ‘shni vatanlar erki deb kurash;
Tut Yunon, Rumoning tug‘ini tarang,
Boshingni tika bil erk uchun sarkash!
Ezgulik yo ‘lida b o ‘Isang qahramon,
Sen inson erki deb kurashsang azot,
Bir kuni, sirtmoqdan gar qolsang omon,
Jo ‘mard deb alqagay seni odamzod!1
Italiyadagi ozodlik harakati mag‘lubiyatga uchragach, Bayron Qadim
Y unonistonni Turkiya zulm idan ozod qilish uch u n kurashdi. U
Yunonistonda, botqoqlik yonidagi Missolungi shahrida og‘ir zotiljamdan
vafot etdi. Uning o ‘limi ham istibdodga qarshi shiorga aylandi.
Benazir
shoir, Yunonistonning ozod qilingan qismi general-gubematon, erksevar
qo‘mondon va ulug‘ inson xotirasiga yunon xalqi yigirma bir kun qora
kiyib, motam tutdi. Hamma cherkovlarda Bayron haqqiga ibodat qilindi.
Darhaqiqat, erkparvarlik tamoyilini hayotining m a’nosi deb bilgan
insonlaming m a’naviy
umri boqiy, ular kelajak avlodlar uchun ideal
b o iib qoladilar.
s
Ayni paytda, bu tam oyil keng ijtim oiy-siyosiy ma noda ham
qo‘llaniladi. Buni erkparvar davlatlar faoliyatida ko‘rish mumkin.
Shuni
ham aytish kerakki, erkparvarlik tamoyilidan bir oz bo‘lsa-da, о z
manfaatlari yo‘lida foydalanishga, shu orqali siyosiy obro‘ olishga mtilish
hollari, afsuski, uchrab tu radi. B a’zi
davlatlar tom onidan о zga
mamlakatlar ichki ishlariga aralashish uchun erkparvarlikni niqob qilib
ish ko‘rishga urinishlar ham yo‘q emas. Biroq, bunday siyosiy qallobhklar
jahon jamoatchiligi tom onidan darhol ilg‘ab olinadi va fosh etiladi.
Zero, erkparvarlik eng aw alo, shaffoflik darajasidagi poklikni, halollikm
talab qiladi, ozginagina dog‘ni ham ko'tara olmaydi.
Dostları ilə paylaş: