Abdulla sher axloqshunoslik



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/209
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#210786
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   209
s4S7EHjtHmoMNmIYtJ01CR2chM6SocN8iTPWj8yZ

Tinchlikparvarlik. 
Bu axloqiy tamoyil ham insoniyat hayotida muhim 
ahamiyatga ega. Chunonchi, tinchlikparvarlik urushning, qon to ‘kishning 
har qanday ko‘rinishini inkor etadi, oddiy tinchliksevar shaxsning tinch- 
totuv yashashga bo‘lgan ijobiy munosabati bilangina chegaralanib qolmaydi, 
balki dushmanlik va tajovuzkorlikka qarshi kurashni, zarba berishni taqozo 
etadi. Unda tinchlik haqida chiroyli gaplar aytish, yig‘inlarda ma’ruzalar 
qilish emas, balki faol xatti-harakat, uyushtiruvchilik, tashkilotchilik birinchi 
darajali zaruriy faoliyat hisoblanadi.
Tinchlikparvarlar fldoyi insonlardir. Ularning ana shu fidoyilarcha 
xatti-harakatlari pirovard natijada har bir inson hayotiga takrorlanmas 
noyob qadriyat sifatida qarashga, har bir fuqaro qadrini, har bir davlat 
suverenitetini, har bir millatning o ‘z hayot tarziga monand yashash 
huquqini muqaddas deb tan olinishiga olib keladi, mamlakatlararo 
jam oat tartib in i saqlashga, avlodlar ravnaqiga, tarix iy -m ad an iy
ham korlikka, m illatlar va turli ijtim oiy gu ruh lar orasida o 'zaro
tushunishning qaror topishiga xizmat qiladi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, ba’zi ulug‘davlatchilik va buyukmillatchilik
www.ziyouz.com kutubxonasi


ruhi hukmron bo‘lgan jamiyatlarda tinchlikparvarlar quvg‘in qilinadilar, 
turmalarga tashlanadilar. Lekin ular o ‘z tamoyillaridan hech qachon 
qaytmaydilar. U lar insoniyatni barcha bahsli masalalami tinch yo‘l bilan 
hal qilishga chaqiradilar, Yer yuzida tinchlik o ‘matish uchun tinimsiz 
kurash olib boradilar. Shunday tinchlikparvar buyuk siymolardan biri 
sifatida ulug‘ ingliz faylasufi, Nobel mukofoti sovrindori Bertran Rassel 
(1872—1970) shaxsini misol qilib keltirishimiz mumkin. 0 ‘ttiz olti yoshida 
Qirollik Jamiyatiga a ’zo bo‘la olgan, har jihatdan jamiyatda obro'ga ega 
faylasuftinchlikparvarlik faoliyati uchun ikki bora (dastlab Birinchi jahon 
urushi paytida, ikkinchi marta — AQSHning Vetnamdagi bosqiniga qarshi 
kurash olib borganida) ingliz m a’muriyati tom onidan turmaga tashlandi. 
Lekin «insonparvarlik va hurfikrlilik havoriysi» (Rassel Nobel mukofoti 
bilan biiga shunday faxrli nomni ham olgan edi) umrining so‘nggigacha 
tinchlikparvarlik tamoyilidan chekinmadi.
5. J o ‘mardlik va o ‘zbekchilik, mehmondo‘stlik
J o ‘mardlik. J o ‘mardlik tam oyili esa Sharqda qadim dan mavjud. 
Ovro‘pada uni altruizm nomi bilan Ogyust Kont ilmiy m uom alaga 
kiritganini aytib o ‘tgan edik. U — kishidagi o ‘z qavmdoshiga achinish 
hissidan, unga baxt va farovonlik tilash tuyg‘usidan kelib chiqadi, 
m ohiyatan bem innat xayriyaga asoslanadi. 0 ‘z m anfaatidan o ‘zga 
manfaatini ustun qo'yib, «o‘z og‘zidagini o'zga og'ziga tutib» yashash 
jo‘mard insonning hayot tarziga aylanadi. Bu — oddiy xayriya emas, 
balki muhtojlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi o ‘ziga xos kurashdir. 
Ammo bu kurash insonparvarlik, vatanparvarlikdagi singari qat’iy jamiyat 
yoki jam oaning axloqiy-me’yoriy talablaridan kelib chiqmaydi, u faqat 
va faqat xususiylik tabiatiga ega, h ar bir shaxsning erkin ixtiyori bilan 
bog‘liq axloqiy tamoyil. Chunonchi, biror kishi tomonidan insonparvarlik 
yoki vatanparvarlik talablarini bajarmaslik boshqalarda unga nisbatan 
nafrat hissini uyg‘otadi, jo ‘m ardlik ko‘rsatm agan odam esa bunday 
m a’naviyjavobgarlikka tortilmaydi. Z ero, jo ‘mardlik m ohiyatan «oddiy 
odamlik qobig‘idan chiqa bilish», ilohiylik sifatlariga ega b o ‘lib borish 
demakdir, bu esa hammaga ham nasib etavermaydi.
Bundan tashqari, bizning milliy axloqshunosligimizda o ‘zbekchilik, 
inehmondo‘stlik kabi tamoyillar mavjud. U lar millatimizning eng yaxshi 
a n ’analariga sadoqat tuyg'usidan kelib chiqadi va o ‘zbek kishisiga xos 
bag'rikenglik, do'stga, mehmonga borini bag‘ishlashdek xislatlami o ‘zida 
mujassamlashtiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘zbekchilik tam oyilini o ‘z hayot tarziga singdirib yuborgan 
kimsaning nomi el-yurt orasida «baraka topgur» iborasi bilan qo shib 
aytiladi. Qishloq yoki mahalladagi hasharlarda, ma’rakalarda «qamishdan 
bel bog‘lab» xizmatda turish, bem or mahalladoshi yostig‘i ustida dalda 
berishga doim vaqt topa olish, qo‘ni-qo‘shnilariga haqiqiy hamsoya 
b o 'l i b y a sh a sh o 'z b e k c h ilik n in g aso siy u n s u r la r id ir . Y o k i 
m ehm ondo‘stlikni olaylik. Milliy-mintaqaviy an ’analarga asoslangan 
bu tamoyil ma’lum m a’noda o‘zbekchilik bilan singishib ketadi. Masalan, 
g‘arb kishisi o ‘zi taklif qilmagan kishini eshikdan muloyim savol-javob 
bilan qaytarib yuboradi, axloqiy m ajburiyatdan o ‘zini ozod deb 
hisoblaydi, o‘zining erkinlik huquqini ustuvor sanaydi. 0 ‘zbek esa, 
eshikdan kelgan kishini «bir piyola choyga» taklif etadi, kirsa, juda 
bo ‘lmaganda, oldiga non-choy qo‘yadi, notanish bo‘lsa, tanishadi, hol- 
ahvol so‘raydi, millatidan q a t’i nazar, unga ham dard, ko‘makdosh 
bo'lishga intiladi va buni axloqiy majburiyat tarzida emas, bir an ’anaviy
odat deb izohlaydi.
Ayni paytda bu tamoyillarni suiiste’mol qilish ham hozirgi paytda 
tez-tez uchrab turadi. 0 ‘zi qo‘l uchida kun ko‘rib tuigani barobarida 
qarz-havola bilan katta to'ylar o ‘tkazish, to'ylardagi isrofgarchiliklar, 
hatto aza oshlarini ham «kirn o'zarga» tarzida berish, charlar, beshik 
to ‘yi singari marosimlarga dong chiqarish uchun ayamay mablag 
sarflash, artistlarga qistirishlar, hatto boshidan pul sochishlar singari 
holatlar shular jum lasidan. Bunda biz fazilatning m e’yor buzilishi 
natijasida illatga aylanganini ko‘ramiz.
Lekin o ‘zbekchilik va m ehm ondo‘stlikni bunday noto‘g‘ri tushunish 
sho‘rolar davridan kelayotgan sarqit, o‘tkinchilik tabiatiga ega bo Igan 
hodisalardir. Aslida o ‘zbekchilik va m ehm o n d o ‘stlik tam oyillari 
xalqimizning o‘ziga xosligini ta ’kidlaydi. Jahonning juda ko‘p xalqlari 
bu tamoyillar egasi bo‘lmish o ‘zbek millatiga doimo ehtirom , havas va 
hayrat bilan qaraydilar.
Shunday qilib, qisqacha xulosa yasaydigan bo'lsak, biz ko‘rib о tgan 
axloqiy tamoyillar individni yuksak axloqiy shaxs darajasiga ko‘taradigan, 
uning hayotiga ijtimoiy-ma’naviy mazmun bag‘ishlaydigan fazilatlardir. 
Zero, har bir kimsa o ‘zi tanlagan tamoyillari majmui tufayli komillik 
darajasining muayyan bosqichidan o ‘rin oladi, o ‘z hayotining ma nosini 
anglagan insonga aylanadi. Shu tufayli axloqiy tamoyillar hayotimizda 
nihoyatda katta ahamiyatga ega.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin