natijasigina emas, balki m ehnat jarayonining o ‘zi ham unga quvonch,
qoniqish bag‘ishlaydi. Zero, bunday hollarda mehnatsevarlik zamirida
o ‘z manfaati bilan birgalikda Vatanga, xalqqa, yaqinlariga xizmat
qilishdek olijanob maqsadlar yotadi; ana shunday maqsadlar insonni
«chumolilik» doirasidan kenglikka va yuksaklikka olib chiqadi.
Mehnatsevarlikni tarbiyalab borishda, uni kuchaytirishda raqobat
alohida ahamiyatga ega. Zero, raqobat faqat moddiy ustunlikni emas,
balki m a’naviy ustunlikni ham taqozo etadi, ya’ni unda moddiylik va
m a’naviylik teng ishtirok etadi. Biz o ‘tm ishda boshdan kechirgan
«sotsialistik» deb atalgan tuzum shaxs m e h n atin i qadrlam aslik,
mehnatsevar bilan dangasani tenglashtirish — ularga bir xil umumiy haq
to ‘lash, «hech kimni kamsitmaslik» shiori ostida ish ko‘rish singari
mohiyatan inson tabiatiga zid qoidalar va m e’yorlarga asoslangan edi.
«Sotsialistik musobaqa»ning soxtaligi, insoniyat jamiyatiga singib keta
olmaganligiga sabab ana shunda. Zero, shaxs mehnatini qadrlash —
shax sning m e h n atsev arlig in i, u n ing o ‘zini qad rlash dem ak d ir.
Mustaqilligimiz sharofati bilan mehnat yana erkin shaxsning o ‘ziga va
atrofdagilarga individual munosabatiga aylandi, mohiyatan «besh qo 1
barobarbo‘lsin» degan tenglashtirish siyosati barham topdi. Mehnatsevarlik
esa yangi jamiyatimiz kishisining, jahoniy kenglikka chiqish huquqiga
ega bo‘lgan shaxsning sevimli va huzurbaxsh tamoyiliga aylandi.
Dostları ilə paylaş: