Abdulla sher axloqshunoslik


S h u h r a t p a r a s t lik



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/209
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#210786
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   209
s4S7EHjtHmoMNmIYtJ01CR2chM6SocN8iTPWj8yZ

S h u h r a t p a r a s t lik . 
S h u h ra tp ara sth k - sh o n -sh u h ra t k etid an
quvadigan va bu yo‘lda har qanday axloqsizlikdan qaytmaydigan inson ar 
toifasining xislati. Shuhratparast odam o‘z nominmg doimo atrotdagilar 
va jam iyat diqkat markazida turishiga, mashhurhkka, shov-shuvga, 
maqtovga ichki bir tiyiqsiz ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj oxir-oqibat uni 
jamiyatning axloqiy-ijtimoiy talablari bilan ham, indivi si ati agi о z 
biologik va m a’naviy-intellektual imkoniyatlari bilan ham mutlaqo 
hisoblashmaydigan ijtimoiy nafs bandasiga aylantirib qo‘yadi.
Shuhratparastlikning axloqiy illat sifatidagi xatarli tom oni shundaki, 
u ravnaq topib borish xususiyatiga ega: dastawal kishi o ‘z «men»inmg 
boshqa «men»lardan kam boUmasligini talab qiladi, keyin asta-sekin 
o ‘z «men»ining barcha «men»lardan baland turishini xohlab qoladi va 
nim a qilib b o ‘lsa ham shu xohishni amalga oshirishga intiladi. Natijada 
u mavjud voqelikni, atrofdagilarning o ‘ziga bo‘lgan asl munosabatini 
real baholay olmaydi; qayerda uni «ko‘tar-ko‘tar» qilib maqtashsa, о sha 
yerga o ‘zini uradi, hayotda asl insoniy vazifasini bajanshdan chalg lydi, 
tuzatib bo‘lmas xatolarga yo‘l qo‘yadi. Shuhratparastlikka yorqm misol
umumbashariy timsol sifatida, odatda salkam 2,5 ming yildan uyon 
H erostratning nom i keltiriladi: u abadiy shuhrat qozonish uchun 
o la m n in g y e tti m u ’jiz a sid a n b iri - Efes sh ah rid ag i A rtem id a
290
www.ziyouz.com kutubxonasi


ibodatxonasida o ‘t qo‘ygan. Uning nomi hozirgacha taajjub, hayrat, 
ayni paytda nafrat va la’nat bilan tilga olinadi.
Shuhratparastlik ham xuddi xudbinlik kabi zamonaviy jam iyatda avj 
olgan illatlardan hisoblanadi. Agar xudbinlikning keng yoyilishiga m a’lum 
m a’noda shaxs erkinligining qonuniy muhofazasi, b a ’zi, demokratik 
tamoyillar yo 1 ochib bersa, shuhratparastlik uchun zamonaviy ommaviy 
axborot vositalari ko‘k chiroq vazifasini o ‘taydi: N itshe aytganidek, 
hozirgi paytda har qanday kichkinagina «men», yo‘lini topib, sahnadan, 
sahifadan yoki ekrandan o ‘zi haqida jahonga ja r solish huquqiga va 
imkoniga ega. Matbuot va so‘z erkinligidan «o‘ziga xos» foydalanadigan, 
«mashhurlar» haqidagi shov-shuvlar bilan shug‘ullanadigan son-sanoqsiz 
gazetalar, ko‘rsatuv va eshittirishlar shuhratparastlarning yomg‘irdan 
keyingi q o ‘ziqorinlardek paydo b o 'lish in i ta ’m in lam o qd a. Misol 
tariqasida k o ‘pchilik om m aviy axborot vositalarida aslida xorijiy 
m ualliflar m usiqalarini, q o ‘shiqlarini noqonuniy o ‘zlashtirgani — 
o ‘g‘irlagani (plagiat) uchun jazolanishi kerak boMgan shuhratparast 
« sa n ’a tk o rla r» n in g k o ‘k la rg a k o ‘ta ri!is h in i k e ltiris h m u m k in . 
Shuhratparstlikning bunday keng yoyilishiga qarshi faqat axloqiy tarbiya 
vositasida kurashish qiyin, shu sababli ularga nisbatan axloqiy yo‘l bilan 
birga ichki va xalqaro huquq m e’yorlaridan ham unum li foydalangan 
holda ish ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
S h u n d a y q ilib , uch b o b m o b a y n id a , q is q a c h a b o ‘Is a -d a , 
axloqshunoslikning asosiy tu sh u n ch alarin i, axloqiy tam oy illar va 
me yorlar nima ekanini, ularning shaxs ham da jam iyat axloqiy hayotida 
n aqadar m uhim o ‘rin tutish ini k o ‘rib chiqdik. P irovard natijada 
quyidagicha xulosa chiqarish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz: agar 
axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari bir-biriga bog'liq bo‘lsa, 
axloqiy tamoyillarning bog‘liqligi yanada m ustahkam roq — ular biridan 
ikkinchisiga o ‘tib turish xususiyatiga ega; axloqiy m e’yorlar esa bir-biri 
bilan shu darajada chambarchaski, b a ’zan birini ikkinchisidan aniq 
ajratish qiyin, zero, ular xulq va odob doirasidagi axloqiy amaliyotlardir.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin