Abdulla sher axloqshunoslik


XIII BOB OILA, FUQAROLIK JAMIYATI VA DAVLATNING



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/209
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#210786
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   209
s4S7EHjtHmoMNmIYtJ01CR2chM6SocN8iTPWj8yZ

XIII BOB
OILA, FUQAROLIK JAMIYATI VA DAVLATNING
AXLOQIY AS OS LARI
REJA
1. Oilaning ilk axloqiy maskan sifatidagi о ‘m i.
2. Fuqarolik jamiyatining axloqiy asoslari.
3. Davlatning axloqiy mohiyati.
Tayanch tushunchalar
Oila, Nikoh, M uhabbat, Oilaviy m uhit, Oilaviy mulk, Farzand 
tarbiyasi, Fuqarolik jamiyati, Mahalla, Davlat, Davlat suvereniteti, Shaxs 
suvereniteti.
1. Oilaning ilk axloqiy maskan sifatidagi o ‘rni
Oilani fuqarolik jam iyatining, davlatning eng m uhim hujayrasi 
deyishadi. Chunki, har bir jam iyat a ’zosi, bo'lajak fuqaroning tarbiyasi 
oiladan boshlanadi. Oila uchjihatni: o'zining bevosita ko‘rinishi bo‘lmish 
nikohni; oilaviy mulk va anjom lar ham da ular haqidagi g ‘am xo‘rlikni; 
bolalar tarbiyasini o ‘z ichiga oladi.
Nikoh va muhabbat. 
A w alo, nikoh haqida to ‘xtalib o ‘taylik. Qonunga 
b in o a n n ik oh tu z ish s h a r tla r id a n eng m u h im la ri — n ik o h g a
kiruvchilarning o'zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetganliklari. 
Bizda yigitlar uchun — 18, qizlar uchun — 17 nikoh yoshlari qilib 
belgilangan. Bu — masalaning huquqiy tomoni. Uning ikkinchi — axloqiy 
tom oni ham borki, u m uhabbat bilan bog‘liq. N ikoh tuzishdan aw al 
ikki yosh orasida goh ochiq sevgi — m untazam uchrashuvlar, ahdu 
paym onlar qilish yoki orqavarotdan bir-birini yoqtirish hollari bo'lishi 
mumkin. Har ikkala holda ham rozilik o ‘zgarmas shart hisoblanadi.
Ba’zan, qadimda Sharq xalqlarida, shu jum ladan, o ‘zbeklarda qizning 
yoki yigitning roziligisiz t o ‘y qilib yubora b erish g an , o ta -o n a la r 
kelishishsa — bas, degan fikrlam i uchratadi kishi. Ayniqsa, bunday 
gaplar sho‘rolar davrida tinim siz takrorlanar edi. V aholanki, bunday 
hoi kam bo‘lgan, uni musulm onchilik inkor etadi. Rivoyat qilishlaricha, 
Payg‘ambarimiz M uham m ad alayhissalom uylariga sovchi kelganida
qizlari Fotim adan doim o rozilik so‘raganlar va rad javobi olganlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Faqat Hazrat Ali sovchi qo‘yganlarida, Bibi Fotim a rozilik berganlar. 
Demak, farzandning roziligini olish bizga Payg‘ambarimizdan qolgan 
sunnat.
Hozirgi kunda ham ko‘pgina yoshlarimiz sovchi orqali turm ush 
quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, yigit bilan qiz uchrashtiriladi, 
ikkalasi bir-birini m a’qul ko‘rsagina fotiha qilinib, to ‘y taraddudi 
ko‘riladi. Juda ko‘p hollarda bunday yoshlar o ‘rtasida keyinchalik haqiqiy 
muhabbat shakllanadi. Abdulla Qodiriy « 0 ‘tgan kunlar» rom anida 
tasvirlagan Otabek bilan Kumush o'rtasidagi sevgini buning mumtoz 
namunasi desa bo‘ladi. Ochiglini aytish kerakki, muhabbatning ham 
o ‘z darajasi bo r: Layli b ilan M ajn u n n in g m u h a b b ati h am m a 
sevishganlarga ham nasib etavermaydi. Bunday romantik-sururiy sevgi 
real hayotda kamdan kam uchraydi. Buning ustiga, oilaviy muhabbat 
m a’lum m a’noda salobatli, ko‘proq yashirin tarzda namoyon bo'ladi.
Oilaning asosi bo‘lmish nikoh - ezgu maqsadga yo‘naltirilgan, 
zimmasiga zurriyot qoldirishdek yuksak mas’uliyat yuklangan sevgi, 
sevishning ijtim oiylashgan ko‘rinishi. Biroq sevgi-m uhabbat faqat 
erkinlikda namoyon bo‘ladi. Shu jihatni nazarda tutadigan bo lsak, 
nikohni, m a’lum m a’noda, a n ’analar, urf-odatlar va e ’tiqodlarga 
moslashtirilgan sevgining yashash sharti deyish mumkin. Boshqacha 
qilib aytganda, nikoh zaruriyatga aylangan erkinlikdir. Shu bois nikohga 
kirayotgan har bir kimsa bundan buyon о z erkining boshqa bir erk 
bilan kelishib yashashini, ixtiyoriy tarzda cheklanib, nisbiylashgan holda 
mavjud bo‘lishini anglab yetmog'i lozim. Bundan tashqari nikoh о z 
mohiyatiga ko‘ra axloqiy hodisa. U nda ehtiroslar axloqqa bo ysundiriladi. 
Oddiy birga yashashda esa tabiiy ehtiyojni qondirish birinchi o ‘rinda 
turadi, nikohda u ikkinchi darajali mavqe egallaydi.
Keyingi paytlarda nikoh bilan muhabbatning о zaro chiqishmasligi 
haqida G ‘arb m utafakkirlari te z-te z yozadigan b o 'lib qolganlar. 
Chunonchi, Erix Fromm, industrial jamiyatda muhabbat kam dan kam 
uchraydigan hodisa ekanini, nikohning asosida boshqa — moliyaviy, 
siyosiy, iqtisodiy sabablar yotishini ta ’kidlaydi. Umuman, G arb olamida 
bunday hodisa anchadan buyon mavjud. Shu jihatdan Joij Bayronning 
«Don Juan» she’riy romanidagi quyidagi satrlar diqqatga sazovor:

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin