Abdulla sher axloqshunoslik



Yüklə 140,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/209
tarix07.01.2024
ölçüsü140,19 Kb.
#210789
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   209
Jan Jak 
R usso n in g (1712—1778) axloqiy qarashlari h a m m a lum
m a ’noda san’at bilan bog‘liq. Fransuz adabiyotida sentim entalchilik 
o q im in ing asoschisi b o ‘lm ish bu m utafak kir m azkur yo nalishdagi 
axloqshunoslikni yuksak nuqtaga olib chiqdi. Lining «Emil, yoxud tarbiya 
haqida» (1762), «Tazarru» (1770), «Yolg‘iz xayolparastning sayrlari»
(1778) asarlarida axloqshunoslikka keng o ‘rin berilgan.
Russoning nazarida inson eng a w a lo ehtirosli mavjudot. M avjudlik, 
zero, his etm oqlikdir. C hunki qalb sezgan narsa h ar qanday aqldan 
yuksak. Shaxsning o ‘q tom iri o ‘zini m ulo h aza-m u h o k am ad a em as, 
hissiyot da nam oyon etadigan vijdondadir. Shu bois subyektning pirovard 
ijtim oiy asoslarini tushunish uch u n , uni ratsional tartib va jam iyat
1 Шефстбери Э. Эстетические опыты. М., «Искусство», 1975. 
С. 
307.
110
www.ziyouz.com kutubxonasi


intizomi doirasidan sug'urib olmoq zarur. Russo diqqatni eng aw alo 
subyektning ichki dunyosiga qaratadi. Subyektning obyektiv dunyoga 
m unosabati va boshqa ijtim oiy x a tti-h a ra k a tla ri uning hislariga 
asoslanadi. Botinda harakat qiladigan hislarni Russo manbai zohirda 
b o ‘lgan ratsionallikka qarshi q o ‘yadi.
Tabiat tushunchasi Russoda qadriyatli, axloqiy mazmunga ega. Tabiat 
uning uchun ilohiy borliq. U ham m ani teng ko‘radi, notenglikning har 
qanday ko‘rinishi faqat insonning o ‘zidan kelib chiqadi: «Tabiat barcha 
uchun bir xilda ekadi, biroq biz undan har xil hosil yig‘ib olamiz», — 
deydi Russo1. U ning asarlarida, xususan, «Yolg‘iz xayolparastning 
sayrlari» asarida tabiat darajalardan va jabr-zulm dan ozod makon tarzida 
nam oyon boMadi. Ozodlik esa mutafakkir uchun o ‘z-o ‘zini jilovlash 
em as, qurbon qilish emas, balki uyg‘unlik, shaxsiylik va ijtimoiylikning 
birligi. Russo nazdida din — vijdon hissi, u odam lar orasidagi birdamlik 
va birodarlik uchun kafolatdir. Kishi ko‘pincha ezgulik qilayapman 
degan bahonada yovuzlikni amalga oshiradi. Shu sababli ezgulik qil, 
degan shior o'rniga «Hech kimga hech qachon hech qanday yovuzlik 
qilma!» degan shiorni o ‘rtaga tashlash kerak.
Russoning eng olijanob va ulug‘vor g ‘oyalaridan biri - xalq 
mustaqilligini, boshqacha qilib aytganda, xalq huquqini barqaror etish. 
Faylasuf tenglik tamoyili davlat qonunida aks ettirilgan, xalq o ‘z 
vakillarining faoliyatini doimiy tarzda tekshirib turish imkonini beradigan 
respublika tuzishni taklif etadi. Ana shunda, Russoning fikriga ko‘ra, 
suiiste’mol va qonunbuzarlikdan xalqni himoya qilish, manfaat va fazilat 
orasidagi ziddiyatni yo'qotish mumkin. Ana shundagina har bir inson 
o ‘zini faqat boshqalar orqali ko‘ra biladi, seva biladi, umumiy ishda 
o ‘ziga o ‘rin topadi.
Ingliz m a’rifatparvari Deyvid Hyum (1711 — 1776) axloqshunoslikni 
o ‘z falsafasining ikkinchi, ayni paytda eng asosiy qismi deb hisoblagan 
edi. Axloqiy muam m olar uning «Inson tabiati haqida risola» (1740), 
«Axloqiy, siyosiy va adabiy esselar» (1751) kabi asarlarida o ‘rtaga 
tashlanadi.
H yum axloqshunoslik fan m aqom ini olishi uchun aw alo u his- 
tu y g 'u lar ruhshunosligiga aylanm og‘i, ju da b o ‘lm aganda, ana shu 
ru h sh u n oslik ka su y a n m o g ‘i z a ru r, deydi. Z e ro , ax lo q sh u n o slik
www.ziyouz.com kutubxonasi


odam larning axloqiy va, um um an, ruhiy mayllaridan tashqaridagi 
qandaydir «alohida» narsani bilish bilan bog‘liq tarzda shakllanmaydi. 
Fazilat va illat qandaydir obyektiv hodisalar emas. Axloqiy baholar 
haqiqiy ham, yolg‘on ham emas, balki mayllar, qarashlar qilmishlar 
kabi, shunchaki «bor narsalar». Shu bois axloqshunoslikning vazifasi 
birinchi galda odam larda axloqiy m ayllarni q o ‘zg‘atish sabablan 
(impulslari) qanday, qayerda va qachon ro ‘y berganini ham da qanday 
odamlar ularga qanday va qachon mos yoki aks harakat qilishini bayon 
etishdan iboratdir. Demak, Hyum axloqshunoslikni bayon qiluvchi 
(deskritiv) fan ekanini isbotlashga intiladi, axloqni insonning — tabiiy 
hissiyotli tabiatidan keltirib chiqaradi. Axloqiy mulohaza aql emas, 
axloqiy his-tuyg‘u orqali ifoda topadi. Inson qilmishlarining pirovar 
maqsadini aslo aql-idrokdan kelib chiqib tushuntirish mumkin emas. 
«Axloq kuchli hissiyot uyg‘otadi va xatti-harakatni yo amalga oshiradi 
yoki unga yo‘l qo‘ymaydi, - deydi Hyum. — Aql o ‘z-o‘zicha bu borada 
butunlay ojiz. Demak, axloqiy qoida aqlimizning xulosasi bo‘lolmaydi» . 
Hyumning fikriga ko‘ra, xudbinlarcha intilish bilan birgalikda insonga 
yaxshilikni ravo ko‘rish, odamsevarlik, adolat singari ijtimoiy his- 
tuyg‘ular ham xos. 0 ‘zgaga yaxshilik xuddi o ‘ziga yaxshilik tilash kabi
insonning insonga xos xususiyati.
Hyum axloqshunosligida ko‘rinishdan uch xil-u, lekin qisman bir- 
biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch axloqiy tushuncha uyg‘unlashadi. Bu ar
- hedeonchilik, utilitarchilik, jo ‘mardlik (alturiychilik). Hedeonchilik 
(lazzat yo‘nalishi) nimaiki lazzat hissini uyg‘otsa, o ‘shani fazilat, aksincha 
iztirob, og‘riq qayg‘u keltiradigan hamma narsani illat deb hisoblaydi. 
Utilitarchilik (foydalilik) adolatli tarzda nimaki insonga, jamiyatga
foyda keltirsa, uni - ezgulik, odamlarga foydasiz yoki zarar keltiradigan 
nimaiki bo‘lsa, uni - yovuzlik deb talqin etadi. Foydalilik ham m a 
holatlarda ham maqtov va maqbullik manbai hisoblanadi. Mutafakkir 
alturiychilik - jo ‘mardlik (o‘zgalar manfaatini yuqori qo‘yish) tamoyihm 
ezgulikni axloqiy m a’noda ham m a uchun istisnosiz tarzda foydali
qiladigan hodisa deb tushunadi. 
. . .

. ..
Hyum birinchi bo‘lib, dalillarni bayon qiluvchi ilmiy mulohaza bilan 
his-tuyg‘ularni ifodalaydigan axloqiy mushohadaning farqini ко rsati 
bergan olim. Axloqiy mulohazalarning hissiyotli asosini ochib berar

Yüklə 140,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin