Abdulla sher axloqshunoslik


Толстой JI. H. Я верю. М ., «Вся Москва», 1990. С. 164



Yüklə 140,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/209
tarix07.01.2024
ölçüsü140,19 Kb.
#210789
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   209
1 Толстой JI. H. Я верю. М ., «Вся Москва», 1990. С. 164.
2 J. Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. U . Abduvahob tariimasi. Т ., «Yangi asr avlodi»,
2003, 34-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


mavjud. U — na makonda, na zamonda; na ibtidoga na intihoga ega. 
Xudo — tuganmas, cheksiz, abadiy. Mutafakkirning bu qarashlari ham 
tasaw uf falsafasiga yaqin: Tolstoy Xudoni ham ma narsaning Ibtidosi 
deb biladi va o ‘sha ilohiy Ibtidoning bir qismi insonda mavjudligini 
aytadi. Shu ilohiy qismni ko‘paytirish yoki kamaytirishi insonning о z 
qo‘lida; ko‘paytirishi uchun u o ‘z ehtiroslarini yengishi va qalbidagi 
muhabbatni kuchaytirishi lozim; bunga erishishning vositasi, o ‘zingga 
boshqalar qanday munosabatda bo‘lishlarini xohlasang, boshqalarga 
o ‘zing ham shunday munosabatda b o ‘l, degan hikmatga amal qilishdir. 
Haqiqiy dindor odam Xudoni bilish va yashash — bir xil narsa ekaniga, 
«Tashakkur senga, seni sevaman, menda yashayotgan Egam», degan 
xulosaga kelishi kerak, ya’ni butun qalbini ilohiy Ibtidoga bo shatib 
berishi lozim.
Albatta, keltirilgan bu misol va muqoyasalardan Tolstoy so‘fiy ekan- 
ku, degan xulosa chiqmasligi kerak. Faqat mutafakkir, dinlarning 
mohiyati bitta ekanini va nasroniy cherkov uni buzib talqin etishini 
ta ’kidlaganini aytmoqchimiz xolos. Tolstoy diniy qarashlarining muhim 
ahamiyati shundaki, u axloqning mohiyatini dinda emas, aksincha, 
dinning mohiyatini axloqda ko‘radi. Darhaqiqat, buyuk mutafakkirning 
ilohiyot, falsafa, dinga bag‘ishlangan risolalarida va badiiy asarlarida 
nasroniylikning mohiyatini o ‘z yaqinini sevish va zulmga zo ravonlik 
bilan qarshilik ko'rsatm aslik — g‘ayrizo‘ravonlik haqidagi axloqiy 
ta ’limotga taqalganini ilg‘ash qiyin emas.
Ulug‘ alloma «Hayot haqida» degan kitobida muhabbat muammosiga 
alohida to ‘xtaladi. «M uhabbat, um um an kim gadir ezgulik istash 
demakdir... M ana, men bolamni, xotinimni, yurtimni sevaman, ya ni 
bolam, xotinim, yurtimga boshqa bolalarga, xotinlar va yurtlardan ко ra 
k o ‘proq ezgulik istayman», — deydi donishm and1.
Ayni paytda muhabbatning faqat so‘z emas, boshqalar manfaatini 
ko‘zlovchi harakat ekanini ta ’kidlaydi: muhabbat kelajakda b o ‘lmaydi, 
u faqat hozirgi zamondagi faoliyatdir. M uhabbatni hozirgi zam onda 
nam oyon etm agan kishi m uhabbatdan yiroq: o ‘z hayoti m a nosini 
tushunm aydigan odam larda m uhabbatning b o ‘lishi m um kin emas. 
Hayotning m a’nosini anglab yetgan insongina o'lim dan qo rqmaydi. 
Bu haqda mutaffakkir shunday deb yozadi: «Insonning faoliyat doirasi
www.ziyouz.com kutubxonasi


q a n c h a lik to r b o ‘lm asin — Isom i u, S u q ro tm i, m e h rib o n m i
norna’lummi, mard qariyami, yigitchami, ayolmi — agar u o ‘zgalar 
manfaati uchun o ‘z shaxsidan kechib yashasa, bu yerda, mana shu 
hayotda dunyo bilan o ‘lim bilmaydigan yangicha bir munosabatga, 
barcha odam lar uchun umrning m a’nosi hisoblangan munosabatga 
kirishadi»1. Tolstoyning fikriga ko‘ra, inson hayoti ezgulikka intilishdan 
iborat, inson nimagaki intilsa, o ‘shanga erishadi. Agar inson hayvoniy 
umr kechirishni hayot tarzim deb qabul qilsa, unga o ‘lim va iztirob 
yovuzlik bo‘lib ko‘rinadi. 0 ‘lim va iztirob inson uchun faqat o ‘z insoniy 
hayot chegarasidan chiqqandagina mavjuddir. Insoniy hayot qonunlari 
asosida yashagan kishiga esa na o ‘lim bor, na iztirob. Z ero, u o ‘zidan 
kechib, o'zligini topgan, Xudoga yetishgan komil insondir.
Lev Tolstoy xudosizlikni qoralaydi, xususan, endi dinning keragi 
yo‘q, uning o ‘rnini ilm-fan egalladi, degan fikrlarni kaltabinlik deb 
ataydi. Zero, ilm-fan kashfiyotlari d a v ro ‘tishi bilan inkor etilishi, ya’ni 
kechagi ilmiy haqiqatlar eskirib, yangi ilmiy haqiqatlaming paydo bo‘lishi 
insoniyat tarixida to ‘xtamaydigan jarayondir. D in esa o ‘zgarmaydi, 
ezgulik va muhabbat eskirmaydi. Ilmiy kashfiyotlarning b a ’zilari insonni 
yo‘qotishga qaratilgan, din esa insonni ixtiyor etishni, komillikka 
yetkazishni o ‘z maqsadi deb biladi. Ilm faqat diniy-axloqiy mohiyat 
bilan sug‘orilgandagina inson baxti uchun, ezgu g ‘oyalar uchun xizmat 
qiladi. Xullas, buyuk rus mutafakkiri talqinidagi din eng yuksak axloqiy 
hodisa sifatida, insonning vijdoni va burchi tarzida nam oyon boMadi.
Boshqa bir buyuk rus yozuvchisi 

Yüklə 140,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin