Karnay-surnay ovoz berdi jahonga,
Jahonni qaratdi O’zbekistonga.
Temurning ruhiga qilib qasamyod,
Yolboshchimiz etdi xalq
dilini shod,
Yo’lboshchi so’zini ettirdi davom,
Dilida xalqiga chuqur ehtirom
Hech hazon bo’lmasin biz kezgan
chaman,
Bizdan qolsin ozod va obod Vatan.
6-o’quvchi:
Marifat bo’stoni ezgu dostoni,
Dostligu tinchlikning
metin
qo’rg’oni,
Ey, ozod diyorim, O’zbekistonim.
Ey obod diyorim O’zbekistoni!
“ Do`ppi tikdim” raqs
7-o’quvchi:
3-modda: O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy-davlat va
ma’muriy-hududiy
tuzilishini,davlat hokimyati va boshqaruv organlarining
tizimini
belgilaydi, ichki va tyashqi siyosatini amalgam oshiradi. O’zbekistonning
davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo’linmasdir.
Dunyo xaritasin bezab shersimon,
Qulochini yoydi hur O’zbekiston.
Xaritaga
soling diqat nazarin,
Ko’ring, havas qiling yurtim
manzarin.
U qaddin rostlagan sherga o‘xshaydi.
Pahlavon, bahodir erga o’xshaydi.
Istibdod zanjirin uzib batamom,
O’zligin olamga etdi namoyon.
Ozod nafas oldi bu
jaho aro,
Va dunyo bog’iga baxsh etdi oro.
8-o’quvchi:
4-modda: O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir.
O’zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va
elatlarning tillari, urf-odatlari va an`analari hurmat qilinishini ta`minlaydi,
ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Shu tilda Temur bobo
Lashkarga buyruq bergan .
Navoiy
tuzgan navo,
Bobur gavharlar tergan
“Til- xalqning shavkat- shoni”,
Bu bobolar kalomi
Ona tilim unvoni Davlat tili maqomi
9-o’quvchi:
5-modda: O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan o’z
davlat ramzlari- bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.
Olam ahli bilan qilib barobar,
Ayladi qadrdon, do’st-u birodar.
Chiqardi millatlar uyin to’riga,
Umr qo’shdi O’zbekiston umriga.
Mulki jahon bayroqlari qatori,
Shula sochdi bayrog’imiz sharori.
Olam aro
madhiyamiz yangradi,
Eshitganki, kishi joni yayradi.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu!
Dostları ilə paylaş: