1. Primitiv toifalar (ma’lumotlarning sodda toifalari). Oldindan ma’lum
bo’ladigan, sozlangan toifalar deb xam ataladigan toifalar bo’lib, turli
dasturlash tillarida turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, C++ tilida int (long,
short,… ), float(double), char,…
2. Foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan toifalar , qachonki mavjud
sozlangan toifalar qo’yilgan masalani yechishga yetarli bo’lmasa
qo’llaniladi.
3. Abstrakt toifalar . Ma’lumotlar toifalarining mantiqiy xususiyatlarini
aniqlashda foydali instrument hisoblanadi. “Abstrakt toifa” atamasi bazaviy
matematik tushunchasiga bog’liq. Ushbu toifalardagi ma’lumotlar qisman apparat
va dasturiy ta’minot yordamida tuzilma sifatida fizik amalga oshirilishi mumkin.
Biz abstrakt toifalarni matematik tushuncha sifatida aniqlaganimizda, muhit va
vaqtiy munosabatlarni e’tiborga olmaymiz. Bular amalga oshirish masalalari
hisoblanadi.
Ma’lumotlar tuzilmasi Ma’lumotlar turli yo’lar asosida tashkil etilishi mumkin, mantiqiy yoki
matematik modelni tashkil etilishi ma’lumotlar tuzilmasi deyiladi. Konkret bir
ma’lumotlar tuzilmasini tanlash quyidagilarga bog’liq:
-
Real voqe’likda elementlararo munosabatni yaqqol ifodalay olishi kerak;
-
U shunday soda tuzilishi kerakki, zarur bo’lganda ustida samarali amal
bajarish mumkin bo’lsin.
Ma’lumotlar tuzilmasini o’rganish quyidagilardan iborat:
-
Tuzilmani mantiqiy ifodalash;
-
Tuzilmani fiizik amalga oshirish;
-
Tuzilmani sifatiy taxlili, ya’ni elementlarni saqlash uchun qancha xotira
xajmi sarflanishini aniqlash (xotira sarfi) va qayta ishlashga ketadigan
vaqtni (vaqt sarfi) xisoblash nazarda tutiladi.