62
aytganda,
kalitlarni tomonlar orasida xavfsiz uzatish
simmetrik
kriptotizimlar oldidagi asosiy muammo sanaladi.
Bundan tashqari, bir foydalanuvchining, qolganlari bilan ma’lumot
almashishida, ularning har biri bilan alohida kalitlarga ega bo‘lishi talab
etiladi. Bu esa foydalanuvchiga ko‘p sonli kalitlarni xavfsiz saqlash
zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Simmetrik kriptotizimlarda kalit uzunligi.
Amalda kriptografik
tizimlarning kalit uzunligiga qat’iy talablar qo‘yiladi. Ushbu talablar
vaqt o‘tishi bilan hisoblash qurilmalari imkoniyatining o‘zgarishiga
bog‘liq holda o‘zgarib boradi. Kriptotizimlarda foydalanilgan kalitni
joriy vaqtdagi hisoblash qurilmalari orqali hisoblab topishning
imkoniyati bo‘lmasligi zarur. Bu yerda kalitni topish deganda biror
uzunlikdagi kalitni bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha variantlarini
hisoblab chiqish nazarda tutiladi. Masalan, kalit uzunligi 4 bitga teng
bo‘lsa, u holda bo‘lishi mumkin bo‘lgan variantlar soni
2
4
= 16
ga teng
bo‘ladi yoki, umumiy qilib aytganda,
𝑛
bitli kalitlarni bo‘lishi mumkin
bo‘lgan variantlari
2
𝑛
ga teng bo‘ladi.
Hozirgi kunda simmetrik kriptotizimlarda foydalaniluvchi
kalitlarning uzunligi kamida 128 bitli bo‘lishi zarur. 3.3-jadvalda turli
uzunlikdagi kalitlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha variantlarini
hisoblash uchun turli qiymatli qurilmalardan foydalanilganida
sarflanadigan vaqt ko‘rsatilgan. Ko‘rsatilgan natijalar 2005-yildagi narx
asosida keltirilgan.
3.3-jadval
Dostları ilə paylaş: