Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


 Disklarni va fayllarni shifrlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

 
3.5. Disklarni va fayllarni shifrlash 
Axborotni kriptografik himoyasi, xususan, shifrlash algoritmlari 
amalda keng qo‘llaniladi. Masalan, saqlash qurilmalarida ma’lumotlarni 
shifrlash yoki tarmoq bo‘ylab uzatiladigan axborotni shifrlab uzatishni 
misol sifatida keltirish mumkin. Umuman, ma’lumotni shifrlashda 
ma’lum algoritmdan foydalaniladi. Ushbu algoritm biror bir operatsion 


75 
tizim (OT) uchun (masalan, Windows OT, Linux OT, Android OT) 
mo‘ljallangan dastur ko‘rinishida yoki maxsus qurilma ko‘rinishida 
(masalan, maxsus prosessorlar, USB token, smart karta va h.) bo‘lishi 
mumkin.
Kriptografik algoritmlar amalda quyidagi ko‘rinishdagi vositalar 
sifatida qo‘llaniladi: 
-
apparat-dasturiy ko‘rinishdagi vositalar; 
-
apparat ko‘rinishdagi vositalar; 
-
dasturiy ko‘rinishdagi vositalar. 
Apparat-dasturiy shifrlash 
– shifrlash jarayoni bo‘lib, maxsus 
ishlab chiqilgan hisoblash qurilmasidan foydalaniladi. Unga misol 
sifatida, ruToken USB shifrator qurilmasini ko‘rsatish mumkin (3.11-
rasm). 
3.11-rasm. Turli ko‘rinishdagi ruToken USB shifrator qurilmasi 
 
ruToken USB shifrator qurilmasi – Rossiya Federatsiyasida ishlab 
chiqariluvchi qurilma bo‘lib, undan asosan Rossiya Federatsiyasining 
kriptografik algoritmlarida amalga oshirilgan. Masalan, ishlab 
chiqarilgan Rutoken S qurilmasining umumiy xarakteristikalari 
quyidagicha: 
-
shifrlash kalitlari, ERI kalitlari va turli sertifikatlarni xavfsiz 
saqlash uchun foydalaniladi; 
-
ushbu tokendan foydalanish uchun PIN kodni kiritish talab 
etiladi; 
-
diskdagi ma’lumotlarni shifrlash uchun qo‘llaniladi; 
-
tokenda mehmon, foydalanuvchi va ma’mur darajalari mavjud; 


76 
-
Microsoft Windows 
10/8.1/2012R2/8/2012/7/2008R2/ 
Vista/2008/XP/2003, GNU/Linux, Apple macOS/OSX muhitlarida 
foydalanish mumkin; 
-
32, 64 va 128 KB xotiraga ega EEPROM; 
-
USB 1.1 va undan yuqori interfeysga ega; 
-
58x16x8mm (mikro-token 17,8x15,4x5,8mm) o‘lchamga ega; 
-
6,3g (mikro-token 1,6g) og‘irlikka ega. 
Apparat shifrlash
o‘ziga xos quyidagi xususiyatlarga ega: 
-
saqlagichda (qurilmada) joylashgan maxsus prosessordan 
foydalaniladi; 
-
prosessorda shifrlash kalitini generatsiyalash uchun maxsus kalit 
generatori mavjud bo‘lib, foydalanuvchi kiritgan parol asosida qulf 
yechiladi; 
-
asosiy tizimdan (qurilma ulangan tizim, masalan, 
kompyuterdan) shifrlash uchun foydalanmaslik orqali, samaradorlikka 
erishiladi; 
-
kalitlar va boshqa maxfiy kattaliklar apparatda shifrlash orqali 
himoyalangan; 
-
autentifikatsiya apparat qurilmaga nisbatan amalga oshiriladi; 
-
o‘rta va katta hajmdagi tashkilotlar sharoitida yuqori iqtisodiy 
samaradorlik beradi va madadlanishining oddiyligi; 
-
qurilmada amalga oshiriluvchi doimiy mavjud shifrlash 
funksiyasi; 
-
qo‘shimcha drayver yoki dasturlarni o‘rnatishning zaruriyati 
yo‘q; 
-
ma’lumotlar keng tarqalgan hujum usullaridan, parolni to‘liq 
tanlash usuli, zararli dasturni kiritish asosidagi hujumlar va kalitni 
topishga qaratilgan hujumlardan himoyalangan; 
-
amalga oshirish, dasturiy vositaga qaraganda, yuqori narx talab 
etadi. 
Dasturiy shifrlash 
kompyuter vositasi yordamida disklarni, 
fayllarni, kataloglarni va turli ma’lumot saqlash vositalaridagi axborotni 
shifrlash va rasshifrovkalash jarayonini amalga oshiradi. Umumiy holda, 
dasturiy shifrlash vositalarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
-
diskni shifrlash dasturiy vositalari (Disk encryption software); 
-
fayl/ katalogni shifrlash dasturiy vositalari (File/folder 
encryption); 
-
ma’lumotlar bazasini shifrlash dasturiy vositalari (Database 
encryption); 


77 
-
aloqani shifrlash dasturiy vositalari (Communication encryption 
software). 
3.12-rasmda diskni shifrlashda foydalaniluvchi TrueCrypt dasturiy 
vositasining ko‘rinishi keltirilgan. Ushbu dasturlash vositasi quyidagi 
xususiyatlarga ega: 
-
C, C++, Assembly dasturlash tillaridan foydalanib yozilgan; 
-
Windows, macOS va Linux OTlarida foydalanish mumkin; 
-
3.30 MB hajmga ega; 
-
ushbu dasturiy vositada AES, Serpent va Twofish blokli 
shifrlash algoritmlaridan foydalaniladi. 
3.12-rasm. TrueCrypt dasturiy vositasi 
 
Dasturiy shifrlash o‘ziga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarga ega: 
-
shifrlash uchun boshqa dasturlar bilan bir vaqtning o‘zida 
kompyuter resursidan foydalanadi; 
-
kompyuterning himoyalanganlik darajasi saqlagichning 
himoyalanganlik darajasini belgilaydi; 
-
foydalanuvchi tomonidan kiritilgan paroldan ma’lumotni 
shifrlash kaliti sifatida foydalaniladi; 
-
dasturni yangilab turish talab etilishi mumkin; 
-
katta bo‘lmagan tashkilotlar uchun foydalanish yuqori iqtisodiy 
samaradorlik beradi; 
-
ixtiyoriy ma’lumotni saqlash usullari uchun shifrlashni amalga 
oshirish imkoniyati mavjud; 
-
parolni to‘liq tanlash hujumiga yoki parolni topishga qaratilgan 
boshqa hujumlarga bardoshsiz; 


78 
-
apparat shifrlashga qaraganda kam sarf xarajat talab etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin