3.6. Ma’lumotlarni xavfsiz o‘chirish usullari Axborot xavfsizligida ma’lumotlarni xavfsiz saqlash qanchalik
muhim hisoblansa, ularni xavfsiz yo‘q qilish ham shunchalik muhim.
Sababi, konfidensial axborot to‘liq yo‘q qilinmagan taqdirda uni tiklash
imkoniyati saqlanib qoladi. Hozirgi kunda foydalanilayotgan barcha
ma’lumotlarni yo‘q qilish usullarini ishonchli deb aytib bo‘lmaydi.
Quyida qog‘oz ko‘rinishidagi va elektron ko‘rinishdagi hujjatlarni yo‘q
qilish usullari va ularning xususiyatlari bilan tanishib chiqiladi.
Qog‘oz ko‘rinishdagi hujjatlarni yo‘q qilish usullari. Odatda
qog‘oz ko‘rinishdagi hujjatlarni yo‘q qilishda quyidagi usullardan
foydalaniladi:
-
maydalash (shreder);
-
yoqish;
-
ko‘mish;
-
kimyoviy ishlov berish.
Maydalash. Tashkilotda rahbariyat ruxsati bilan xodimlar qo‘lida
bo‘lgan qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlar vaqt o‘tib o‘z kuchini yo‘qotadi
yoki ularda arzimas ma’lumotlar saqlangani bois ularni yo‘q qilish
zaruriyati tug‘iladi. Biroq, mazkur holda qimmat ma’lumotlar bo‘lsa
ularni to‘liq yo‘q qilish talab etiladi. Maydalash jarayoni ushbu vazifani
bajarishda keng qo‘llaniladigan usullardan biri hisoblanadi. Bunda ofis
81
maydalagichi qog‘ozni kesish orqali juda kichik bo‘laklarga ajratadi
(3.14-rasm).
3.14-rasm. Shreder Rexel Auto+ 90X Maydalash usulining afzalligi quyidagilardan iborat:
-
bir marta sotib olish bilan uzoq vaqt foydalanish mumkin;
-
materiallarni yo‘q qilish uchun qo‘shimcha joy talab qilinmaydi;
-
maxfiy ma’lumotlarni ham maydalay oladi.
Yoqish. Yoqish orqali katta hajmdagi hujjatlarni tezda yo‘q qilish
mumkin. Ma’lumotlarni yo‘q qilishning mazkur usuli ekologik jixatdan
ma’qullanmaydi. Bundan tashqari yoqish usuli quyidagi kamchiliklarga
ega:
-
tashkilot ichida yoki tashqarisida qog‘ozlarni yoqish uchun
maxsus joy bo‘lishi talab etiladi;
-
agar yonish yuqori sharoitda maxsus qozonxonalarda amalga
oshirilmasa, qattiq bosilgan papkalarni to‘liq yonmaslik ehtimoli
mavjud;
-
olovni yoqish, qog‘ozlarni yuklash va tushirish ortiqcha xarajat
talab etadi.
Ko‘mish. Ushbu usul avvallari keng foydalanilgan usul
hisoblansada, hozirda kamdan-kam hollarda foydalaniladi. Ushbu usul
qog‘ozdagi ma’lumotlarni to‘liq yo‘q qilish imkoniyatini bermaydi.
Iqlimi quruq hududlarda qozog‘dagi ma’lumotlarni yo‘q bo‘lishi uchun
uzoq vaqt talab etiladi.
Kimyoviy ishlov berish. Yuqori maxfiylik darajasiga ega hujjatlarni
yo‘q qilishda yuqorida keltirilgan usullar to‘liq kafolatni ta’minlamaydi.
Kimyoviy usul esa qog‘oz ko‘rinishidagi axborotni 100% ishonchlik
bilan yo‘q qilish imkonini beradi. Buning uchun maxsus kimyoviy
modda va suvdan foydalaniladi. Hosil qilingan massani tiklashning
82
umuman imkoni mavjud emas. Ushbu usulning yagona kamchiligi
narxining yuqoriligi va maxsus joy talab etilishi.