Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


 Ma’lumotlarni xavfsiz o‘chirish usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

 
3.6. Ma’lumotlarni xavfsiz o‘chirish usullari 
Axborot xavfsizligida ma’lumotlarni xavfsiz saqlash qanchalik 
muhim hisoblansa, ularni xavfsiz yo‘q qilish ham shunchalik muhim. 
Sababi, konfidensial axborot to‘liq yo‘q qilinmagan taqdirda uni tiklash 
imkoniyati saqlanib qoladi. Hozirgi kunda foydalanilayotgan barcha 
ma’lumotlarni yo‘q qilish usullarini ishonchli deb aytib bo‘lmaydi. 
Quyida qog‘oz ko‘rinishidagi va elektron ko‘rinishdagi hujjatlarni yo‘q 
qilish usullari va ularning xususiyatlari bilan tanishib chiqiladi. 
Qog‘oz ko‘rinishdagi hujjatlarni yo‘q qilish usullari. 
Odatda 
qog‘oz ko‘rinishdagi hujjatlarni yo‘q qilishda quyidagi usullardan 
foydalaniladi: 
-
maydalash (shreder); 
-
yoqish; 
-
ko‘mish; 
-
kimyoviy ishlov berish. 
Maydalash. 
Tashkilotda rahbariyat ruxsati bilan xodimlar qo‘lida 
bo‘lgan qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlar vaqt o‘tib o‘z kuchini yo‘qotadi 
yoki ularda arzimas ma’lumotlar saqlangani bois ularni yo‘q qilish 
zaruriyati tug‘iladi. Biroq, mazkur holda qimmat ma’lumotlar bo‘lsa 
ularni to‘liq yo‘q qilish talab etiladi. Maydalash jarayoni ushbu vazifani 
bajarishda keng qo‘llaniladigan usullardan biri hisoblanadi. Bunda ofis 


81 
maydalagichi qog‘ozni kesish orqali juda kichik bo‘laklarga ajratadi 
(3.14-rasm). 
3.14-rasm. Shreder Rexel Auto+ 90X 
 
Maydalash usulining afzalligi quyidagilardan iborat: 
-
bir marta sotib olish bilan uzoq vaqt foydalanish mumkin; 
-
materiallarni yo‘q qilish uchun qo‘shimcha joy talab qilinmaydi
-
maxfiy ma’lumotlarni ham maydalay oladi. 
Yoqish. 
Yoqish orqali katta hajmdagi hujjatlarni tezda yo‘q qilish 
mumkin. Ma’lumotlarni yo‘q qilishning mazkur usuli ekologik jixatdan 
ma’qullanmaydi. Bundan tashqari yoqish usuli quyidagi kamchiliklarga 
ega: 
-
tashkilot ichida yoki tashqarisida qog‘ozlarni yoqish uchun 
maxsus joy bo‘lishi talab etiladi; 
-
agar yonish yuqori sharoitda maxsus qozonxonalarda amalga 
oshirilmasa, qattiq bosilgan papkalarni to‘liq yonmaslik ehtimoli 
mavjud; 
-
olovni yoqish, qog‘ozlarni yuklash va tushirish ortiqcha xarajat 
talab etadi. 
Ko‘mish. 
Ushbu usul avvallari keng foydalanilgan usul 
hisoblansada, hozirda kamdan-kam hollarda foydalaniladi. Ushbu usul 
qog‘ozdagi ma’lumotlarni to‘liq yo‘q qilish imkoniyatini bermaydi. 
Iqlimi quruq hududlarda qozog‘dagi ma’lumotlarni yo‘q bo‘lishi uchun 
uzoq vaqt talab etiladi.
Kimyoviy ishlov berish. 
Yuqori maxfiylik darajasiga ega hujjatlarni 
yo‘q qilishda yuqorida keltirilgan usullar to‘liq kafolatni ta’minlamaydi. 
Kimyoviy usul esa qog‘oz ko‘rinishidagi axborotni 100% ishonchlik 
bilan yo‘q qilish imkonini beradi. Buning uchun maxsus kimyoviy 
modda va suvdan foydalaniladi. Hosil qilingan massani tiklashning 


82 
umuman imkoni mavjud emas. Ushbu usulning yagona kamchiligi 
narxining yuqoriligi va maxsus joy talab etilishi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin