Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

ko‘rinishi 
Diskni to‘liq shifrlash usuli alohida fayl/ katalogni shifrlash 
usuliga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega: 
-
Deyarli barcha narsa, almashtirish maydoni (swap space) va 
vaqtinchalik fayllar shifrlanadi. Ushbu fayllarni shifrlash juda zarur
chunki odatda ular muhim axborotni oshkor qilishi mumkin. Dasturiy 
vosita ko‘rinishidagi diskni shifrlovchilar dastlabki yuklash kodini 
(bootstrapping code) shifrlamaydi. Masalan, BitLocker Drive 
Encryption dasturiy vositasini ishga tushirish uchun shifrlanmagan soha 
qoldiradi va qolgan sohalarni to‘liq shifrlaydi. 
-
Ushbu usul foydalanuvchi shaxsiy xabarlarini alohida shifrlashni 
unutgan vaqtlarda juda qo‘l keladi. 
-
Zudlik bilan ma’lumotlarni yo‘q qilish, masalan, kriptografik 
kalitni yo‘q qilish mavjud ma’lumotni foydasiz holatga keltiradi. 
Kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tiklash usullariga 
bardoshli bo‘lishi uchun diskni fizik yo‘q qilish tavsiya etiladi. 
Faylni shifrlash (Filesystem-level encryption 
yoki 
file-based 
encryption (FBE)
yoki 
file/folder encryption) 
deb nomlanuvchi shifrlash 


80 
usuli diskni shifrlashning bir ko‘rinishi bo‘lib, fayl tizimi orqali fayllar 
yoki kataloglar shifrlanadi. FBE shifrlash o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
-
asosiy fayl tizimining ustida joylashgan kriptografik fayl 
tizimidan foydalanish (masalan, ZFS, EncFS); 
-
shifrlashni amalga oshiruvchi yagona umumiy maqsadli fayl 
tizimi. 
Fayl/ katalogni shifrlash usuli quyidagi afzalliklarga ega: 
-
faylga asoslangan holda kalitlarni boshqarish, ya’ni, har bir fayl 
uchun turli kalitlardan foydalanish; 
-
shifrlangan fayllarni alohida boshqarish butun shifrlangan diskni 
boshqarishdan ko‘ra osonroq; 
-
foydalanishni boshqarish ochiq kalitli kriptografik tizimlar 
yordamida amalga oshirilishi mumkin
-
faqat kriptografik kalitlar xotirada saqlanib, shifrlangan fayllar 
ochiq holatda saqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin