Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

Elektron hujjatlarni yo‘q qilish. 
Elektron shaklda saqlanadigan 
shaxsiy va tashkilotga tegishli ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish 
usullarining ko‘payishi sababli elektron ommaviy axborot vositalariga 
ishonish muammosining dolzarbligi oshmoqda. Misol sifatida, markaziy 
razvedka boshqarmasi va AQSh milliy xavfsizlik agenti Edvard 
Snoudenga tegishli yangiliklarni olish mumkin. Xususan, 2013 yil iyun 
oyining boshida u NSA tashkilotiga tegishli hujjatlarni oshkor qildi. 
Bunga ko‘ra G20 sammitining chet ellik mehmonlari, shu jumladan 
Dmitriy Medvedovni Amerika va Buyuk Britaniya razvedka idoralari 
tomonidan kuzatilayotgani aytilgan. Maxfiy agentlar PRISM dasturi 
yordamida noutbuk va telefonlarda saqlanayotgan shaxsiy 
ma’lumotlardan foydalanishni uddasidan chiqishgan. Buyuk Britaniya 
hukumati aloqa markazining xodimlari BlackBerry kodini buzib, 
qo‘ng‘iroqlarni tinglash va sammit ishtirokchilarining yozishmalarini 
o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishgan. 
Elektron vositalardagi ma’lumotlardan xalos bo‘lishning eng oson 
yo‘li uni 
Korzinka
ga yuborish yoki, yanada radikal usuli, 
formatlash. 
Bu 
usul aksariyat foydalanuvchilar tomonidan ishonchli usul deb qaralsada, 
aslida bunday emas. Bu usul ma’lumotlarni fizik yo‘qolishini 
ta’minlamaydi. Bu holda maxsus dasturlar (Recuva, Wise Data 
Recovery, PC Inspector File Recovery, EaseUS Data Recovery Wizard 
Free, TestDisk and PhotoRec, Stellar Data Recovery) yordamida ularni 
qayta tiklash imkoniyati mavjud. 
Hozirgi kunda amalda elektron hujjatlarning saqlagichlari sifatida 
quyidagi vositalardan foydalanilmoqda: 
-
qattiq disklar: noutbuk va kompyuterdagi qattiq disklar; 
-
magnit lentalar (zaxira nusxalashdagi); 
-
floppi-disk: 3.5 va 5.25 dyumli va boshqa; 
-
ZIP disklar; 
-
optik disklar: CD, DVD, Blue Ray va HD DVD; 
-
flesh xotiralar va h. 
AQSh hukumati tomonidan konfidensial axborotni saqlash va 
o‘chirib tashlash bo‘yicha qator normativ hujjatlar ishlab chiqilgan 
(Code of Federal Regulations). Masalan, AQShning markaziy arxiv 
markazlarida elektron saqlagichdagi ma’lumotlarni yo‘q qilishning 
quyidagi uchta usulidan foydalaniladi: 


83 
Shrederlash. 
Kuchli sanoat maydalagichlari deyarli barcha 
ko‘chma saqlaguvchilarni: CD, DVD, disket, magnit lentalar va h. 
maydalash natijasida ularni 25 mm. li qismlarga bo‘lib tashlaydi (3.15-
rasm). 
3.15-rasm. Shrederlash jarayoni 
 
Magnitsizlantirish. 
Maxsus qurilma ichida joylashtirilgan 
saqlagichning xususiyatlari o‘zgartiriladi va shu bilan o‘qib bo‘lmaslik 
ta‘minlanadi. Agar kuchli magnitsizlantirish amalga oshirilsa 
ma’lumotlar saqlagichdan o‘chiriladi va saqlagichning o‘zi neytral 
magnit holatiga kiradi. Ushbu ma’lumotni yo‘q qilish usuli dattiq disklar 
va ba’zi ko‘chma qurilmalarda qo‘llaniladi (3.16-rasm). 
3.16-rasm. a) UE-02 qurilmasi 
3.16-rasm. b) Kuchli magnit maydoni ta’siri natijasida USB flesh 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin