96
-
farqli bo‘lishi
– barcha insonlarning tanlangan biometrik
parametri bir-biridan farqlanishi;
-
o‘zgarmaslik –
tanlangan biometrik parametr vaqt o‘tishi bilan
o‘zgarmay qolishi;
-
to‘planuvchanlik –
fizik xususiyat osonlik bilan to‘planuvchan
bo‘lishi. Amalda fizik xususiyatni to‘planuvchanligi, insonning
autentifikatsiya jarayonga e’tibor berishiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Biometrik tizimlarning eng ishonchligi – ko‘zning rangdor pardasi
yoki ko‘z to‘rpardasi bo‘yicha skanerlash. Hozirda beshta barmoq
skaneri va bir vaqtda barmoq izi va ko‘zning rangdor pardasidan
foydalanuvchi kombinatsiyalangan qurilmalar eng yuqori aniqlikni
ta’minlaydi.
Biometrik atributlar bo‘yicha autentifikatsiyalashning o‘ziga xos
xususiyatlari va kamchiliklari mavjud:
-
biometrika faqat tirik organizmga mo‘ljallangan;
-
ehtimollik xarakterga ega bo‘lganligi sababli, asboblarning
ta’sirchanligini hisobga olish lozim;
-
aksariyat vositalar atrof-muhitga hamda insonning yoshi va
sog‘lig‘iga bog‘liq;
-
hozirda barmoq izlari skanerlaridan tashqari barcha vositalar
yetarlicha qimmat;
-
davlat tomonidan total nazorat tahdidi xususida
foydalanuvchilarda ishonchsizlikning mavjudligi.
Iste’molchi nuqtai nazaridan biometrik autentifikatsiyalash tizimi
quyidagi ikkita parametr orqali xarakterlanadi:
-
FAR (False Acceptance Rate) – foydalanishga yolg‘on ruxsatlar
chastotasi;
-
FRR (False Rejection Rate) – foydalanishga yolg‘on inkorlar
chastotasi.
1- va 2-xil xatoliklar (FAR va FRR ko‘rsatkichlari) o‘zaro
bog‘langan: bir parametr qanchalik yaxshi bo‘lsa, ikkinchisi shunchalik
yomon bo‘ladi, ya’ni, bu yerda teskari mutanosiblik mavjud. Mukammal
biometrik tizimda xatolikning ikkala parametri nolga teng bo‘lishi shart.
Afsuski, biometrik tizim ideal emas. Shu sababli nimanidur qurbon
qilishga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: