113
Ta’kidlash lozimki, Biba modelidagi yaxlitlik sathlarini
ishonchlilik sathi sifatida qabul qilmoq lozim. Mos axborot oqimlarini
esa axborotni ma’lumotlarning yuqori ishonchli majmuidan ishonchligi
pastrog‘iga va aksincha uzatish kabi qabul qilish lozim.
Mantiqiy va fizik foydalanishlarni boshqarish.
Foydalanishni
boshqarishning mantiqiy vositalari infrastruktura va uning ichidagi
tizimlarda mandat, tasdiqlash, avtorizatsiya va majburiyatlar uchun
foydalaniladi. Ushbu komponentlar tizimlar, ilovalar, jarayonlar va
axborot uchun foydalanishni boshqarish choralarini qo‘llaydi.
Shuningdek, foydalanishni boshqarishning mazkur usuli dastur,
operatsion tizim, ma’lumotlar bazasida ham qo‘llanilishi mumkin. Fizik
foydalinishni boshqarish mexanik ko‘rinish bo‘lib, qulflanuvchi
xonadan fizik foydalanishga o‘xshatish mumkin. Foydalanishni
boshqarishni aslida mantiqiy va fizik turga ajratishning o‘zi noaniq
hisoblanadi. Masalan, fizik nazoratlash odatda dasturlar, kartadagi
chiplar va dasturiy ta’minot orqali ishlovchi elektrik qulflar orqali
ishlaydi. Ya’ni, bu o‘rinda fizik foydalanishga mantiqiy deb ham qarash
mumkin.
Dostları ilə paylaş: