Fizik xavfsizlikni nazoratlash.
Biror fizik xavfsizlikni mos
xavfsizlik nazoratisiz, amalga oshirish qiyin. Fizik xavfsizlik nazoratini,
qaysi darajada amalga oshirilishiga qarab, quyidagicha tasniflash
mumkin:
-
ma’muriy nazorat
xavfsizlikni nazoratlashda inson omilini
mujassamlashtiradi. Turli lavozimlardagi barcha xodimlar ma’muriy
nazoratni qurishda inobatga olinishi kerak. Ma’muriy nazorat har bir
foydalanuvchi boshqarishi mumkin bo‘lgan resurslarga asoslanib,
boshqaruv cheklanishlarini, amaliy muolajalarni, qayd yozuvini amalga
oshirish muolajalari va axborot tizimi uchun mos himoya darajasini o‘z
118
ichiga oladi. U asosan insonni boshqarish uchun shaxsga qaratilgan
usullarni amalga oshiradi.
-
fizik nazorat
tashkilotlardagi fizik tizimlarga zarar yetishini oldini
olish bilan shug‘ullanib, qurilmalarni, bino yoki biror bir maxfiy muhitni
ruxsatsiz boshqarishdan himoyalashni qamrab oladi. Fizik nazorat
qurilmaning yo‘qolishi yoki o‘g‘irlanishi, tasodifan zararlanishi yoki
yo‘q qilinishi, yong‘in yoki tabiiy ofatlar kabi tahdidlardan
himoyalashga xizmat qiladi.
-
texnik nazorat
mantiqiy nazorat kabi tashkilotdagi fizik aktivlardan
yoki binolardan foydalanishni nazoratlash texnologiyalaridan
foydalanib, odatda taqiqlangan hududda foydalanishlarni nazoratlash
uchun kompyuter qurilmalari, dasturlari, amallari va ilovalardan
foydalanadi.
-
fizik xavfsizlikni nazoratlash, joylashuv va arxitektura.
Tashkilotlar
o‘zlari uchun binolar sotib yoki ijaraga olishdan oldin binoning
joylashuvi, qo‘shni binolar, elektr va suv manbalari, kanalizatsiya tizimi,
kichik va katta yo‘llarga yaqinligi, transport masalasi, tez yordam
ko‘rsatish holati, shifoxona, ayeroportga yaqinligi, mazkur hududdagi
jinoyatchilik ko‘rsatkichi yoki turli xavfsizlik insidentlarining
mavjudligi va boshqa fizik xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan
barcha omillarni e’tiborga olishlari shart. Tanlangan hudud toshqinlar,
tarnadolar, yer silkinishi, dovul, yong‘inlar kabi tabiiy ofatlardan xoli
bo‘lishi tavsiya etiladi.
Binolarning joylashuvi haqida yetarlicha axborotga ega bo‘lib,
ichki struktura va arxitekturani loyihalash va rejalashtirish vaqtida
tashkilot tomondan binodagi barcha aktivlarning ro‘yxati tayyor bo‘lishi
lozim.
Tashkilot infrastruktura va arxitekturasini loyihalashda quyidagi
jihatlarga e’tibor berishi lozim:
-
binoga kirish eshiklarining soni, asosiy kirish, zinalar, lift,
mashinalar to‘xtab turish joylari, o‘tish yo‘laklari va qabul qilish
hududlarini aniqlashtirilganligiga;
-
joylashgan hududga yaqin qo‘shni binolarning ichki va tashqi
arxitekturasi va atrofdagilar haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun
binolarning egasi va menedjerlari bilan suhbatlashilganiga;
-
halokatli buzilishlar va tashqi tomondan aktivlarni ko‘rinishi
orqali zarar yetishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga;
119
-
agar bino boshqa tashkilotlar bilan sheriklikda foydalanilsa,
ularni sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga va muhim aktivlaringizga
ta’sirini o‘rganilganligiga;
-
fizik xavfsizlikni, maxfiy ma’lumotlarni saqlash va tashkilot
faoliyatini samarali tashkil etishini nazoratlash uchun talab etilgan
muhim infrastrukturani aniqlashtirishga.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: yong‘inga qarshi tizimlar.
Yong‘inga qarshi tizimlar o‘zida
aktiv
va
passiv yong‘inga qarshi
himoyani
mujassamlashtirgan bo‘lib, fizik xavfsizlikni ta’minlashda
muhim omil hisoblanadi, yong‘in yuzaga kelganini avtomatlashgan yoki
avtomatlashmagan holda aniqlaydi (4.17-rasm).
Dostları ilə paylaş: |