Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


 Tarmoq xavfsizligini ta’minlovchi vositalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

5.3. Tarmoq xavfsizligini ta’minlovchi vositalar 
 
Hozirda tarmoq xavfsizligini ta’minlovchi vositalarga tarmoqdan 
foydalanishni cheklashning bazaviy vositalari (tarmoqlararo ekran) va 
ma’lumotlarni himoyalangan holda uzatish vositalari (kriptoshlyuzlar 
va VPN yechimlar), hamda himoyalanganlikni ta’minlovchi qo‘shimcha 
tarmoq vositalari, trafikni monitoringlash vositalari, yolg‘on tarmoq 
nishonlari va h. taalluqli.
Tarmoqlararo ekranlash. 
Tarmoqlararo ekran (firewall, 
brandmaver) – trafikni filtrlash mexanizmiga asoslangan tarmoqdan 
foydalanishni cheklashning bazaviy vositasi. Filtratsiya mexanizmi 
o‘tuvchi trafikni ma’lum qoidalar (filtrlar) bilan taqqoslashni va tarmoq 
paketlarini o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik xususida qaror qabul qilishni 
ko‘zda tutadi.
Tarmoqlararo ekranlarni, odatda, ishlatiladigan filtrlash 
texnologiyasiga va OSI modelining bazaviy sathiga nisbatan 
tasniflashadi (5.1-jadval). 
5.1-jadval 
Tarmoqlararo ekran turlari 
OSI modeli 
sathlari 
Filtratsiya texnologiyalari 
Tarmoqlararo ekran turlari 
Tatbiqiy sath 
Proksi 
Tatbiqiy vositachi 
Seans sathi 
Proksi 
Seans vositachisi 
Paketlar inspektori 
Holat inspektori 
Paketlar filtrasiyasi 
Dinamik filtr 
Tarmoq sathi 
Paketlar filtrasiyasi 
Ekranlovchi marshrutizator, 
paket filtri 
Kanal sathi 
Trafikni segmentlash 
Boshqariluvchi (ekranlovchi) 


142 
kommutator 
Kanal sathida ishlatiluvchi boshqariluvchi kommutatorlar, 
masalan, MAC-adreslar, portlar va kadrlar sarlavhalaridan olingan 
boshqa parametrlar asosida, trafikni filtrlash vazifasining bajarilishiga 
imkon beradi. Boshqariluvchi kommutatorlarning afzalligi sifatida 
tarmoq qurilmalari guruhini ma’murlashning qulayligini, lokal tarmoq 
unumdorligining oshishini ko‘rsatish mumkin. Funksionallikning 
cheklanganligi, fizik rekonfiguratsiyalashning noqulayligi va MAC-
adresni almashtirish hujumiga zaifligi boshqariluvchi kommuta-
torlarning kamchiligi hisoblanadi. 
Tarmoq sathining paket filtrlari va marshrutizatorlar IP-adres, 
portlar, protokol turi va h. bo‘yicha filtrlash vazifasining bajarilishiga 
imkon beradi. Tarmoq va transport sathlari funksionalliklarining 
cheklanganligi va IP-adresni almashtirish hujumiga zaifligi paket 
filtrlarining kamchiligi hisoblanadi.
Seans sathining paket filtrlari, seansga mos filtrlash 
parametrlarining katta sonini hisobga olgan holda, filtrlashni bajarishga 
imkon beradi.
Vositachilar - oraliq tarmoq vositalari o‘ziga tegishli ulanishni 
amalga oshirib, trafikni qo‘shimcha qurilmada ishlaydi. Bu o‘z 
navbatida quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beradi: 

autentifikatsiyani; 

mijozlar va serverlarning asinxron muloqotini; 

adreslarning translyatsiyasini va yashirishni; 

tarmoq yukini qayta taqsimlash maqsadida adresni 
o‘zgartirishni; 

almashish unumdorligini oshirish maqsadida xeshlashni; 

trafikni qaydlashni. 
Ayni paytda, vositachilardan foydalanilganda, trafik qo‘shimcha 
qurilmada takroriy ishlangani sababli, tarmoq perimetri bo‘yicha 
istalgan unumdorlikni ta’minlash masalasini yechish talab etiladi. 
Vositachi tomonidan amalga oshiriluvchi marshrutlash 
texnologiyasiga alohida e’tibor berish lozim. Unga binoan tarmoq 
adreslarining translyatsiyasi (Network Address Translation, NAT) 
amalga oshiriladi, ya’ni hostning ichki adresi vositachining shaxsiy 
adresiga almashtiriladi. Boshqacha aytganda, NAT ichki tarmoq 
adreslarini tashqi tomondan yashirish siyosatini amalga oshiradi va ichki 


143 
tarmoq uchun vositachiga bitta IP-adresni belgilash imkoniyatini 
yaratadi. Adreslarni translyatsiyalash statik va dinamik tarzda 
belgilanishi mumkin.
Seans sathidagi vositachilarga, yuqori unumdorlikka, adreslarni 
yashiruvchi samaradorli apparatga va TCP/UDP – trafikni ajratish 
imkoniyatiga ega SOCKet Secure (SOCKS5) vositachisi taalluqli. 
Tatbiqiy vositachi sifatida HTTP/HTTPS vositachilari va FTP vositachi 
keng tarqalgan. Ushbu vositachilar tatbiqiy protokol kontenti bo‘yicha 
filtrlashga imkon tug‘diradi.
Holat inspektorlari (seans sathining imkoniyati kengaytirilgan 
filtrlari), seans sathidagi protokollar sarlavhalaridan olinuvchi 
ma’lumotlar asosida, intelektual filtrlashni bajaradi. Bu yuqori sathlarda 
filtrlash effektini olishga imkon beradi. Bunday tarmoqlararo ekranlar 
vositachini o‘rnatishni talab qilmaydi. Shu sababli, tarmoq unumdorligi 
pasaymaydi, ammo xavfsizlikning kerakli darajasi ta’minlanadi. Holat 
inspektorining afzalligiga masshtablashning qulayligini ham qo‘shish 
mumkin.
Amaliyotda axborot resurslarining tarmoqlararo himoyasini 
ta’minlashda UTM (Unifield Threat Management) qurilma 
tushunchasini va keyingi avlod tarmoqlararo ekranlarini (Next 
Generation, NG firewall) uchratish mumkin.
UTM – qurilma perimetrli himoyalash masalasining kompleks 
yechimi hisoblanadi. Uning tarkibida tarmoqlararo ekranlash 
modullaridan tashqari, suqilib kirishlarni aniqlash tizimlari, oqimli 
antivirus, spamga qarshi yechim, kriptoshlyuz va h. mavjud bo‘lishi 
mumkin. 
NG firewall UTMga o‘xshash va portlar bo‘yicha filtrlash 
texnikasini, suqilib kirishlardan ogohlantirish tizimlarini va ilovalar 
sathida trafikni filtrlashni birlashtirish maqsadida yaratilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin